Telegramda bot ochib, reklamasi orqali daromad qilish.
― Bugungi kunda telegramda kanallar biznesidan ham botlar biznesining rivojlanishi juda kuchli bo’lmoqda va botlarga bo’lgan qiziqishlar juda ko’p. Botlarning eng foydali tarafi unga siz kamdan-kam hollarda xabar yuborasiz.
#Xarajatlari:
– Bot yaratish – 35$ – 300$
– Bot uchun dizaynlar – 20$ – 150$
– Botni reklama qilish – 500$ – 3000$
#Daromadlari:
– Bot uchun o’rtacha 1000$ sarflangan va bu orqali 300 000 nafar obunachi yiqqan bo’lsangiz, botdagi reklama narxi – 500 000 so’mdan 2 million so’mgacha va ba’zi botlarda bundan ham qimmatroq bo’lishi mumkin. Kuniga 1ta reklama olsangiz bir oylik daromadni hisoblayvering.
― Biz maslahat beramiz quyidagi mavzularda bot ochmaslikni: Tarjimonlik, stiker botlar, pul to’laydigan botlar, rasm dizayniga oid botlar.