Turfa xil ajabtovur maʼlumotlar

Eng yuqumli kasallik “vabo” nomini olgan yengil oʻlatdir. U sabab butun jahonda 75 millionga yaqin inson dunyodan koʻz yumgan. XIV asr oʻrtalarida bu kasallik tufayli Yevropaning chorak qismi tutday toʻkilgan.
Eng baland tana harorati 1980 yil 10 iyulda AQSHning Atlanta shahrida 52 yoshli Uilli Jonsda kuzatilgan. Uning temperaturasi toʻppa-toʻgʻri 46,5° S edi. Bemorga 24 kundan keyin javob berilgan.
Eng past tana harorati 1994 yil 23 fevralda Kanadada Karl va Kozolofski oilasida kuzatilgan. Ularning ikki yashar qizaloqlari muzlatgichda tasodifan 6 soat (!) qolib ketadi. Bechoraning temperaturasi bor-yoʻgʻi 14,2° S edi.
Amerikalik Charlz Yensen 1954 – 1994 yillar oraligʻida 970 marta operatsiya stoliga yotqizilgan.
Eng uzoq davom etgan operatsiya 1951 yilda oʻtkazilgan, u 96 soatga choʻzilgan.
Aniqlanishicha, Yerning ogʻirligi har yili uning sirtiga tushuvchi meteorit hisobiga 30000 tonnaga ortib boradi.
Sayyoramizdagi eng baland choʻqqi Himolay togʻlaridagi Jamolungma (Everest) ekanini koʻpchilik yaxshi biladi. Lekin sunʼiy yoʻldosh orqali oʻtkazilgan oxirgi oʻlchovlar Pokistonning Chagorn togʻidagi choʻqqilar 8858 – 8908 metr balandlikda joylashganini koʻrsatdi. Yana bir munozarali masala bor. Yer markazidan eng olisda joylashgan choʻqqi And togʻlaridagi Chimborazo (Peru) dir. Uning balandligi 6267 metrni tashkil etadi. U Yer markazidan Jamolungma (Everest)ga qaraganda 250 metr uzoqroqda joylashgan.


Rus tilidan Orifjon Madvaliyev tarjimasi


oriftolib.uz


2007