Uzuk taqish zararlimi?

Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) erkaklarni tillo uzuk taqishdan qaytarganlar. Olimlar fikricha, bu cheklovda hikmat koʻp ekan. Doim uzuk taqib yurish aynan erkaklarga zarar keltirishi aniqlandi. Qimmatbaho metall vaqt oʻtishi bilan oksidlanib, oʻzidan kimyoviy modda chiqaradi. Bu moddalar erkaklarning jinsiy bezlariga salbiy taʼsir etadi. Tilloning soflik darajasidan qatʼi nazar hatto bir misqol oksid ham jinsiy bezlar faoliyatini izdan chiqarishi mumkin ekan.


Qiziq tomoni, tillo ayollar salomatligiga zarar yetkazmaydi. Olimlarning tushuntirishicha, ayollar tashqi taʼsirlardan juda yaxshi himoyalangan, shu sababli ham oksidlangan metall ularga taʼsir qilmaydi.



Uzuk taqishning boshqa zarari ham bor. Maʼlumki, barmoqlarda juda koʻp asab tugunlari joylashgan. Uzuk asab tizimidagi ichki axborot almashinuviga xalal berib, uning tabiiy holati buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, tor uzuk jiddiy xavf tugʻdiradi.


Koʻrsatkich barmoqqa harakatni cheklaydigan darajada tor uzuk taqish osteoxondroz va radikulitni keltirib chiqarishi mumkin. Oʻrta barmoqni siqib qoʻyish yurak-qon tomirlari sklerozi va gipertoniyaga, jimchiloqni “iskanja”ga solish esa oʻn ikki barmoqli ichak faoliyati buzilishiga olib boradi. Shu sababli kumush yoki temir uzuk taqadigan kishilar ham uzukning kengligiga alohida eʼtibor qaratishi lozim. Uzukni uyqudan oldin albatta yechib qoʻyish zarur.


Qoʻl kaftida buyrak, jigar va yurak bilan bogʻlangan toʻrt yuzdan ortiq faol nuqta bor. Tabiiyki, ular oʻzi aloqador boʻlgan aʼzo salomatligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shifokorlarning aytishicha, bosh ogʻrigʻi va uyqusizlikdan qiynaladigan kasallar uzuk taqmay qoʻygach, dardlaridan butkul xalos boʻlgani amaliyotda koʻp kuzatilgan.


 


“Vzglyad” gazetasi materiallari asosida Orifjon Madvaliyev tayyorladi.


oriftolib.uz


2011