Koka kola ichimligi 1885 yil Jon Stis Pemberton tomonidan Amerikaning Jorjiya shtatida ixtiro qilingan. Dastlab u “kokavine”, ya’ni kokavino deb atalgan. Kola ichimligi Janubiy Amerikadan keltirilgan koka bargi va yong‘og‘i hamda kafein qo‘shib tayyorlangan. Shu bois ham Pemberton ichimlikka “koka kola” deya nom bergan.
Tarkibida hech qanday alkogol modda aralashtirilmagan koka kola ichimligi birinchi marta sotuvga chiqqanida, uning narxi 0,05 dollar edi. Koka kolaning bir stakanida 9 milligramm miqdorida kokain moddasi ham mavjud edi.
Dastlabki paytlarda koka kola ichimligi tanqid ostiga olingan. Chunki kichkintoy bolalar bora-bora usiz turolmaydigan bo‘lib qolishdi. Bu esa sog‘lom tishlarga katta zarar edi. Biroq uning tarkibidagi kafein va kokain odam asabiga eng yaxshi “dori” ham edi.
Endi koka kolaning ayrim zararli jihatlari xususida. Ichimlikni ko‘p iste’mol qiladigan insonlar keyinchalik usiz turolmaydi. Ko‘proq miyaga o‘z ta’sir kuchini o‘tkazadigan ichimlik kishining fikrlash quvvatini susaytirishi mumkin.
Kolaning rangi qora ekani sababi unga shakar eritmasi va likris o‘ti bilan rang beriladi. Unga ko‘p miqdorda kimyoviy moddalar qo‘shiladi.
Dastlab koka kola idishi yuqoridagi ko‘rinishda, ya’ni tuxumsimon shaklda bo‘lgan. Ushbu shakl 1920 yilda Din tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda esa butun dunyoda ichimlikning oddiy ko‘rinishdagi idishi tarqalgan.
Lekin nima bo‘lganda ham er yuzida bu ichimlikning mijozlari kundan kunga ortib bormoqda.