Qovunni 100 grammi:
— 9-10% — quruq modda (uglevod)
— 90-91% — suv
— 35-40 kkal
“Qovun semirtiradimi?” kabi savollar koʻp. Bunga beradigan javobimni tushunish uchun…
Avvallari qovun va tarvuz kilolab sotilmas edi. Donasiga baholab olib ketardik. Hozirda kilosiga qarab narxi chiqarib beriladi. Toʻgʻri, boshida shunday boʻlib turadi, keyinchalik yana donaga oʻtiladi. Lekin harholda bir marta taroziga qoʻyib olyapmiz va bitta oʻrtacha kattalikdagi qovunni qancha vaznga egaligini endi bilamiz.
100 grammida faloncha kkal deyish oson, lekin oʻsha 100 grammi qancha boʻlishini taroziga qoʻymagunimizcha bilolmaymiz.
Agar kunda oʻrtacha 1500 kkal energiya sarflaydigan X-odam 1600 va undan ortiq energiya beradigan qovun yesa semiradi.
Buni hisoblaymiz:
Qovunni 100 garmmi — 40 kkal
1600 / 40 = 40 (bu 40 ta 100 gramm degani)
Demak, oʻsha X-odam 4 kg (4000 gramm) va undan ortiq qovun yesa va bundan boshqa hech narsa yemasa ham semiradi.
Keyingi safar qovun yoki tarvuz olayotganda taroziga bir qoʻyib koʻring, shunda oʻsha qovunni qancha qismini yeyishingizga qarab hisoblab olsangiz boʻladi.
Masalan, qovun 5 kg chiqsa, shuni 0,5 kg poʻchogʻiga chiqib ketsa, 4,5 kg qoladi. Shuni 1/4 qismini, ya’ni ~1 kg yesangiz, 400 kkal energiya kirdi degani.
Xulosa qiladigan boʻlsak, har qanday yegulik va ichimlikdan semirish yoki semirmaslik me’yorga qarab oʻlchanadi, tarkibiga qarab emas. Ya’ni, bunda uglevod (shakar) bor ekan, demak semirtiradi deyish safsatani oʻzginasi.
(Rasmda men yaxshi koʻrgan Bosvoldi qovuni)
Tarvuzchi, qiziqmi?
@doctorferuz