Energetik ichimlik ichishning ziyoni bo’ladimi?
— Ha, bo’ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quvvatni oshiruvchi ichimliklarning salbiy ta’sirlari haqida ko’p ogohlantirib kelmoqda. Quyida quvvat ichimliklarining ilmiy isbotini topgan ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
• Yurak xuruji – Quvvat ichimligi tarkibida kofeinning yuqori miqdorda bo‘lishi bora-bora yurak salomatligiga ta’sir qiladi. U, ayniqsa, yurakning keskin qisqarishiga olib keladi.
• Bosh og‘rig‘i va migren – Tana quvvat ichimligi orqali oziqlanadigan yuqori miqdordagi kofeinga o‘rganib qolgach, unga ehtiyoj sezilishi bilan bosh og‘riy boshlaydi va tobora kuchayadi. Bu go‘yo giyohvand moddaga o‘rganib qolishga o‘xshaydi.
• Uyqusizlik – Tanaga yuqori miqdorda quvvat kirgach, odam qanday qilib uxlashi mumkin? Uyqusizlik esa asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi, modda almashinuvini izdan chiqaradi, tushkunlikka sabab bo‘ladi.