Streaming orqali mo’may daromad qilsa bo’ladimi?

Streaming orqali mo’may daromad qilsa bo’ladimi?


📌 Ha albatta bo’ladi — Streaming ya’ni jonli efir qilish orqali pul ishlasa bo’ladi.


— Buning uchun siz YouTubeda jonli efir o’tqazishingiz lozim. Jonli efir mavzusini esa o’zingiz tanlaysiz. Ammo siz telefonda jonli efir qilmoqchi bo’lsangiz sizga gaming yoki tutorial mavzusini tavsiya etaman.


—Buning uchun sizga stream qilish uchun maxsus dasturlar kerak bo’ladi. Bularga misol qilib StreamLabs, Donation Alerts va myStream kast ilovasini taklif qilaman. Bu ilovalarni siz AppStore yoki Play marketdan bemalol yuklab olishingiz mumkin. Kompyuterda esa StreamLabs OBS dasturi qulayroq. Ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun esa YouTubedan shu haqida videolar tomosha qiling.


—Daromadli joyi qayerda deyayotgan bo’lsangiz shoshilmang! Jonli efir paytida obunachilaringiz sizga kamida 10 rubl donat qilishadi. Donat bu pullik xabar degani. Obunachingiz yuborgan xabari jonli efir paytida hammaga ko’rinadi. 1 rubl narxi esa 146 so’m.


— Kurs doim o’zgaradi! Bu degani har bor jonli efirdan 1000 rubl tushsa bir oyda bu ko’rsatkich 30000 rublga aylanadi. Bu esa so’mda 4.380.000 bo’ladi.


P.s. Bunday natijaga osongina erishib bo’lmaydi. Negativlarning gapiga ko’p ham e’tibor qilmang. Sizning qo’lingizdan kelishini ularga isbotlang!