Odam aslida necha yil umr ko‘rishi kerak: olimlar javob berdi

Ma’lum boʻlishicha, qancha umr koʻrishni DNK orqali ham bilish mumkin ekan. Unga koʻra…


Tirik organizmlarning qancha umr koʻrishini oldindan aniqlagan holda, samarali atrof-muhit strategiyalarini ishlab chiqish mumkin. Shunga koʻra, tadqiqot mualliflari mazkur maʼlumotlarni DNKdan aniqlashni taklif qilishmoqda. Ular hayot davomiyligi aniq boʻlgan 252 turdagi hayvonlar genlari ustida tajriba olib borishgan. Bunda ular metil belgilarining rasmidagi yosh oʻzgarishlariga asoslangan epigenetik soat usulidan foydalanishgan.


DNKning metil belgilarida organizmlarning hayot davomiyligi haqidagi maʼlumotlar mavjud. Hayot davomiyligini aniqlash uchun 42 ta gendagi DNKning metillanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotning oʻzi yetarli.


sevosetia.ru

DNKning metillanishi qarish va hayot davomiyligi bilan bogʻliq boʻlishiga qaramasdan, haligacha undan hayvonlarning necha yil umr koʻrishini aniqlash maqsadida foydalanilmagandi.


Biroq olimlar bu safar shu usulini qoʻllab, qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Xususan, kitning hayot davomiyligi 268 yil ekan — eng qadimgi turlardan 57 yilga koʻproqdir.


Bu koʻrsatkich mamontlarda 60 yilni tashkil qilib, taxminan zamonaviy Afrika filining hayot davomiyligiga mos keldi.


Odam hayotining “asl” davomiyligi esa 38 yil. Olamdan oʻtib ketgan ajdodlarimiz — Neandertal va Denisovlar ham deyarli shuncha umr koʻrishgan, — deyiladi tadqiqotda.


bbc.com

Lekin shunga qaramasdan sivilizatsiya va tibbiyot tufayli zamonaviy odamlar ancha uzoq umr koʻrishmoqda. Xususan, oxirgi 200 yilda odamlarning oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichlari bir necha barobarga oʻsgan.


Xulosa qilib aytganda, ushbu usul bilan deyarli barcha mavjudotlarning qancha umr koʻrishini oldindan bilish imkoni paydo boʻldi. Biroq hozircha insoniyat bundan mustasnodir.


Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Aslida odam necha yil umr ko‘rishi kerak: olimlar javob berdi.
Muqova surat: advancedsciencenews.com