Nega doimiy tishlar qiyshiq chiqadi?
Bolalarning tishlari 6 yoshdan tushib, o’rniga asta doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Xuddi shu paytda bolaning tishlarini tish shifokoriga ko’rsatib turish ketak.
Chunki bir necha omillar tishning qiyshayishiga olib keladi.
1. Ovqatni chaynashdagi muammolar. Bolalarga oz-ozdan luqmani bir tomonda va ikkinchi tomonda navbat bilan uzoq muddat chaynashni o’rgatilishi kerak.
2. Xuddi shu vaqtda bolada o’sish intensivligi tufayli mineral moddalar kamayadi va tishlarning tekis chiqishiga to’sqinlik qiladi.
3. Bola qimirlab turgan tishlarini olib tashlamaslik yoki hali to’liq qimirlamagan tishni doim ushlash va sug’urishga urinish ham sabab bo’ladi.
4. Bola qo’lini so’rishi yoki so’rg’ich so’rishi.
5. Ota-onasining tishlari qiyshiq bo’lishi.
6. Bolaning jag’ tuzilishi genetik noto’g’ri bo’lishi.
Qadri ota-onalar, bolaning tishlarini o’zboshimchalik bilan sug’urish mumkin emas, albatta tish shifokoriga olib borish kerak bo’ladi.
Tish chiqishidagi qiyshayishlar bo’lsa, uni korreksiya qilish yo’llarini topish uchun albatta tish shifokoriga murojaat qiling.
Darvoqe, bolalarga muntazam tish yuvish kerakligini, nega yuvish kerakligini o’rgating. Ularni tish yuvish jarayonlarini qiziq qiling yoki barchangiz birgalikda yuving.
Manba: Pediatr Nur Olimovna