TEZ OZISH UCHUN PARHEZLARNING 10 TA ENG SAMARALISI
TEZ OZISH UCHUN PARHEZLARNING 10 TA ENG SAMARALISI
Gollivud parhezi — gollivud yulduzlari orasida mashhur hisoblanadi, parhez ikki hafta davom etadi, bu vaqt mobaynida o’rtacha 7 kg ga ozish mumkin. Taomnomada shakar, tuz va yog’ miqdorini minimal qilish kerak, nonni butunlay chiqarib tashlang.
Karamli parhez juda samarali hisoblanadi: 7 kun davomida vazningizni 5 kilogrammgacha kamaytirishingiz mumkin. Taomnomada ko’proq karam va biroz yog’ bo’ladi.
Yaponcha parhez — ikki haftada 8 kilogrammgacha ozish imkonini beradi. Taomnoma dengiz mahsulotlariga asoslangan bo’ladi, ammo barini tuzsiz tayyorlash kerak.
Braziliya parhezi sabzavot, shuningdek meva va sabzavot sho’rvalariga asoslangan. Yetti kunda 4 kilogramm ozishingiz mumkin.
Intervalli parhez yoki uch kunlik. U 9 kun davom etadi, 3 kundan kechadigan uch bosqichga bo’linadi, har bir bosqichda ketma-ketlik bilan guruch, kartoshka va sabzavotlarni iste’mol qilasiz. Bu vaqtda faqat toza suv ichish mumkin. 5-7 kilogrammgacha ozish mumkin, ammo siz ehtiyot bo’lishingiz va sog’lig’ingizni nazorat qilishingiz kerak.
Grechkali (grechixali) parhez — odatda bir yoki ikki hafta davom etadi va shu vaqt ichida 4 yoki 8 kilogrammgacha ozish mumkin. Biroq taomnomaning bitta muhim tomoni bor: tez ozish uchun grechkali parhez qaynatilgan grechka asosida turli-tuman mahsulotlar aralashmasi bo’lishi kerak degani emas. Bunday vaziyatda grechkani qaynatib ham, dimlab ham bo’lmaydi — yormaga qaynoq suv solinadi va 3-4 soat qoldiriladi, keyin esa hech qanday ziravor yoki boshqa mahsulot qo’shmasdan iste’mol qilinadi.
Sho’rvali parhez turli sho’rvalarga asoslangan, shu jumladan, bo’tqa-sho’rvalarga. Asosiysi bu sho’rva kartoshka yoki loviyadan emasligi va yog’ va ziravorlar saqlamasligi kerak, nonni ham taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Davomiyligi — 7 kun, 4 kilogrammgacha vazn tashlash mumkin.
Top-modellar parhezi — 3 kun davomida siz 3 kilogramm, ba’zan 5 kilogrammgacha ozishingiz mumkin. Ushbu parhez o’ta qiyin hisoblanadi, chunki siz kuniga faqat bitta tuxum va 300 gramm tvorog iste’mol qilasiz, kechki ovqat ham yo’q va faqat suv ichiladi.
Qatiqli (kefirli) parhez 7 kun davom etadi va siz 4-5 kilogrammga ozishiningiz mumkin. Har kuni siz yarim litr yog’siz kefir ichasiz.
Yangi siqilgan sharbatlardan parhez tez ozish imkonini beradi, ammo uni ushlab turish oson emas. Apelsin, greypfrut va limondan tayyorlangan sharbatni kuniga uch marta ichish kerak. Qolgan vaqt suv ichasiz. Odatda parhez 3 kungacha davom etadi va siz 3 kilogrammgacha vazn yo’qotishingiz mumkin.