Saharlikka nima yeyish kerak?

Saharlikka nima yeyish kerak?

Saharlik roʻzaning muhim qismidir. Bu vaqtda tana uchun kelgusi kunga energiya toʻplash uchun yaxshi imkoniyat. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) ning hadislarida saharlikning ahamiyati haqida shunday deyilgan: “Saharlikka rioya qiling, albatta, unda baraka bor” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Avvalo, siz chanqoqni keltirib chiqaradigan ovqatlardan voz kechishingiz kerak. Bular shoʻr va dudlangan mahsulotlar, shuningdek qahva ham. Uni yashil choy bilan almashtirish yaxshiroq, qon bosimi past boʻlganlar uchun qora choyni novvot bilan yoki asal bilan isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.

Shirinliklarni, ayniqsa un mahsulotlarini haddan tashqari koʻp isteʼmol qilmaslik kerak.

Bunday oziq–ovqatlar qisqa vaqt ichida hazm boʻladi, keyin ochlik hissi tez paydo boʻlib, organizmga ozuqa moddalarni toʻlaqonli bermaydi, shuningdek qonda qand miqdori ortib, ortiqcha tana vaznining koʻpayishiga sabab boʻladi.

Saharlikka tarkibida donli yoki kepakli non boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Bugʻdoy yoki javdar unidan farqli oʻlaroq, bunday non tarkibida barcha kerakli elementlar, jumladan uning urugʻi va qobigʻi (kepagi) mavjud, ular tarkibida esa organizm uchun kerakli ovqat tolalari, turli xil vitaminlar boʻladi. Bu paytda doʻkondan nonni toʻgʻri tanlash juda muhimdir.

Ikkinchi mahsulot – saharlikdagi asosiy taom – bu boʻtqalardir (kasha). Issiq va toʻlaqonli don va yormalardan tayyorlangan boʻtqalar roʻza tutgan kishiga uzoq vaqt ochlik hissini unutishga yordam beradi.

Boʻtqalarni foydali xususiyatlari bilan bir qatorda, ular roʻza tutadigan kishi uchun juda muhim boʻlgan – oshqozon osti bezini koʻp miqdorda insulin ishlab chiqarishga majburlamaydi (bu xolat oq non va boshqa tez hazm boʻladigan ovqatlarni isteʼmol qilganda kuzatiladi), asta-sekin soʻriladi va uzoq vaqt davomida toʻqlik hissini beradi.

Quritilgan mevalar boʻtqaga qoʻshib isteʼmol qilish roʻza tutadiganlar uchun foydali hisoblanadi. Bir osh qoshiq turli xil quritilgan mevalar aralashmasi barcha kerakli elementlar va vitaminlarni oʻzida saqlab, toʻyganlik hissini taʼminlaydi. Ayniqsa, mayiz va xurmo yeyish tavsiya qilinadi. Xurmo charchoqni ketkazishi maʼlum hamda uyqusiz tundan keyin juda muhimdir. Mayiz stressni yengillashtiradi.

Shuningdek, boshqa quritilgan mevalar (anjir va boshqalar) ichak muammolarida yordam beradi. Yongʻoq vitamin va minerallarni oʻzida ideal saqlovchi, saharlik uchun yuqori kaloriya mahsulot hisoblanadi.

Eng muhim qoidani — har bir mahsulotda meʼyor borligini unutmang!

@taomlanish_ilmi