Ko‘z atrofidagi ajinlarga qarshi niqob

Ko‘z atrofidagi ajinlarga qarshi niqob


➥ Ushbu niqob tez samara beradi, nozik ajinlarni, ko‘z ostidagi «qoplarni» olib tashlaydi, qora doiralarni yoritadi.


➥ Niqobni tayyorlash uchun tuxum oqi, limon sharbati va petrushka sharbati kerak bo‘ladi.


➥ Tayyorlanishi: tuxum oqini 0,5 osh qoshiq limon sharbati va shu miqdorda petrushka sharbati bilan aralashtiring.


➥ Niqobni ko‘z atrofidagi teriga yupqa qilib surtib qo‘ying. To‘liq quriguncha ushlab turing. 10-15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Niqobni haftasiga 2-3 marta qo‘llang.