Birinchi prezidentimizning ilk maoshi qancha bo’lgan ?
Birinchi prezidentimizning ilk maoshi qancha bo’lgan ?
Sovet davrida Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan va 65 yoshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston SSR grajdani saylanishi mumkinligi va u Oʻzbekiston SSR qonunlarini buzgan taqdirda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti tomonidangina lavozimidan tushirilishi mumkinligi, bunday qaror Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining tashabbusiga binoan Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston parlamenti 1990-yilning 20-iyun kuni nafaqat Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan, shu bilan birga Oʻzbekiston prezidentining oylik maoshi (1500 soʻm) va pensiyasi (1000 soʻm) miqdorini belgilagan. “Sovet Oʻzbekistoni” gazetasining 1990-yil 24-iyun sonida bu aynan keltirib o’tilgan. Oʻzbekistonda prezident lavozimi ilk bor 1990-yil 24-martda joriy etilgan.