Tish og‘rig‘ining oddiy davosi
➥ Sovuq — tish og‘rig‘ini bostirishning yaxshi usuli. Muz o‘ralgan sochiq og‘riqli joyda qo‘yib turilishi kerak. Odatda muz 15-20 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida saqlanadi va muolaja bir necha soatdan keyin takrorlanadi.
➥ Soda eritmasi bilan og‘zingizni chaying. Bundan tashqari, soda eritmasiga tuz qo‘shish ham mumkin.
➥ Moychechakli damlamada og‘iz chayish ham yaxshi yordam beradi.
➥ Shuni yodda tutish kerakki, biron bir xalq tabobati og‘riq sababini bartaraf etmaydi, ular faqat og‘riq sindromini qisqa vaqt ichida yengillashtirishi mumkin.