Ko’zoynaklar
Yozning shunaqangi issiiiq kunlarida🥵 hamma dam olishga borishni hohlaydi🌊
Bunda bizga albatta yaxshi quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak kerak bo’ladi👓
Ko’zoynak vazifasi:
🔵doimiy quyoshga qarshi ko’zoynak taqish kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan makular degenerataiya, katarakta, ayrim o’sma kasalliklari, fotokeratitlar(quyosh kuydirishi natijasida) yorug’likka sezuvchanlik, issiqlikda og’riq va boshqa noxush holatlarni oldini oladi☑️✅
Qanday ko’zoynak tanlash kerak, aynan shunday dam olishlar uchun❓
🟠doim ham qimmat ko’zoynak degani eng yaxshisi degani emas.
Ushbu 4 ta xususiyati borligiga e’tibor berishingiz zarur‼️.
1. Ultrabinafsha nurlaridan 100% himoya qiladigan bo’lishi kerak(buni o’zlari tekshirib ko’rsatib berishadi)
2. Ko’zoynaklarning qanchalik to’w rangda bo’lishi(тёмный) siz uchun qaysi biri komfort bo’lsa o’shanisi. Ps: teringiz qanchalik och rangda bo’lsa shunchalik to’q rangli olishingizni maslahat beraman, chunki oq rangli insonlar yorug’likka juda ham sezuvchan bo’lishadi;)👨🏻⚕️
3. Ko’zoynak oynalarining kattaligi — qanchalik katta bo’lsa shuncha ko’p UV nurlardan va shamol, changlardan himoya qiladi, ammo shunga qaramasdan imkon qadar yuzingizga mos shakl va hajm tanlaganinhiz ma’qul👓
4. Oynalarining ranggi juda xilma-xil va ularning ranggi sizning stilingizni keskin o’zgartirib berishi mumkin! Ammo rangidan qat’iy naza u polarized (uzbekchada poloroid) bo’lishi kerak, e’tibor bering bunga❗️
🟢✅👁️ Ma’lumotlar Amerika Oftalmologlar Akademiyasi tayyorlagan ma’qoladan olindi, tarjimon esa kaminayi kamtarin @oculomotori😉