Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:


✅Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.


✅Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.


✅Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.


✅Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.


✅Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.