Chang cholg’u asbobi
CHANG musiqa asbobi tarixi
Yozma manbaalarga ko`ra XV, XVII asrlardan boshlab “chang” sozi musiqa hayotimizda ma’lum o`rin egallay boshlagan. Ungacha esa “chang” iborasi o`zbek hamda tojik musiqa madaniyatida butunlay o`zga soz, tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatadi. Jumladan Alisher Navoiyning buyuk asari “Xamsa”ning “Sabbai sayyo`r” dostonidagi “chang” iborasi ham arfa tusidagi cholg`u sozini aniqrog`i qo`l arfasini anglatgan bo`lib, uning mohir ijrochilari sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani ham bejiz bo`lmagan. O`sha davrlarga xos arfasimon chang deyarli xotin-qizlarga mansub cholg`ulardan biri sifatida hatto, eramizdan oldingi asrlardayoq ishlatilgan. Ammo XVII asrlardan keyin bu qo`l arfasi ijrochilikdan chiqa boshlagan va o`rnini o`zga soz – mazsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetciya shaklida chang cholg`u asbobi egalladi.
XVII asrda yashab ijod qilgan Darvish Ali Changiyning risolasida musiqa nazariyasi haqidagina to`xtalib o`tmasdan, turli davr ijrochilari va saroy qoshida keng tarqalgan musiqa sozlaridan bo`lgan tanbur, chang, nay va qonun haqida ham to`xtalib o`tadi.
U sozlarni bir-biriga taqqoslab changni “sozlarning kelinchagi” deb ataydi.
Darvish Ali – ibn Mirzo Ali-ibn Xo`ja Mahmud – Marvarid shu sozning mohir ijrochisi edi. U yoshligidan changga mehr qo`ydi va keyinchalik shuhrat qozondi. Shu davrning yana bir mohir changchisi – Mavlono Zaynuliddin Rumiy edi.
Darvish Alining ta’kidlashicha, u juda ko`p peshrav va kuylar ijod qilgan. Ulardan eng ko`zga ko`rinarlisi 3 ta peshrav edi:
Birinchisi: Ehson. Husayniy maqomining pardalarini o`z ichiga oladi.
Ikkinchisi: Soqil. Iroq maqomi pardalari asosida ijod qilingan.
Uchunchisi: Peshravi-ufor. Husayniy maqomining xonalaridan tarkib topgan.
Yana Darvish Ali Changiy qadimda (changni) kelib chiqishi haqida shunday yozadi: chang qadimiy soz bo`lib, Mesopotamiyadan tortib, to Xitoygacha bo`lgan juda katta hududda ishlatilgan. Buxoroda (XVI asr) Shayboniylardan bo`lgan Abdullaxonning zamondoshi Xo`jai Kalon (Buyuk Xo`ja, Shayx Xo`ja Sa’d) og`ir dardga giriftor bo`ladi. Tabib Sulton Muhammad uni davolab, kasalni yengishda chang mashqlarini eshitishni tavsiya etadi. Xo`ja Sa’d Darvish Alini huzuriga chorlaydi. Darvish Ali uch oy davomida Sa’d qoshida chang chaladi. Xo`ja butunlay tuzalib ketadi.
Qadimda buyuk Nushiravon zamonida (531-579) mashhur changchi Piri Changchi yashagan. Eron arablar qo`liga o`tadi, undan keyin xalifa Umar Eron musiqasini ta’qib ostiga oladi. Piri Changchi o`zini hech kimga keragi yo`qligidan xafa bo`lib, Madinaga Yasrab qabrini ziyorat qilgani boradi. U o`z yoniga changni qo`yib, nola qila boshlaydi: “Men doimo sen uchun chaldim, endi meni ta’qib ostiga olishgani uchun seni oldingga oxirgi marta chalish uchun keldim. Bir narsani sendan so`rayman, ipak torlarimgagina haq berishsa”, yig`lab va qattiq oh urib o`zini oxirgi mashqini ijro etadi. Changni boshiga qo`yib uxlab qoladi. Shu vaqt halifa Umarga g`oyibdan ovoz keladi: “Bizning bir do`stimiz bor, u Yasrabning qabri (ustida) yonida. Ul kimsaga xazinadan 700 dinor olib borib ber. Yana zoriqsa yana tashrif buyursin”. Umar 700 dinorni olib yasrab qabriga boradi. U yerda Piri Changiydan boshqa kimsa yo`q edi. U hayron bo`lib tursa, Changiy uyg`onib qoladi. Umar unga 700 dinorni beradi va aytadi: “Alloh seni o`ziga do`st deb bilibdi, men ham sening do`stingman. Boshingga mushkil ish tushsa qoshimga kelgin. “Sening soz chertishing Egamni o`ziga rom etdi” – deydi. Bu voqea to`g`risida taniqli fors shoiri Jaloliddin Rumiy (1273 yil) ham she’rlar yozgan.
Chang
Chang- arfaning o’tmishda qo’llangan turi. O’rta Osiyo va boshqa Sharq xalqlari o’rtasida tarqalgan. Uning saqlanib qolgan eng qadimiy ta’sviri miloddan avvalgi 3 minginchi yillarga mansub , burchakli turi hozirda O’zbekiston va Tojikiston terayasida taxminan XVII asrda ishlatilgan. Gruzinlarda yangi abhazlarda ayume, ajarlarda duadastanon va hak deb yuritiladi. Ko’p torli urma soz. Uning santur deb nomlanuvchi turini rivoyatlarga ko’ra, O’rta Osiyoda birinchi marta Darveshali Changiy chalgan bo’lsa kerak. O’zbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi chang tuzilishi qutisimon trapetsiya shaklida, tovushqator asosini 14 sim tashkil etadi. Bulardan 13 tasining hatr biri uchtadan, faqat bitta yo’g’on tori yakkadir. Torlarning umumiy soni 40taga yetadi. Ular ikki gruppaga bo’linadi. Chang jarangdor terminga ega bo’lib, uning dinamik imkoniyatlari juda keng juda sekin ovoz pianissimodan, juda kuchli ovoz fortegacha ovoz beradi. Changdan turli ijrochilik uslublari – tayoqchalarni cholg’u torlari ketma-ket urish natijasida hosil qilinadigan tremolo bilan birga , pitsikattoga o’xshatib yaqin tayoqchalar bilan tirnab chalish va stakkato torlarni tayoqchalar bilan uzub tovush chiqarish keng qo’llaniladi. Changdan asosan, yakkanavoz soz, ansambillar orasida jo’rnavoz soz sifatida ham ishlatiladi. Ko’pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi va ular muayyan faktlarga ega. Changning chang tenor, chang, bas kabi turlari ham yaratilgan.