Chaqaloqni kechki uyquga to’g’ri kiyintirish

Chaqaloqni kechki uyquga to’g’ri kiyintirish


Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog’liq ekan. Chaqalog’ingizni kechasiga kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo’lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo’shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo’shasiz.

Bolangizning tana haroratini qo’lingiz bilan his etishga o’rganing. Qo’l va oyog’i muzdek bo’lib qolgani bola sovuqqotganidan dalolat beradi. Demak, bolani yaxshilabroq yopish kerak. Agar bola tanasi issiq bo’lib terlagan ham bo’lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.

Agar chaqalog’ingiz muddatidan oldin tug’ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug’ilgan bo’lsa, u holda bola qo’shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim.

Ko’pchilik chaqaloqlar o’ralgan holatni xush ko’radilar. Albatta qattiq o’ralgan emas, balki biroz qo’l oyoqchalari birlashgan holda, asta o’ralgan bo’lmog’i qulay. Bolaning harakatlari siqilmagan bo’lishi kerak.

Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo’lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasiga nafas olishga yordam beradi.

Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo’lmagani qulay, bola g’imirlab iplarga bo’g’ilib qolishi oson.

Agar bola yotog’i sovuq bo’lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin.

Agar chaqalog’ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko’p yig’lasa, uning kiyimlarini bir ko’zdan kechirib chiqing. Ko’pincha bolalar tinch uxla olmasligiga isib ketishi, sovuqqotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo’lishi mumkin.