Oyoqdan yoqimsiz hid kelsa… davosi oson
Kunlar isigani sayin ko‘pchilikning oyog‘i terlay boshlaydi. Ayrimlar hatto oyog‘idan kelayotgan yoqimsiz hid tufayli noqulay holatlarga tushib qoladi. Bunday bo‘lmasligi uchun esa quyidagi oddiy, ammo samarali usuldan foydalanish mumkin.
Oyoqlardan yoqimsiz hid kelganda kechki payt oyoqlarni kir sovun bilan yaxshilab yuvib, so‘ng eman daraxti po‘stlog‘i (qora duba — dorixonalarda ham bor)ni kukun holatiga keltirib sepish va paypoq kiyib olish lozim. Ertalab oyoqni sovuq suvda chayib, bemalol odatdagi yumushlar bilan shug‘ullanish mumkin.