QUYOSH URISHI

QUYOSH URISHI


◀️Quyosh urishi — patologik sindrom bo‘lib, quyosh nurlarining uzoq vaqt, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshga tushib, MNSning zararlanishi bilan kechadi.


◀️Klinikasi. Bosh ogriqlari, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Ob’ektiv yuzi giperemiyalangan, hansirash, taxikardiya, tana haro-ratining ko‘tarilishi, kuchli terlash kuzatilady. Ba’zi hollarda burundan qon oqishi, hushdan ketish va tutqanoq sindromy rivojlanishi mumkin.


◀️Shoshilinch yordam. Bemorny salqin joyga yoki sovuq xonaga olina-di. Gorizontal yotqaziladi, oyog‘i bir oz ko‘tarilgan holda bo‘ladi. Siqib turgan kiyimlari yechiladi. Yuziga muzdek suv purkaladi. Boshiga sovuq sochiq, muzlatuvchi termopaket qo‘yiladi. Butun tanasi sovuq, ho‘l sochiq bilan artiladi. Ammiak hidlatiladi. Hushi joyida bo‘lsa muzdek suv ichiriladi.


@doridarmonlar