Mashhur ichimlik “Coca-Cola” haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
— “Coca-Cola” ichimligi dunyo boʻyicha ikki davlatda sotilmaydi (https://www.thefactsite.com/coca-cola-facts/). Bu davlatlar: Shimoliy Koreya va Kuba.
— “Coca-Cola”ning oq va qizil rangli logotipini dunyoning 94% aholisi taniydi (https://www.businessinsider.com/facts-about-coca-cola-2011-6#coca-cola-spends-more-money-on-advertising-than-microsoft-and-apple-combined-11).
— Agar ishlab chiqarilgan “Coca-Cola” idishlari ustun shakilda terib chiqilsa, ular 2 ming martadan ortiq yerdan oygacha borib va qayta oladi (https://www.lovefood.com/galleries/amp/55994/facts-you-never-knew-about-cocacola).
— Oʻrtacha dunyo boʻylab har bir inson har toʻrt kunda bir “Coca-Cola” isteʼmol qiladi (https://www.businessinsider.com/facts-about-coca-cola-2011-6#coca-cola-spends-more-money-on-advertising-than-microsoft-and-apple-combined-11).
— “Coca-Cola” ichimligini eng koʻp isteʼmol qiluvchi davlat Meksika hisoblanadi (https://www.businessinsider.com/facts-about-coca-cola-2015-9).
— “Coca-Cola” soʻzi “OK” soʻzidan keyingi oʻrinda turuvchi eng tushunarli soʻz sanaladi (https://www.businessinsider.com/facts-about-coca-cola-2015-9).
— Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda “Coca-Cola” 2015-2020-yillar mobaynida har bir yilda reklama uchun $4 milliard dollar atrofida pul sarflagan (https://www.investopedia.com/articles/markets/081315/look-cocacolas-advertising-expenses.asp).
💬Oʻzbekistonda eng koʻp isteʼmol qilinuvchi ichimlikni taxmin qilib koʻringchi!