Toshkentda avtobus haydovchilari qancha maosh oladi? Metro mashinistlari-chi?
Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, avtobus haydovchilarining maoshi bugungi kunda 3-3,5 million so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulovning Xabar.uzga ma’lum qilishicha, metro mashinistlarining ham o‘rtacha maoshi 3-3,5 million so‘mdir. Ayrim yuqori malakali ishchilarga 4 million so‘mdan oshiq to‘lanadi. Oddiy metro xizmatchilarining oyligini qo‘shib hisoblaganda, tashkilotda o‘rtacha maosh 2,1 million so‘m, deydi metropoliten rahbari.
@NarxiQancha | Manba (https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/toshkent-avtobus-haydovchilar-qancha-maosh-oladi)