❓Hiqichoq nima sababdan kelib chiqadi, sog‘liq uchun xavflimi?
🔸Hiqichoq — diafragmaning spazmatik qisqarishi. Hiqichoq tutganda uni to‘xtatish uchun qog‘ozli paketni olib, uning ichida bir muddat nafas olib turish kerak. Shunda qondagi karbonat angidrid darajasi oshadi va bu esa diafragma spazmi (tortilish)ni kamaytiradi.
🗣Nafasni ushlab turish ham hiqichoqni to‘xtatishga yordam beradi.
🔹Uzoq muddatli (2 kundan ortiq) va qiyin davolonuvchi (bir oydan ortiq) hiqichoqlar asab tizimi (qon tomir, miya shikastlanishi, o‘sma), psixika (stress), nafas olish yo‘llari (pnevmoniya, astma) ) yoki oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan darak beradi.