Yugurish paytida nima uchun o‘ng yoki chap tomonda og‘riq bo‘lishi mumkin?
Hammasi yugurishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaslik oqibati hisoblanadi.
Yugurish paytida qon oqimi kuchayadi va tanamizdagi qon zahira qiluvchi organlardan qon ko‘p miqdorda ajralib harakatdagi mushaklarga oqib kela boshlaydi. Qonni zaxira qiluvchi organlar jigar va taloqdir. Agar siz avval tanani qizdirmasdan yugurishni boshlasangiz yoki darhol tezlik bilan yugurishni boshlasangiz qon bir tekis taqsimlanishga ulgurmaydi. Natijada bu organlar qisqa vaqt ichida darhol «bo‘m-bo‘sh» idishga o‘xshab qoladi. Bu esa nerv tolalar ta’sirlanishiga olib keladi. Agar og‘riq o‘ng tomonda bo‘lsa u jigarda, chap tomonda bo‘lsa taloqda shunday holat yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun jismoniy harakatni sekinlik bilan boshlang.
@doctor_Muminov