Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Insoniy ishq-muhabbatni, mehru vafo, iffat, sharmu hayo va nazokatni yonib, hassoslik bilan kuylagan Navoiyning go’zal satrlarini o’qiganda buyuk va olijanob qalb sadolarini sezib turamiz. Bu yurak tug’yonlari, mana, oradan besh yarim asrdan ziyod vaqt o’tsa hamki, millionlab odamlarni hayajonga solib kelmoqda.
ALISHER NAVOIYGA
BAG’ISHLOVLAR
Mushoira

