«Oltin qanday yaratiladi?»
_______________________________
Oltin yoki tilla — unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lotincha: aurum — „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi — 196,966569. Zichligi — 19.30 g·sm−3, erish harorati — 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati — (3129 K) (2856 °C).
Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.