VATAN MADHI
Vatandan shirinroq narsa yoq. Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sugorilgan deb bilsa, bularning barini ularga Vatan orgatgan emasmi? Mayli, kopgina odamlar ozga yurtlarning qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil bolsin, lekin hamma Vatanini sevadi. Ozga yurtning behisob mojizalarini kopchilik korgan, ammo hech kim ularga mahliyo bolib oz yurtini unutib qoygan emas-ku?! Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng qilishni soraydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u korimsiz bolsa- da, faqat oz Vatanini tanlaydi. Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarga qilishni belgilab qoyishgan. Axir, janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng ulug xitob –Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu xitobni eshitgan hech bir odam undan boyin tovlashni oziga munosib bilmaydi-da . Negaki, ” Vatan” sozi hurkak odamga ham jasorat bagishlaydi.