Attestatsiya jarayoni suhbatida foydalaniladigan o`quv adabiyotlari va savollarning namunaviy ro’yxati

Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida o’tkaziladigan test va suhbatda foydalaniladigan o’quv adabiyotlari hamda savollarning namunaviy ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2. O’zbekiston Respublikasining  «Ta’lim to’g`risida”gi Qonuni
3. O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
4. Xalqaro darajada qabul qilingan ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
5. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ta’lim sohasiga oid Qarorlari
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga oid asarlari
8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasiga oid Qarorlari va Farmoyishlari
9. Pedagog kadrning kasbiy va lavozim majburiyatlari doirasida  qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari
10. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining pedagog kadrlar faoliyatini tartibga solishga oid qabul qilgan me’yoriy hujjatlari
11. Pedagog kadrlarning pedagogik ko’nikmalarini shakllantirishda foydalanish uchun tavsiya etilgan pedagogik-psixologik, o’quv-uslubiy adabiyotlar
12. Kompyuter savodxonlik darajasini shakllantirish uchun ta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan o’quv adabiyotlari
  Pedagog kadrlarning ixtisosliklari bo’yicha test savollari Uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etilgan Davlat ta’lim standartlari hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari kabi o’quv adabiyotlaridan shakllantiriladi.
  Pedagogik ko’nikmalarini aniqlashga oid test savollari uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etilgan pedagogik-psixologik va fanlarni o’qitish uslubiyatini o’qitish uchun rasmiy nashr maqomiga ega o’quv adabiyotlaridan shakllantiriladi.
 
Attestatsiya jarayoni suhbatida foydalaniladigan o`quv adabiyotlari va savollarning namunaviy ro’yxati

 Attestatsiya jarayoni suhbatida foydalaniladigan savollarning namunaviy ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida”gi qonuni qabul qilinganligiga oid
2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida”gi qonuni moddalari mazmuni
3. «Ta’lim to’g`risida”gi qonunning asosiy maqsadi va vazifalari
4. Ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlari xaqidagi tushunchalar
5. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari to’g`risida
6. «Ta’lim to’g`risida”gi qonunida ta’limning O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi o’rni
7. Bilim olish huquqining ta’minlanishi
8. Boshqa davlatlar fuqarolarining O’zbekiston Respublikasida bilim olishi
9. Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqi to’g`risida
10. Davlat ta’lim standartlari tushunchasi. Ta’lim berish tili
11. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
12. Maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
13. Umumiy o’rta ta’limning maqsadi va vazifasi. Umumiy o’rta ta’limning bosqichlari mazmuni
14. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. Uning maqsad va vazifalari. Akademik litsey. Kasb-hunar kolleji
15. Oliy ta’lim. Oliy ta’limning maqsadi va vazifasi. Oliy ta’lim bosqichlari. Bakalavriat. Magistratura
16. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. Uning maqsad va vazifalari
17. Aspirantura. Ad’yunktura. Doktorantura. Mustaqil tadqiqotchilik. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Uning maqsad va vazifalari
18. Maktabdan tashqari ta’lim. Maktabdan tashqari ta’limning maqsadi va  vazifasi
19. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish
20. Ta’lim jarayoni xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
21. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
22. Yetim bolalarni, ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish
23. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish
24. Ta’lim tizimini boshqarish
25. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
26. Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari
27. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
28. Ta’lim muassasasini boshqarish. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
29. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
30. Ta’limni moliyalash. Ta’limni rivojlantirish fondlari
31. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari
32. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari
33. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning tarkibiy qismlari
34. Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
35. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari
36. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
37. Kadrlar tayyorlash tizimida fan
38. Kadrlar tayrlash tizimida ishlab chiqarish
39. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash
40. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malaksini oshirish
41. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish
42. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar
43. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar
44. Ta’lim tizimini boshqarish
45. Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish
46. Ta’lim tizimini moliyalash. Moddiy-texnika ta’minoti
47. Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish
48. Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarining mazmun-mohiyati
49. Prezident I.A.Karimov asarlarida respublikamiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’llarining asoslab berilishi
50. Prezident I.A.Karimov asarlarida demokratik islohotlar asosiy yo’nalishlari va vazifalarining belgilab berilishi
51. Demokratik jamiyatni shakllantirish konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining yaratilishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – demokratik jamiyat qurishning huquqiy asosi
52. O’zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan unvon, orden, medallar va davlat mukofotlari
53. Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlari
54. Milliy mafkuraning bosh va asosiy g`oyalari
55. Turkistonda (XIX asrda) dastlabki gimnaziyalar (o’rta umumiy ta’lim maktabi)ning  paydo bo’lishi
56. «O’zbek modeli” sifatida tan olingan taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari
57. «O’zbekiston xalq o’qituvchisi”, «O’zbekistonda  xizmat ko’rsatgan  xalq ta`limi xodimi” va «O’zbekistonda  xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari. Mazkur unvonlar sohiblari imtiyozlari
58. «O’zbekiston qahramoni » va «Oltin yulduz” medali va unga munosib deb topilganlar haqida
59. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiradigan oliy vakillik organi va uning vakolatlari
60. O’zbekiston Respublikasida Oliy Majlisni shakllantirish tartiblari to’g`risida
61. O’zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyatining tashkil etilishi to’g`risida
62. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari haqida
63. O’zbekiston Respublikasining sud hokimiyati haqida
64. O’zbekiston Respublikasida saylov tizimi haqida
65. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning tarixiy va ma’naviy-axloqiy ildizlari haqida
66. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi markaz”larining maqsad va vazifalari haqida
67. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi markaz”lari faoliyatini moliyalashtirish haqida
68. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi markaz”larining me’yoriy hujjatlari va ularni yuritish tartibi haqida
69. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi markaz”larining boshqaruv faoliyati va ish tartibi haqida
70. Mehnat shartnomalari, ularni tuzish tartibi, amal qilish muddati haqida
71. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi haqida
72. Mehnat ta’tillari turlari, berish tartibi haqida
73. Pedagog kadrlarga beriladigan imtiyozlar haqida
74. Pedagog kadrlarning ish yuklamalari hajmi, nazorat qilish tartibi haqida
75. Maktab rahbarlarining ish yuklamalari hajmi, bo’limlari haqida
76. Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish tartibi haqida
77. Xodimlarni rag`batlantirish tartibi haqida
78. Mehnat intizomi haqida
79. Mehnatni muhofaza qilish haqida
80. Malaka toifalari berish tartibi
81. Maktablardagi «Direktor jamg`armasi”ning maqsad va vazifalari
82. Rahbar va pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda lavozim vazifalari