9-“A” sinfida jami 32 nafar o`quvchi ta’lim oladi. Shundan 11 nafari qizlarni 21 nafari yigitlarni tashkil qiladi. Sinf o`quvchilari bilan 2015-2016- o`quv yilining I yarim yilligida bir qancha ishlarni amalga oshirdik. Jumladan, sentyabr oyida yurtimiz mustaqilligining 23 yilligiga bag`ishlab “ Ulug`imsan Vatanim ” mavzusida tarbiyaviy soat darsi tashkil qilindi. Sinf o`quvchilari va ota onalar yig`ilishilarining yillik rejalari tuzilib, sinf faollari ham saylab olindi.
Sinfda “Orasta qizlar” to`garagiga rais qilib namunali xulq, a’lo o`qishlari bilan namuna bo`la oladigan o`quvchi Umarova Nigina saylandi. Ushbu to`garakning ishlarini tartibga solish maqsadida yillik reja ham tuzildi. Sinfda har bir o`quvchining ota – onalari uchun muloqot daftarlari tashkil qilindi.
O`quv yilining oktyabr oyida sinf o`quvchilari bilan birgalikda 1-oktyabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni” hamda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 21 yilligini nishonlash maqasadida sinfda tarbiyaviy soatlar o`tkazildi. Ushbu bayramlar munosabati bilan o`quvchilar o`rtasida “O`qituvchi — qalb me’mori” , “ So`z sehri” mavzularida insholar va rasmlar tanlovlari uyushtirildi.
Bundan tashqari noyabr oyida sinf o`quvchilari bilan diniy ekstrimizm va ommaviy madaniyat mavzularida suhbat o`tkazilib, suhbat ma’ro`zasi hamda bayonnomasi MMIBDO` Raxmonova D.A ga topshirildi.
Bundan tashqari noyabr oyida sinfda 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilinganligi munasabati bilan rangli rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Bu tanlovda o`quvchilardan Olimova Zulfina va Ro’zimurodova Muxlisalarning chizgan rasmlari g`olib deb topildi.
O`quvchilar bilan 20-noyabrdan 20-dekabrgacha “Yong`in xavfsizlik oyligi” haqida tarbiyaviy suhbat o`tkazildi.
Dekabr oyida 1-dekabr Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sinfda “ Giyohvandlik – asr vabosi”, “OITS siz – hayot sari” mavzularida insholar va rasmlar tanlovlari tashkil qilindi. Sinf o`quvchilari Vatanimizning yana bir shonli bayramlaridan biri 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kiniga bag`ishlab “ Vatan qomusida inson huquqi” mavzusida tadbir tashkil qilishdi. ShXTMFMTTEB ning 286-sonli buyrug`i asosida sinfda tarbiyasi og`ir o`quvchilarni aniqlab ularning ota-onalari bilan suhbat daftari tashkil qilinib, haftaning har juma kuni ular bilan suhbat olib borilmoqda. Sinf o`quvchiaridan Nurmamatov N, Uroqov N, Ergashev B lar tartib intizomi va sababsiz dars qoldirganliklari uchun ushbu ro`yxatga olindi. Bundan tashqari qolgan o`quvchilardan yangi yil munosabati oldidan turli pirotexnik vositalardan foydalanmasliklari va bayram kunlari ko`chaga oila a’zolari bilan birga chiqishi lozimligi o`qtirilgan tilxat ham olindi.