O’qituvchi : Kelinglar bolalar , tabiatga bir nazar tahslaylik .
O’qituvchi : Bugun havo ochiq . Biroz ertalabkisalqin , kun yarmida
isiy boshlaydi . Kuz fasli kirib kelganidan darak beradi .
O’qituvchi : Kuz faslida qanday bayramlarimiz bor ?
O’quvchilar : 1 — sentabr — Mustaqillik bayramini nishonlaymiz .
Mustaqilligimizga 19 yil to’ldi . 1 — oktabr — O’qituvchilar va
murabbiylar kuni .
Muallim haqida so’zim ushbudir ,
Muallim kamolot ichra ko’zgudir ,
O’qidim Gerodot , tarixni ko’p bor ,
Farobiy , Danteni takror va takror
Barini o’qidim , lol qoldi aqlim
Bariga ustozsan o’zing muallim
21 — oktabr , 1989 yil — O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun . Tilimizga asos solgan buyuk bobomiz Alisher Navoiydir . Bizning jonajon shahrimiz bobomiz nomiga qo’yilgan . Shuning uchun bu bayram viloyatimizda keng nishonlanadi .
18 — oktabr , 1991 yil — O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasdiqlangan .
Hilpiraydi u qarang ,
Rangi yashil , qizil , oq
O’zligimiz anglatar
Ushbu muzaffar bayroq
O’qituvchi : Kuz faslida O’zbekistonimizda nimalar yig’ib — terib
olinadi ?
O’quvchi : Paxta , mevalar ( olma , anor , behi ….)
O’iqtuvchi : Orangizda kimdir mexanizator , kimdir agronom yana
biringiz fermer bo’larsiz !? Bu kasbni egallashingiz
uchun siz albatta yaxshi o’qishingiz , odobli bo’lishinigiz
kerak .
O’qituvchi : O’quvchilar sizlar yo’l harakati qoidalariga amal qilasizmi?
O’quvchilar : Ha ustoz » Yo’l qoidasi — umr foydasi » deyishgan . Bu
qoidaga amal qilihsimiz shart . Yo’l chetidan yurishimiz ,
o’ng va chap yo’l qoidalariga e’tibor berishimiz kerak .
O’qituvchi : Barakalla bolajonlarim . Yo’l harakati qoidalariga amal
qilishingiz shart .
— Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz , deganda nimani tushunasiz ?
— Konstitutsiyamizning qaysi moddasida Davlat tili to’g’risida
gapirilgan ?
O’qituvchi : Har bir millatning o’z tili bor . Bizning ham jonajon tilimiz
o’zbek tilidir . Yer yuzida qancha millat , xalq , elat bo’lsa ,
shuncha til bor . Til insonlar orasidagi aloqa , fikr ifodasi ,
insonlarning bir — biri bilan fikr almashinishiga xizmat
qiladi .
O’quvchi : Bobokalon shoirimiz Alisher Navoiy so’zning yumshoq ,
go’zal , nafisligi va inson ruhiyatiga ta’sirini shunday
tasvirlagan edi :
Sizdadur har yaxshilikning imkoni bor ,
Bundan deydilarki , nafasing joni bor .
Hazrat Alisher Navoiy tilning mazmuni ifodasiga alohida e’tibor berganlar . Har bir til o’z millati uchun aziz , o’zbek tili o’zbek xalqi ruhiyatini , g’ururini , kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy tildir .
O’quvchi : O’zbekiston REspublikasi Konstitutsiyasining 4 —
moddasida til to’g’risida bayon etilgan .
O’qituvchi : Til to’g’risida kimlar she’r biladi .
O’quvchilar :
Do’stga do’stu , dujona tilim ,
Begonaga begona tilim ,
Beshigimda yagona tilim
Ona tilim — ona tili .
Boshimga aql bor ekan , borsan
Ko’zimda yosh bor ekan , borsan
Toki quyosh bor ekan , borsan
Ona tilim — ona tilim
O’qituvchi : Kelinglar , qaysi guruh ko’p hikmatli so’zlardan biladi
musobaqasini o’tkazamiz .
1 — guruh : » Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz «.
2 — guruh : » Odoblar boshi tildir , uni tiymoq zarurdir » .
3 — guruh : » So’zing achchiq , tilingni tiyib tur , erk berilgan til bir
kuni boshinga yetadi «…..
Hikatli so’zlar aytish davom etadi .
Oxirgi shartimiz sardorlar musobaqasini o’tkazish .
Kim ko’p maqol biladi ?
1 — guruh : » Ish ishtaha ochar , dangasa ishdan qochar «
2 — guruh : » O’zga yurtda shoh bo’guncha , o’z yurtingda gado bo’l «.
3 — guruh : » Mehnat , mehnatning tagi rohat «
O’quvchilar baholanib rag’batlantiriladi .
O’qituvchi : Bizning tilimizga asos solgan bobokalonimiz Alisher Navoiy Hirot shahrida tavallud topganlar . O’zbek tili muqaddas bo’lib,
xalqimiz uchun azizdir . Har bir tilning chiroyi , jozibasi , mazmuni , boyligi bo’lgani kabi , o’zbek tili ham nozik , mazmunli iboralarga boydir . Har bir inson bir- biri bilan yakka holda yoki jamoa joylarida muloqot va muomalada bo’lganida til odobiga e’tibor berishi lozim . Ona tilimizning ko’rki , kuch qudratini jahonga ko’z — ko’z qilgan bobolarimiz Imom al — Buxoriy , Ahmad Yassaviy , Ahmad Yugunakiy , Alisher Navoiy , Mahmud Qoshg’ariy » O’z tilini bilgan , e’zozlagan xalq — kuchlidir » — degan naqlga katta e’tibor berganlar .
Siz tilni asrang har nedan ortiq
Yagona zaminni asrangiz omon
Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon
Prezidentimiz ta’kidlaghanidek kelajak avlod biz yoshlar qo’lidadir . Uni ardoqlang , asrab — avaylab , tilimizni , uymonimizni hech qachon unutmaylik , Vatan ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shaylik .
Uyga vazifa : » Til bilgan — el biladi » mavzusini o’qib , keyingi