Turkiya birinchi jahon urushidan mag’lub davlat sifatida chiqdi va katta zarar ko’rdi. 4 yil mobaynida 500 ming kishi o’ldi, 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo’lib qoidi. Antanta armiyasi 1918-yil noyabr oyidayoq mamlakat poytaxti Istambul shahrini ishg’ol etgan edi. 1919-yilning oxirida Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) saylov o’tkazildi va unda kamolchi-lar g’alaba qozonishdij
TВММ 1920-yilning 23-aprelida Mustafo Kamol Otaturkni davlat boshlig’i etib sayladi. Shu tariqa ikki hokimiyatchilik Istambul shahrida sulton hokimiyati, Anqarada esa ka-molchilar hokimiyati vujudga keldi.
1920-yilning 10-avgustida suite n hukumati bilan Antanta davlatlari Sevr shartno-masini imzoladilar. Shartnoma mustaqil Turkiya davlati amalda tugatilganligini anglatar edi. 1921-yilning 20-yanvarida kamolchilar Turkiyaning vaqtinchalik Kon-stitutsiyasini qabul qildilar. Kamolchilar Turkiya uchun og’ir sharoitda — 1921-yilning 16-martida Sovet Rossiyasi bilan Do’stlik va birodarlik haqida shartnoma tu-zishga muvaffaq bo’ldilar va yordam oldilar.
Milliy-ozodlik urushi 1922-yil oktabr oyida g’alaba bilan tugadi. 1-noyabrida sultonlik hokimiyati tugatildi. 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya Respublika deb e’lon qilindi. 1923-yilning 24 iyulida Antanta davlatlari Lozanna konferensiyasida mustaqil Turkiya Respublikasini tan oldilar. 1924-yilda xalifalik tugatildi.
Turkiya hukumati mamlakatdagi chet el mulkla-*rini sotib olish yo’li bilan ularni davlat mulkiga aylantirish hamda iqtisodiyotga davlat mablag’ini joylashtirish siyosatini yurita boshladi. 1923-yilning oktabrida poytaxt Istambul shahridan Anqaraga ko’chirildi. Din davlatdan ajratildi. Vaqf mulki bekor qilindi. Ta’limga sof 4unyoviy tus berildi. Diniy o’quv yurtlari yopildi. Dunyoviy sud joriy etildi. 1924-yilning 20-aprelida Respublikaning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dunyoviy qonunlar joriy etildi. Konstitutsiya va qonunlarda yevropacha hayot tarziga ruxsat etildi. Arab alifbosi lotin alifbosiga almashtirildi. 1931-yilda kamolchilar yangi dastur qabul qildi. Bunda partiya emblemasi 6 qanotli, ya’ni Turkiya — respublikachi, milliy, xalq, etatist, dunyoviy, inqilobiy davlat sifatida tasvirlandi.
1926-yilda Italiya bilan, 1930-yilda Germaniya bilan savdo shartnomasi imzolandi. AQSH ham tashqi savdoda Turkiyaga katta e’tibor bera boshladi. 1932-yilning iyul oyida Turkiya Millatlar Ligasiga qabul qilindi. Fashistlar Germaniyasi Turkiyaga katta qiziqish bilan qaray boshladi. Bu hodisa va Italiyaning Efiopiyaga xujumi Buyuk Britaniyani Turkiyaga munosabatini o’zgartirishga majbur etdi.
1936-yil iyulida Montryo shartnomasiga ko’ra bo’g’ozlar nazorati yana Turkiya ixtiyoriga o4di. Buyuk Britaniya Germaniya ta’sirining kuchayishiga yo’l qo’ymaslik uchun Turkiyaga ko’p miqdorda harbiy texnika va qurol-yarog’ sota boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya betaraf qoldi.
1943-yilning 2-fevralida Germaniya armiyasining Stalingrad ostona-laridagi mag’lubiyati Turkiyaning bundan keyingi siyosatiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Chunonchi, 1944-yil avgustda Turkiya Germaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Ayni paytda u AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Bu yaqinlashuv 1945-yilning fevralida Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishga olib keldi. Biroq Turkiya urush ha/akatlarida qatnashmadi.
Nazorat savollari.
1 Turkiya Respublikasi qachon tuzildi?
Kamol Ota Turk kim?
Kamol Ota Turkning olib brogan siyosatida cheklangan tomonlari nimada edi?
Tayanch iboralar.
TBMM – Turkiya Buyuk Milliy Majlisi – qonun chiqaruvchi organ.
Milliy ozodlik harakati – 1920 –1922 yillarda Sevr shartnomasiga qarshi davom etdi.