Huquq bilimdonlari uchun sahna ko’rinishi

Huquq bilimdonlari uchun sahna ko’rinishi


Sahnaga ko’zi ojiz otasini yetaklagancha Jamshid kirib keladi.

Ota: — Onangdan ajrab qolganimizga ham ancha bo’ldi. Sen ham ulg’ayib qolding. Qarindoshlar bilan maslaxatlashib bir yaxshi qiz topdik, seni uylantirib qo’ysam ko’nglim ancha hotirjam bo’lar edi.

Jamshid: — siz nima desangiz shu ota.

Ota va o’g’il sahnani tark etishadi.

Boshlovchi: oradan bir oy o’tdi. Bu vaqt ichida Jamshid Lola bilan turmush qurdi. Kunlarning birida Jamshid o’rtog’i Dilshodni uchratib qoldi.

Dilshod: — iye kuyovbola to’ylarni yaxshi o’tkazib oldingmi? Dadang yaxshilarmi?

Jamshid: — ha yaxshilar, rahmat.

Dilshod: — nimalar qilib yuribsan?

Jamshid: — bekorchilik. Bir ko’cha aylanib chiqqandim.

Dilshod: — juda yaxshi bo’ldida meni uchratganing. Yur birgalikda aylanamiz. Seni zo’r joyga olib boraman.

Boshlovchi: — Dilshod o’rtog’i Jamshidni tungi barlar olib bordi. O’yin-kulgular Jamshidga yoqib qoldi va u har kuni bu joyga kela boshladi. Bu orada Jamshid giyohvand moddalar qabul qila boshladi. Dilshod esa bundan juda ham xursand edi. Chunki unga Jamshid emas uning pullari kerak edi. Jamshid tez orada xotinining tilla taqinchoqlarini ham sotib yubordi. Giyohvand modda olish uchun pul zarur bo’lib qoldi.

Jamshid: — o’rtoq menga doridan ber. Suyaklarim zirqirab ketyapti.

Dilshod: — dori uchun pul kerak yigit. Pul bormi?

Jamshid: — pul. Pul topolmayapman. Hatto xotinimni tillalarini ham sotdim. Sotadigan hech narsa qolmadi.

Dilshod: — hech narsa qolmagan bo’lsa xotining borku.

Jamshid: — qanday qilib sotaman uni.

Dilshod: — senga Moskvada ish qiladigan bir opaxonni tanishtirib qo’yaman. U senga yordam beradi. Kakraz bitta odam kerak deb turgandi.

Jamshid: — mayli. Faqat menga dori ber. O’lib qolaman hozir.

Dilshod: — yur bo’lmasa.


Hovlida ish bilan band bo’lgan Lola eri Jamshidni kelganini payqamay qoldi. Jmashid esa unga zimdan qaradi va gap boshladi.

Jamshid: — e Lola har kuni uydasan. Biiir aylantirib kelsammikan deb turibman.

Lola: — voy rostdanmi? Qayoqqa olib obrasiz?

Jamshid: — Moskvaga.

Lola: — Moskva? Zo’rku. Qachon olib borasiz?

Jamshid: — ertaga. Narsalaringni yig’ishtiraver.

Lola: — xo’p bo’ladi.

Lola xursand bo’ladi va narsalarini yig’ishtirsh uchun kirib ketadi.

Kelajakdagi hayoti butunlay o’zgarib ketishini kutmagan Lolani turmush o’rtog’i aldov yo’li bilan Moskvaga olib boradi va Dilshod topib bergan odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxs Azizaga 2000 AQSh dollariga sotib yuboradi. Shundan so’ng ortiga qaytgan Jamshidning uyiga Lolaning ota-onasi kirib kelishadi.

Lolaning ota-onasi qizlari anchadan buyon ota uyiga bormayotgani shuning uchun o’zlari uni ahvolini bilish uchun kelganliklarini ma’lum qiladilar. Lolani so’ragan ota-onasi Jamshiddan qizlarini sayohat qilish uchun Moskva shahriga olib borganini va Lola o’sha yerda undan qochib ketganini ma’lum qiladi. Lolaning ota-onasi qizlari unday qizlardan emasligini aytishadi. Bunga javoban Jamshid kerak bo’lsa qizlaringni topib olinglar, menga kerak emas deb javob qaytaradi. Lolaning otasi uning yoqasidan oladi va bu qilmishi uchun tegishli joylarda javob berishini aytib xonadonni tark etadi.

Tez orada Lolaning ota-onasi o’z qizlari odam savdosi qurboni bo’lganlikda shubhalanib kuyovlari Jamshid ustidan ariza bilan huquq idoralariga murojaat qilishadi. Tez orada siri fosh bo’lgan Jamshid huquq tartibot idoralari tomonidan qo’lga olinadi. Bu voqeani guvohi bo’lgan ko’zi ojiz ota shu lahzaning o’zida iztirob chekadi va bu yorug’ olamdan ko’z yumadi.

Ma’lum vaqt o’tgach aldov qurboni bo’lgan Lola elchixona mutasaddilari tomonidan O’zbekistonga qaytariladi. Ona yurtiga qaytgan Lola erini qamoqqa olingani va qaynotasi vafot etganini eshitadi. Qaynotasini ruhini shod etish uchun kelinlik uyida yashay boshlaydi. Qamoq muddatidan amnistiya qaroriga asosan ozodlikka chiqqan Jamshid uyiga keladi va xotini Lolani ko’rib xursand bo’lib ketadi. Lola esa uni azoblarga solgani uchun kechirmasligini aytib u bilan qayta birga yashay olmasligini aytib chiqib ketmoqchi bo’ladi. Shu payt Jamshid ko’zi ojiz otasini so’roqlaydi va Loladan otasi vafot etganligi haqidagi xabarni eshitadi va ming afsuslar bilan yig’lay boshlaydi. 

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________