Alifbe bayrami ssenariysi
ALIFBE BAYRAMI SSENARIYSI
Zal bayramona bazatilgan
(kuy yangraydi)
1 – boshlavchi: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom assalom.
2 – boshlavchi: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.
1 – boshlavchi: Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola
2– boshlavchi: Ustozlarning o’gitin
Dilimizga joylaylik
Dilda xayajon bilan
Bayramimiz boshladik
Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi. O’quvchilar chiqib kelayotgan joyda “Bilimlar mamlakati” deb yozib qoyilgan bo’ladi.
1 – boshlavchi: — Salom bolalar!
Bolalar: — Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!
1 – boshlavchi: (bolalarga qarata)
Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.
2 – boshlavchi: Ona yerda muhabbat
Yosh avlodning dilida
Madhiyamiz yangraydi
Bolalarning tilida
(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)
1 – boshlavchi: Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.
2 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?
O’quvchi: — “Bilimlar mamlakati”
Boshlanar alifbodan
O’ttizta do’stimiz bor
Bizalrning alifbodan
Alifboni o’rgangan
Bolalar jim turmaydi
Harflar tilga kirib
Odamlarday so’zlaydi
A | A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono. |
B | Bolalarga bosh bo’larSizlarga sirdosh bo’larBahrom, Barno, BotirniYozganda yo’ldosh bo’lar |
D | D man davrada doimDono bo’ling iloyimDavron, Dilshod, DilafruzDostdir hamisha hamro’z. |
E | E demang meni ko’ribEhtiyot bo’ling kulibEkranda Erkin akamErtak so’zlar chinakam. |
F | F harfiman men o’zimFahmlang har bir so’zimFarida, Furqat, FarhodMendan bishlanar faqat |
G | G ga quloq tutingizGulzorlarga o’tingizGul ushladim qo’limga.Gilam to’shang yo’limda. |
H | H man hayron bo’lmaglarYo’lni to’sib turmanglarHandalak bor qo’limdaHamrph bo’ling yo’limda. |
I | I harfini bilingizIshda ilg’or bo’lingizIroda, Izzat, IkromIstagi o’qish tamom. |
J | J harfini bilasizNega jahl qilasiz?Jamila, Jasur, JavlonJo’jani quvdi chunon. |
K | K dan koptok yozamizKatta bo’lsak o’zamizKattani aylang hurmatKeladi baxt – saodat. |
L | L dan lola yozamizLimuzinda o’zamizLatif, Laylo, LatofatLoqaydlikka yo’q toqat. |
M | M dan yozilar maktabMening do’stimdir kitobMurod, Maqsud, Mo’tabarMadina maktub yozar. |
N | N harfini bilamizN siz nima qilamiz?Noz – ne’mat non bo’ldiOchil dasturxon bo’ldi. |
O | O oyga o’xshar ekanOsmonda uchar ekanObid, Olim, OzodaOstonang bo’lsin toza |
P | P harfiman bilingizKuzda paxta teringizPo’lat, Parfi, PokizaPaxta teringiz toza. |
Q | Q dan qayiq yozamizQayerlarga suzamizQishda qarg’a uchadiQarang, qorni quchadi. |
R | R ga ruxsat beramizRasm so’zin yozamizRa’no, Rahim, RuhsoraDono, aqlli bola. |
S | S man soatga boqingSo’zining mag’zin chaqingSobir, Said, SurayyoSo’zdan adashmang aslo. |
T | T man tanib olursizTo’maris deb yozursizToshkent ona shahrimdirT harfidan yozgumdir. |
U | U man uchrab ko’p so’zdaSizga tanish bo’lamanUzum, ummon, UmidaSo’zlarini yozaman. |
V | Men V durman bilursizVarrak so’zin yozursizVasila, Vohid, VailYozing kelganda gali. |
X | Qattiq X derlar meniYozgum taxta, paxtaniXo’roz, xona, xola hamMen bilan bo’ladi jam. |
Y | Y man balki bilursizYo tanimay qolursizYo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut debMendan boshlab yozursiz. |
Z | Z deydilar otimniBilasizmi zotimniZuhra, Zahro, ZokirjonMendan boshlanur chunon |
O’ | O’ deydilar har zamonO’tir, o’rtoq bo’lamanO’zbekiston so’ziniFaxr bilan yozaman. |
G’ | G’ harfini tanirsizG’ayrat bilan o’qirsizG’ani, G’ulom, G’afurningG’amini yo’qotursiz. |
Sh | Sh harfiman bilasizShoshib – shoshib kelasizShokir, Shahzod, ShadmonniShogirtlikka olasiz. |
Ch | Ch man tanib olingizCharchoq bilmay qolingizChollarni chaman qilibChaqqon – chaqqon bo’lingiz. |
Ng | Ng bordir singildaYoki biror ko’ngildaTongda dengizda suzdimDaladan bordring uzdim. |
‘ | Tutuq qo’yib yozamanUnlini sal cho’zamanRa’no, ma’no, a’lodirYaxshi bola donodir. |