«Kim bo’lsam ekan?» nomli tadbir ssenariysi

«Kim bo’lsam ekan?» nomli tadbir ssenariysi

“ Kim bo’lsam ekan?”


Zal bayramona bezatilgan. Gullar, bukletlar,milliyligimiz aks etgan milliy urf- odatlarimiz namunalari, milliy hunarmandchilik namunalari. Turli kasb egalarining fotosuratlari yoki kiyimlaridan namunalar…


boshlovchi:

Har tamondan maktab tamon

Ko’plab mehmon keladi,

Ushbu kungi quvonchimizga

Birday sherik bo’ladi.

boshlovchi:

Keling avval mehmonlarni

Tezda kutib olaylik

Ustoz bergan odob bilan

Salom- alik qilaylik.

boshlovchi:

Mehri go’yo oftob bo’lgan

Har so’zi bir kitob bo’lgan

Qilgan ishi savob bo’lgan

Otajonlar assalom

boshlovchi:

salom sizga onajonlar

parvonasiz bizlarga

shodligimiz sheriklari

bizday o’g’il- qizlarga

boshlovchi:

assalom, ustozlar,mehri dayolar

    ilm- fan bog’ida,asl donolar

boshlovchi:

Katta- kichik baringizga

    yo’llagaymiz biz salom

    Ta’zim sizga, hurmat sizga

    Deymiz: Salom, assalom!

boshlovchi:

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, onajon, otajonlar, aziz ustozlar, tengdosh do’st va dugonalar! Bugun biz yosh shogird bo’lib, aziz mehmonlarimiz uchun tayyorlagan bayramimizni namoyish etamiz. Do’slar keeling, bayramimizni “Kim bo’lsam ekan?” deb nomlasak.

Hamma:

Xush kelibsiz do’stlar, bayramimizga,

Mehmon bo’ling maktab, bayram kechamizga.

Madhiya yangraydi.

o’quvchi:

Kasblar ko’pdir dunyoda

 bir- biridan ziyoda

Kasb- hunarni egallar

Ishtiyoqqa egalar

Orzuli bo’lsa yurak

Bajo bo’lar har istak..

o’quvchi:

Dunyoda kasblar ham, hunarlar ham ko’p, son- sanog’I yo’q. Ammo uni egallash uchun insondan qunt va sabr- qanoat hamda bilim talab etiladi. To’g’ri insondan yana iste’dod ham talab etiladi. Agar inson astoydil biron bir ishni bajarishni maqsad qilib qo’ysa, unga albatta erishadi.Iste’dod ham o’z- o’zidan tug’ilishi mumkin.

Sahna ko’rinish

( Otaning vasiyati, bog’)

Binafsha guruhi ijro etgan qo’shiqqa raqs “Orzular”

    1- boshlovchi:

— Dugonajon, keling, kasblar olamiga sayohat qilib ko’raylik, hozirgina ijro etilgan “Orzular” qo’shig’ini eshitib, kasb va hunardan qaysi birini egallash va hayotda o’z o’rnimga ega bo’lish haqida o’ylab qoldim.

2- boshlovchi:

— marhamat, o’rtoqjon, do’stlarimiz bugun juda ko’p kasb va hunarlar haqida ma’lumotlar beradiki, birvarakayiga barchasini egallagingiz kelib qoladi.

3- o’quvchi:

— Bo’lsammikan agronom,

  Juda jarangli bu nom.

  O’stirar edim paxta,

  Butadamas daraxtda.

  Hayron qolishsa shu on,

  Eh, qoyil, O’zbekiston!    4- o’quvchi:

                                                              Yo bo’lsammi bo’yoqchi,

                                                              Uni ishiga boq-chi!

                                                              Bo’yalgan zahot xona

                                                              Go’zallashadi yana…

( Har bir kasb va hunar egalarini she’rini aytayotgan o’quvchi formasiga e’tiboringizni qarating!)

5- o’quvchi:

Yo bo’lsammi duradgor,

Bu ishda ko’p hikmat bor.

Qo’limda turgan taxta

Birpasdan so’ng xontaxta

Stol,stul, kitob javon

Qarab turgin-u quvon.

                                         6- o’quvchi:

                                                             Sen ham maslahat berchi,

                                                             Bo’laymikina elchi?

                                                             Samoyot qo’nar shu on,

                                                             Bu manzil Farangiston

                                                             Deyman: Azizlar, salom!

                                                             Bonju hammamiz omon.

( Sartarosh haqida qo’shiq sahnalashtirib, raqs ijro etiladi)

7- o’quvchi:

Bo’laymikan fazogir,

Yerni aylanay gir- gir.

So’ng esa qo’nsam oyga,

Oy bilan qilay poyga.

O’tsam mushtariy tomon,

yuborsam yerga salom.

Desam:”Aziz ona- yurt

Farzandingni omon kut!”

                                          8- o’quvchi:

                                                              Bo’samikkan geolog,

                                                              Yurzam, kezsam tog’ma- tog’

                                                              Ma’danga to’la zamin

                                                              Juda uzoq o’ylab men.

                                                              Topsam ko’plab ma’danlar

                                                              Hayron qolsin odamlar!

Sahna ko’rinish ( Otaning farzandini ko’p marotaba mehnat qilishga undashi)

9- o’quvchi:

Orzu qildim bo’lay haydovchi,

Qo’l ko’tarsa qaysi yo’lovchi

Mashinam g’iz- g’iz etsa,

 Darrov manzilga eltsam…

10- o’quvchi:

Bo’lgim keldi-yu kulol,

Sizni qilib hayron,lol.

Yasasam ko’za, idish,

Juda maroqli bu ish

Ter to’kib ishlab rosa

Yasayman lagan ,kosa

                                        11- o’quvchi:

                                                          Men- chi kompyuterni

                                                          egallab  mutloq,

                                                          informatikadan beraman saboq

1- boshlovchi:

Biz  do’stlarimizning kasblarga berib o’tayotgan ta’riflaridan

kasblar haqida tasavvurga ega bo’libgina qolmay, balki ana shu kasblarga tayyorlanishni, shu kasblarning mohir ustasi bo’lishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

boshlovchi:

Biz orzu qilishni o’rgandik. Orzular esa bizlarni yuksaklikka yetaklaydi. Yana ham ko’proq bilim olishga, Vatanimiz uchun munosib farzand bo’lishga undaydi.

(“ Tulpor” qo’shig’i)

12- o’quvchi:

Men istayman bo’lmoq shifokor,

Dard bor joyda albat davo bor

Shifokorlar zahmati hayhot

Bunyod etmoq shod, sog’lom avlod

                                               13- o’quvchi:

                                                                    Bo’lay dedim jurnalist

                                                                    Xabar yozsam juda tez

                                                                    Va electron pochtada

                                                                    Yuborsam uni birdan

                                                                    O’quvchimga havola

                                                                    Qilay manzur maqola

14- o’quvchi:

Yo militsioner bo’lay,

Doim postimda turay.

Sezgir bo’lsam bag’oyat,

Bo’lmas biror jinoyat

( Raqs Rayhon  “Orzular”)

15- o’quvchi:

Ustozimga havas qilib,

Bo’laymikan o’qituvchi

Bilimlarga yo’llovchi,

O’qisak turli qiziq  kitob

Savolga topsak javob,

Song hammaga peshma- pesh

Qo’ysam faqat a’lo-“ besh”

                                                16- o’quvchi:

                                                                Atrofga nazar tashlang,

                                                                Kasb- hunar ko’p, rang- barang.

                                                                Hammasin eslab ko’ring,

                                                                Biriga ega bo’ling,

17- o’quvchi:

Ekskavatorchi, naqqosh,

Qandolatchi, sartarosh,

Muhandisu bastakor,

Chilangaru dirijyor,

Chegarachi, suxandon,

Harbiymi, yoki, bog’bon,

18- o’quvchi

Iqtisodchi, hisobchi,

Aytmaganimni topchi?

Etido’z yoki rassom

Sanasak bo’lmas tamom.

Hammasi juda zarur,

Bari hurmatli erur

Kasb- hunarli har joyda,

Xalqqa keltirar foyda



boshlovchi:

Prezidentimiz I. A. Karimov ham biz yoshlarga keng imkoniyat eshiklarini ochib berib, turli to’garaklar, tanlovlar tashkil etmoqdalar.

boshlovchi:

To’g’ri aytasiz dugonajon, bu yilning nomlanishi munosabati bilan ham yoshlarga tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun imtiyozli sharoitlar yaratilib berilmoqda. Biz yoshlar bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz zarur va shart.

boshlovchi:

do’stim endi o’ylab boq,

qay biriga ishtiyoq.

Qalbingda bo’ldi paydo,

Qay biri etdi shaydo?

Xohlaganingni tanla,

Zarurligini angla!

boshlovchi:

  O’qi, o’rgan, mehnat qil,

  harakat qil, mustaqil.

  Bu yo’lda senga ta’lim

  Berar ustoz, muallim!

boshlovchi:

shu bilan “Kim bo’lsam ekan?” deb nomlanga bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Sizga ozgina bo’lsa ham kasblar haqida ma’lumotlar beraolgan bo’lsak, tashakkurimizni qabul eting!

boshlovchi:

Kelajakdagi faoliyatingizda omad va o’z kasbingiz, hunaringizni adashmay tanlashingizga tilakdoshmiz.Xayr, sog’ bo’ling!

( Eslatma: Hunar va kasb haqida ma’naviyat durdonalaridan, maqol va hadislardan, rivoyatlardan foydalanib, bayramingizni jozibali chiqishini ta’minlashingiz mumkin.)