Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari — Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.
Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori_____________Tugalov I.X
“Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi
“___” sinf
№ | O‘tiladigan mavzular | soat | O’tilgan vaqti | Uyga vazifa |
1. | Ona yurtim – oltin beshigim! | 1 | ||
2. | Maktabimiz qoidalari. | 1 | ||
3. | Mening kun tartibim | 1 | ||
4. | Xavfsizlik nima? | 1 | ||
5. | Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan) | 1 | ||
6. | Tabiatni muhofaza qilish. | 1 | ||
7. | Tejamkorlik haqida | 1 | ||
8. | Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). | 1 | ||
9. | Oltin kuz ertaklari | 1 | ||
10. | Ta’til taassurotlari. | 1 | ||
11. | Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr — O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). | 1 | ||
12. | Ertaklar yaxshilikka – yetaklar. | 1 | ||
13. | Qomusimiz–baxtimiz(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). | 1 | ||
14. | Madhiyani kuylaylik (10 dekabr — O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). | 1 | ||
15. | Mas’uliyat nima? | 1 | ||
16. | Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). | 1 | ||
17. | Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). | 1 | ||
18. | Mening mahallam. | 1 | ||
19. | Yaxshi tarbiya — inson ziynati. | 1 | ||
20. | Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). | 1 | ||
21. | Dono bobolar o‘gitlari. (xalq maqollari va matallari haqida) | 1 | ||
22. | Bizni dunyo taniydi. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun) | 1 | ||
23. | Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). | 1 | ||
24. | Odobli bola elga manzur. | 1 | ||
25. | Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). | 1 | ||
26. | Mehnat-mehnatning tagi rohat. | 1 | ||
27. | Ona tabiat qo‘ynida. | 1 | ||
28. | Men sevgan ertak qahramoni. | 1 | ||
29. | Mening qahramonim. | 1 | ||
30. | Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan). | 1 | ||
31. | Kitobim — oftobim. | 1 | ||
32. | Yoz – o‘tadi soz! | 1 | ||
33. | Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim) | 1 |
Tuzuvchi:
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlar bo’yicha deriktor o’rinbosari:____________ Turaqulova X
1- mavzu: “Ona yurtim – oltin beshigim!”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.
Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi :
Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
II.Asosiy qism:
Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen bilan birga yashayotgan qushlar,daraxtlar.
Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z uyingiz derazasiga qaraysiz.Nega boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida sizning vataningiz bor.
Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar qilgan.Hindistonda Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh Bobur yig`lab yuborgan ekan.U vatanini qattiq sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib borisholmasdi-da.
Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyor.
Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta e`tibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O`zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o`quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baqquvat va sog`lom bo`lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv havzalari qurib bitqazildi.
O`zbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo`lib yashaylik.
Qancha diyorlarda sayr etib yurdim, Qancha manzillarda tuzdim oshiyon.
Va buyuk hikmatga axir yuz burdim, Siylangan joyida azizdir inson.
Yurtim senda ekan nasibam tugal Sen o`zing maskanim, sen o`zing jonim
Sen onam, sen singlim, yorimsan azal. Ey jonim, jahonim O`zbekistonim.
1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan voqea yuz berdi. O`zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O`zbekiston tenglikni, hurlikni qo`lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov : “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.
Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
Ijtimoiy sohani rivojlantirish
Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
III.Yakuniy qism:
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti
Savol:.
-Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor?
-(…).
Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
-Qo`shiq nima haqida ekan?
-Vatan haqida ekan.
O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
2-mavzu: “Maktabimiz qoidalari”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi : O`quvchilarni maktab qoidalariga amal qilishga undash, maktab mulkini asrab-avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni baxtli bolalik gashtini surish, tinch osmon ostida, jonajon maktablari quchog`ida bilim olishlari va bu kunlarni qadrlashga o`rgatish .
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:2-sentabr-hamma maktablarda o`qish boshlangan kun.Bu kundan boshlab o`z bilimingizni oshirib borasiz.
Inson o`zining aql-farosati, bilimi bilan hayvonlardan farq qiladi.
Inson o`z hayotini yanada go`zal, mazmunli, maroqli o`tishi uchun doimo
intilib kelgan.O`tmishdagi hayot bilan hozirgi farovon hayotimiz orasida katta farq bor. Biz texnika rivojlangan asrda yashayapmiz. Hukumatimiz yoshlarni yanada bilimdon,do-no va barkamol bo`lishlari uchun keng sharoitlar yaratib bermoqda. Keng yorug` xonalarda shinam jihozlangan sinflarda bilim olmoqdasiz.
Shunday ekan siz go`zal xulq va odobingiz bilan ustozlarga hurmatingiz,do`stlaringizga mehribonligingiz, o`quv qurollarini, sinf jihozlarini asrab avaylashingiz bilan maktabingiz sha`nini yuksaklarga ko`tarishingiz kerak.Shundagina o`z burchingizni ado etgan bo`lasiz.Siz yoshlar bu qulayliklardan oqilona foydalanib, puxta bilim olishingiz O`zbekistonimizni gullab-yashnashiga o`z hissalaringizni qo`shishingiz zarur. Bu yo`lda sizga omad yor bo`lsin.
III.Yakuniy qism:
Oltin qoidalarni doim esda saqlang:
1.Darslarda tartib-intizomga rioya qil.
2.Savollarga qo`l ko`tarib,o`rindan turib javob ber.
3.Darslarda faol ishtirok et.
4.Berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajar.
5.O`quv qurollarini toza va ozoda,tartibli saqla.
6.Aytilayotgan ma’lumotlarni e’tibor bilan tingla.
7.Darslarga kechikmasdan kir.
8.Sababsiz darslarni qoldirma.
Bolalar maktabda о`qishni,yozishni,hisoblashni,yod olishni va so`zlashni, fikrlash va orzu qilishni о`rganadilar. Maktabni shuning uchun «eng ulug` masкаn» deyishadi. . Maktab chiqargan qonun- qoidalariga rioya qilishi zaru
Maktab deganda qanday tushunchalar xayolingizga keladi. O`quvchilar aytgan tushunchalar doskaga o`qituvchi tomonidan yozib boriladi kerak bo `lsa to`ldiriladi.
Har bir so`zga ta`rif beriladi va o`zlarini qanday tutishlari kerakligi o`quvchilarning o`zidan so`raladi. Ona maktab quchog `ida beg `ubor, sershovqin, qiziquvchan va soddadil bolalik yillarini baxtiyor kechirayotgan bolalar o`z fikrlarini bildiradi.
Sinf tozaligini saqlash uchun maktabga har doim toza kiyimda kelish, maktab binosiga kirish oldidan oyoq kiyimni tozalash kerak. Sinf xonasida esa tozalikka rioya qilish, mayda axlatlar, qog`oz qirqimlari, ovqat ushoqlari kabilar bilan xonani iflos qilmaslik kerak kabi.
Ona yurtimizning gullab yashnashi, kelajagimiz davomchilari bo`lmish siz aziz о`quvchilarning qo`lidadir.Ishonamizki sizlar ustozlar ishonchini albatta oqlaysiz. Davlatimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlariga “Labbay”, deb javob berasiz degan umiddamiz.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
2-mavzu: “Mening kun tartibim”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi : O`quvchilarga kun tartibi haqida tushuncha berish , kun tartibini tuzishga o`rgatish.
O’quvchilarga sog’lom turmush tarzi bu kun tartibiga rioya qilish orqali amalga oshishi haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Buyuk hakim Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning qancha umr ko‘rishi uning o‘ziga bog‘liq. Sog‘lom bo‘lish uchun inson kundalik hayotda qator qoidalarga amal qilmog‘i kerak. Ertalabki badantarbiya, sayr qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, dam olish, sport bilan shug‘ullanish, ozodalikka rioya qilish sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rishning asosiy shartlaridir. Salomatlikni saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot ilmining ustozlaridan biri bo‘lgan Gippokrat: «Bizning ovqatimiz – bizning dori-darmonimiz», – deb bekorga aytmagan. Biz tanamiz uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvat va darmondorilarni ovqat orqali olamiz. Tarkibida yod moddasi kam mahsulotlarni muntazam iste’mol qilaversak, tez charchaydigan, serzarda, kamharakat bo‘lib qolishimiz mumkin. Temir moddasiga boy oziq-ovqatlarni kam iste’mol qilish natijasida esa odam kamqon, kasallikka chalinuvchan, asabiy bo‘lib qoladi.
Qadimda Sharq tabobatida kasalliklarni eng avvalo ovqat bilan davolashga harakat qilingan. Ovqatdan davo topilmagan holatlardagina dori-darmon va boshqa tibbiy muolajalar buyurilgan. Odamning tanasi sog‘lom bo‘lsa, ruhi ham tetik bo‘ladi. O‘qishi a’lo, ishida unum bo‘ladi. Keling, shu o‘rinda Samad bilan Ravshanning kun tartibini ko‘rib chiqaylik.
Samadning kun tartibi
Samad o‘ta injiq va qaysar bola. U har kuni yarim tungacha televizor tomosha qiladi. Ertalab esa barvaqt uyg‘onishni istamaydi. Bazo‘r o‘rnidan turib, apil-tapil yuvinadi. Ba’zan nonushta qilishga ham ulgurmaydi, och-nahor maktabga jo‘naydi. Darslarda esnab, lanj holatda o‘tiradi. O‘qituvchisining aytgan gaplari qulog‘iga kirmaydi. Maktabdan kela solib ko‘chaga chopadi. Samadning har kuni shu zayilda o‘tadi. Shu bois uning rangi siniq, ishtahasi yo‘q, fanlarni o‘zlashtirish darajasi ham past.
Ravshanning kun tartibi
Ravshan esa kun tartibiga qat’iy amal qiladi. U o‘z vaqtida uxlaydi. Ertalab barvaqt turib, badantarbiya bilan shug‘ullanadi. Tishlarini tozalab, yaxshilab yuvinadi. Onasi tayyorlagan nonushtani ishtaha bilan yeb, maktabga yo‘l oladi. Darslarda hushyor turadi, o‘qituvchisining savollariga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Maktabdan kelib, onasiga yordamlashadi. Mahalladagi kurash sport to‘garagiga borib, o‘rtoqlari bilan birga mashq qiladi. O‘z vaqtida ovqatlanib, darslarini tayyorlaydi.
III.Yakuniy qism:
Aziz o‘quvchi, o‘ylaymizki, Samad va Ravshanning kun tartibidan o‘zingiz tegishli xulosa chiqarib olasiz. Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
4-mavzu: “Xavfsizlik nima”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib borayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash. ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish;
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
O`qituvchi:
Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Axborotlar asri deb yuritilayotgan bu davrda biz o’zimizni-o’zimiz himoya qilmog’imiz lozim. Chunki internet tarmoqlarida berilayotgan har xil ko’ngil ochar hamda zo’ravonlikka moyva sport mashg’illik hissini kuchaytiruvchi o’yinlar zamirida yurtga, millatga bo’lgan tahdid yashiringandir. Shuning uchun har birimiz bunday o’yinlardan yiroq bo’lishimiz, bo’sh vaqtlarimizni mazmunli o’tkazishimiz kerak. Har xil to’garaklar va sport mashg’ulotlari sog’lom turmush tarzimizning bir bo’lagiga aylanmog’i darkor.
Har xil spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar inson ongini zaiflashtiradi. Boylikka o’chlik esa tubanlikka yetaklaydi.
Bilimlarning etarli emasligi esa har xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolib, oila hamda yurt tinchligiga rahna solishiga olib keladi.
Shuning uchun inson doima bilim olishga intilishi, zararli illat va odatlardan yuroq bo’lishi zarurdir.
III.Yakuniy qism:
1-topshiriq
Klaster usulida ichkilikbozlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’zlab berish topshiriladi.
2- topshiriq
Klaster usulida internet tarmog’ining faodali va zararli oqibatlari haqida so’zlash
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
5-mavzu: “Ustozga ta`zim”(Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi O`quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg`otish; ustozning qanchalik o`quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta`riflash ; o`quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg`otish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi.
—O`qituvchi:
Azaldan ustozni ulug`lar xalqim, Ustozni e`zozlash azaliy odat,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim. Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko, Millionlar qalbida so`nmas mayoqsiz
Umringiz mo`jiza-yetmaydi aqlim. Bir duo tilamoq insoniy burchim.
-Bolajonlar, ayting-chi bu misralar kim haqida ekan?
—O`quvchi:shogirdning ustoziga tilaklari haqida ekan.
—O`qituvchi:Demak bugungi suhbatimiz ustoz va murabbiylar haqida ekan.
II.Asosiy qism:
Haqiqatdan ham ustoz, murabbiy shunday buyuk, ulug` insonki, ular ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi. Oy quyoshdan nur olib, borliqni yoritgani kabi, shogird ham ustozdan ziyo olib, hayot mash`alini yoqadi. Ustoz bu o`qituvchi, ustoz-bu kasb hunar, ish o`rgatuvchidir. Ustoz qalb me`mori, murabbiy axloq, odob, insoniylik fanidan saboq beruvchi inson qalbiga yo`l topuvchi zot.
Ustoz, murabbiy, muallim, o`qituvchi so`zlari mag`rur jaranglaydi.
Nechog` baxtiyorman, ta`zimda shu tob, Ne odam bo`lardim qo`limda kitob
Sizning sha`ningizga bitmoqdaman bayt. Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
O`qituvchi hayot charog`boni. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o`rgatadi. Muallim o`z o`qivchisini o`z farzandidak asrab avaylaydi, kamolga yetkazadi. U o`z o`quvchisini eng yaxshi inson bo`lib yetishini istaydi, kamolini, kelajagini ko`rishni istab, bilim beradi. Oqituvchi-ustoz avvalom bor o`z fanining fidoyisi, aqlli, dono va birinchi o`ringda haqiqiy inson bo`lishi, lozim. Shu bois u bolaga ma`naviy ozuqa beradi. Tashqi-qiyofasi yurish-turishi, muomalasi, suxanligi, axloq-adobi bilan o`z shogirdlariga o`rnak bo`ladi. Hatto maktabda bolaning ota-onasini о`rnini bosadi. Ustoz-murabbiy, o`qituvchi, shogird uchun misoli ko`zgu, o`qituvchi o`sha ko`zguga boqib, o`z aksini ko`radi va o`zidagi nuqsonlarni to`g`rilab boradi.
G`unchalar ochilib bo`lishganda rom, Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to`la jom Faxrga sharafdir ustoz degan nom.
Muallim «ma`naviy padar» hisoblanadi. «Ustoz-otangdan ulug`”-deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatda olam-olam ma`no bor. Shuning uchun ham ulug` bobomiz Alisher Navoiy ustoz, murabbiylarga yuksak baho bergan.Chunki ustoz shogirdiga mehr-muhabbat, odob-axloq, mehr-muruvvat va mehr oqibat tuyg`usini singdiradi. Qalb harorati bilan shogird yuragidan joy oladi va unga o`zidagi bor bilimni va ilmni o`rgatadi. Endi, aziz o`quvchilar, sizlar yod olgan turli-xil she`rlardan bahramand bo`lamiz. O`quvchilar yod olgan she`rlari tinglanadi.
III.Yakuniy qism:
Dunyoda kasblar ko`p, har birining hayotda o`z o`rni, o`z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug` kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir. O`qituvchilikni ko`p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi. «Ustoz otangday ulug`» deyishadi
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
6-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 55 – moddalari, bu borada yurtimizda olib borilayotgan ishlar asosida mavzuni tushuntirish
O`quvchlarda ekologik bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Tabiatni asrashga oid huquqiy ongini o`stirish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rangli rasmlar,tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
Tezkor savollarga tezkor javoblar asosida
1.Yeb to`ymas hasharot? (Chigirtka)
2.Asalxo`r hayvon? (Ayiq)
3.Eng mo`tabar zot? (Ona)
4.Dunyoda eng go`zal qo`shiq? (Alla)
5.Mehnatsevar hasharot? (Chumoli)
6.”Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari muallifi? (I.Karimov)
7.Poytaxtimiz nomi? (Toshkent)
8.Yomg`ir yog`ib turganda qarg`a qanday daraxtga qo`nadi? (Ho`l daraxtga)
9.Aziz ne`mat? ( Non)
10.Bilimlar koni? ( Kitob)
O`quvchilar tuzib kelgan hikoyalarini o`qib berishadi,chizgan rasmlari orqali izohlashadi.
O`qituvchi o`quvchilar fikrini umumlashtiradi,xulosalaydi.
II .Asosiy qism:
Matn ustida ishlash
O`qituvchi:Ona tabiatdan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz?
(…)
O`zbekiston Respublikamiz mustaqillikka erishishi bilanoq o`zining bir qator qonunlari,eng avvalo,Asosiy qonuni-Konstitutsiyada atrof-muhitni toza saqlash va uni muhofaza qilishga e`tibor berildi.Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida 50,55 moddalar qabul qilingan.
Ushbu moddalar o`quvchilarga yodlatiladi,mazmuni tushuntiriladi.
“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi.
“Фуқаролар атроф, табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлишга мажбурдирлар”
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi.
“Yer,yer osti boyliklari,suv,o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”
MEN — TABIATNI QANDAY ASRASHIM MUMKIN?
Tabiatning chiroyiga chiroy,boyligiga boylik qo`shish uchun o`simlik va hayvonot dunyosini ko`paytirish noyob tabiat go`shalari va yodgorliklarni saqlash, sayyoramiz zarar ko`rayotgan joylarni tiklash va boshqa tabiatni muhofaza qilish ishlarida har bir o`quvchi faol ishtirok etishi kerak.
Tevarak-atrofimizdagi tabiat Ona-zaminimizning bir bo`lagidir.Shu tuproq,shu borliqni ko`z qorachig`imizdek ardoqlashimiz,unga Vatanimizni sevgandek oqilona munosabatda bo`lishimizn kerak.
Insonlar hovli,ko`cha va bog`larni supurib-sidirib ozoda saqlasalar,ulardan chiqqan xazonlarni yoqmasalar,chiqindilarni daryo va kanallardan oqib kelayotgan suvlarga tashlamasalar,hayotbaxsh ne`mat suvni isrof etmasalar,o`simlig- u hayvonlarga g`amxo`r bo`lib parvarish qilsalar ona tabiat ham ularga muruvvat ko`rsatadi.
“Ween” diagrammasi asosida ishlash
1 – tabiatni asrash
2 – tabiatdan noqonuniy foydalanish
3 – xulosa.
III.Yakuniy qism:
O`qituvchi:
Ko`pchilik mamlakatlarning olimlari sayyoramizning kelajakdagi rivojlanishining birdan-bir yo`li tabiat bilan insonlarning o`zaro hamjihatligini ta`minlovchi barqaror rivojlanish deb hisoblaydilar. Hozirgi vaqtda juda ko`p mamlakatlar ichimlik suvi tanqisligiga uchragan.Keling sizlar bilan go`yoki kuchli,bilimdon olimlar singari kelajakka nazar tashlab mana bu jadvalni to`ldirishga va uni izohlashga harakat qilamiz.O`quvchilar fikri jadvalga qaratiladi.Savollar mazmuni tushuntiriladi.O`quvchilarning javoblari (+) ishorasi yordamida belgilab boriladi.
-Darsda nimalarni bilib oldingiz?
-Tabiatni qanday asrash mumkin ekan?
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
7-mavzu: Tejamkorlik haqida
Kun shiori: “Mol-mulkni behuda isrof qilish–aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”
Hikmat
Maqsad: O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, Pedagogika, Qobusnoma, Mashriq zamin Hikmat bo`stoni, Abdulla Avloniy tanlangan asarlar,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda bo`lmaydi”
“Otalar so`zi”
O`qituvchi:
Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o`ldig`i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas. Iqtisodni riyoya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunida yemak uchun bol yig`ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o`ylab, oq pul yig`urlar. “Toma-toma ko`l bo`ur”, — demishlar. Har narsa ozdan ko`payur.
Ko`pni ozayturg`uchi xotun kishi,
Ozni ko`payturmak erur er ishi.
Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o`z millatiga xizmat qilmak, xalqg`a maqbul bo`lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratli mol va boyliklari ila o`lchanadur. Har yerda boy millatlar og`ir kelub, pallani bosub, xo`ja o`lganidek faqirlari yengil kelub, qul va asir bo`lub,osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yo`llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur. Bobolarimizning “Bo`lsa bo`ar, bo`lmasa g`ovlab ketar” zamonlari o`tub, o`niga “Bilgan bitar, bilmagan yitar” zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug`doy ekub, yigirma qadoq bug`doy olurlar, yovrupolilar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturub, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar, dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berub, sut oshiymiz. So`zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo`lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g`ayrat olzimdur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “So`ng zamonlarda dinni saqlamak mol ila bo`lur.Iqtisod uzra harakatli kishilar faqir bo`lmas”,-demishlar. Yana: “Har narsada o`rta iqtisod yo`lini tutmak lozimdur. Ifrot va tafritdan ihtiroz qilmak kerak, hatto din amrinda ham biro dam ortuq so`fiylik sotsa, oxirida o`zi mag`lub bo`lur”, — demishlar.
Xalq ichinda mo`tabar bir narsa yo`q davlat kabi,
Bo`lmag`ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi.
Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,
Yaxshi ne’mat yo`q kishiga sa’y ila g`ayrat kabi.
Abdulla Avloniy
Topshiriq:
Oilada tajamkorlikning | |
Afzalligi | Kamchiligi |
Xulosa: |
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (O`qituvchi Avloniyning fikrlariga bugungi kundagi oilaga tajamkorlikda nimalarga e’tibor berish kerakligini bog`lab ketadi)
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
8-mavzu: Ona tilim- jonu dilim
(O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Davlat tili o`zbek tilining uzoq va boy tarixi haqida ma`lumot berish;Ona tilimizga bo`lgan hurmat e`tiborini oshirish; Mustaqillik yillarida ona tilimizning rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar borasida dunyoqarashini kengaytirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
O`zbekiston respublikasining davlat madhiyasini kuylash.
Tillar ichra durdonasan ona tilim,
Mening uchun yagonasan ona tilim.
Shakar-u bol so`zlaringdan aylanayin,
Go`zallikda shohonasan ona tilim.
II.Asosiy qism:
Bolajonlar.she`r nima haqida ekan?(….)
Barakalla! Demak,bugungi tarbiyaviy mashg`ulotimizni “Ona tilim-jonu dilim” ruknida o`tkazamiz.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari arafasida 1989-yil 21-oktabrda O`zbekiston Respublikasinig “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan. Shu bois har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan:
“O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomad qiluvchi barcha millat 1va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanisi uchun sharoit yaratadi.”
-Davlat tili deganda nimani tushunasiz? (O`quvchilarning fikrini tinglash ,kerak bo`lsa to`ldirish)
Davlat tili deganda shu davlat hududida asosiy so`zlashuv vositasi bo`lgan tilga tushuniladi. Bizning davlatimizda asosiy so`zlashuv vositasi bo`lgan til o`zbek tilidir. Barcha davlat hujjatlari davlat tilida yoziladi, yig`inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi.
Ayniqsa, o`zbek adabiy tilining vujudga kelishida va uning rivojlanishida Alisher Navoiyning o`rni beqiyosdir. U o`zining ko`plab ilmiy va badiiy asarlarida o`zbek tili boy tillardan biri ekanliginini amaliy va nazariy isbotlab berdi.
Turk tilida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Kishining ona tiliga hurmat- e`tibori shu tilda to`g`ri va ravon so`zlashi, chiroyli va savodli yozishida ko`rinadi.Inson o`z ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, uning boyliklaridan shunchalik bahramand bo`ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” kitobida ona tili haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo,ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”.
Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo`llanmoqda.U istiqlol yillarida milliy g`urur manbariga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi.
III.Yakuniy qism:
Ona tilim endi sira ko`rma zavol,
Barcha tillar davrasida bo`l barkamol,
Lotin yozuv so`zlaringga bo`ldi jamol,
Dunyo xalqi jamolingga hamisha lol.
Ona tilini chuqur bilgan kishi Vatan tarixini ham yaxshi biladi. Tilga e`tiborli bo`lish, uning sofligini saqlash va xushmuomala bo`lish insonning ziynatidir.
Shu bilan birga, chet tillarini bilish bugungi kun yoshlari uchun juda zarur. Ota –bobolarimiz “Til bilgan-el biladi”, deb bejiz aytishmagan va ko`p til bilgan kishilarni qadrlashgan.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
9-mavzu: “Oltin kuz ertaklari”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Yil fasllariga va tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash.Fasllar haqida ma`lumot berish; uning ne`matlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, aqliy tafakkurlarini o`stirish. O`yinlar orqali bolalar ongini oshirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
-Bir yilda nechta fasl bor?
— Bir yilda 4ta fasl bor.
Bugun biz sizlar bilan 4 ta guruhga ajralib, topshiriqlarni bajaramiz.
Mana bu konvertlarni ochib,qaysi fasl tasvirlanganini aniqlang.
1.Bahor
Yoz
Kuz
4.Qish
Rasmlarda qaysi fasl tasvirlangan? Qaysi fasl yetishmayapti?
Berilgan rasm asosida hikoya tuzing va o`z fasllaringizni izohlang
Fasllar ketma-ketligini belgilang.
O`quvchilar javobini tinglash va umumlashtirish
O’quvchilarda, kuz faslida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar haqidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida, ularni kim yetishtirishi haqida suhbat uyushtirish. Shu meva va sabzavotlarga ishtirok etgan ertak hamda multfilmlarni yodga olish: “Tabiatning ne’matlari ko’p”……
III.Yakuniy qism:
1.Topshiriq.
Har bir guruh oz fasliga tegishli bo`lgan oylarni yozsin
2.Topshiriq
Berilgan rasmlardan o`z faslingizga mosini tanlab, qogozga yopishtiring.
3.She`rlar aytib bering.
O`quvchilar topgan ballarini hisoblash va darsga yakun yasash.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
10-mavzu: “Ta`til taassurotlari”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Bolalarning kuz fasli va uning ne`matlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, aqliy tafakkurlarini o`stirish.
O`yinlar orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar Mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari surati , koptok.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
O`quvchilar bilan suhbat o`tkazish
Bolalar kuzgi ta`tilni yaxshi o`tkazdingizmi?
Kuzgi ta`tildan qanday taassurotlar oldingiz?
Bolajonlar mana bizning o`lkamizda kuz fasli kezmoqda. Sizlar bilan hozir «Kuzgi ne`matlar» haqida suhbatlashamiz va o`yin o`ynaymiz. Men kuz fasli bo`laman. Sizlarga she`rlar aytib beraman.Bu she`rlar o`zlaringiz sevgan mevalaringiz, sabzavotlaringiz, poliz ekinlari haqida bo`ladi. Sizga topshiriq she`r nima haqida ekanligini topish va uning rasmini chizish.
Obinovvot qovunman,
Bitta tishlab Ovunma.
Nega bo`ldim, Men nomdor.
Chunki Choponim guldor.
Donalarim Marjoncha,
Bir boshim Naq bir jomcha.
Quritsangiz, Mayizman .
Dasturxonga,Fayzman.(Uzum)
Yupqagina
Pustim bor,
Dalada ko`p
Do`stim bor,
Maqolda ham
Yozilaman
O`sha
«Oltin qoziq»man.(Sabzi)
Har donacham
Bir askar,
Bir qal`ada
Ming lashkar.
Yotar ular
Panada-
Oq pardali
Xonada.(Anor)
Rasmlar ketma-ketligini aniqlash: qovun, uzum,sabzi,anor.
III.Yakuniy qism:
Kuz: Qani mening ne`matlarim tasvirlangan rasmlarni tezda, men tez aytish aytib bo`lgunimcha, 3 guruhga ajrating.
1.Mevalar: Olma, anor, uzum, behi, nok.
2.Sabzavotlar. Sabzi, karam, kartoshka.
Poliz ekinlari. Qovun, tarvuz, bodring, pomidor.
Bolalar uch guruhga bo`ladilar.
Kuz: Rahmat. Hammalaringiz juda to`g`ri bajarganingizni tekshiramiz. Qani endi guruhda nechtadan narsa borligini sanaymiz.
Nechtadan?
Mevalar 5 ta.
Sabzavotlar 3 ta.
Poliz ekinlari 4 ta.
Endi sizlar bilan «Kuz» haqida she`r aytamiz.
KUZ
Kuz keldi, bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi, bol ola keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar
Omborlar liq to`la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan, dala bilan bir
Paxta ola keldi, shon ola keldi.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
11-mavzu: “Bayrog`imiz –faxrimiz
(18-noyabr O`z.Res.Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda davlatimiz ramzlariga hurmat-e`tiborni oshirish, Vatanga ona yurtga mehr-muhabbatni ostirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im
Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.
Moviy,yashil,oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu`lasini porlatib
Halpirayver ona yurtim bayrog`i
Sen erursan yuraklarining ardog`i
II.Asosiy qism:
Ona- diyorimizning eng yangi tarixi 1991- yil 1- sentabrdan boshlanadi. Shu davrdan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatga asos solindi. Biz ham jahondagi yuksak rivojlangan davlatlar singari, bozor munosabatlariga o`ta boshladik.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar- Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondiga a`zo bo`ldik. Xalqimiz o`z salohiyatini namoyon eta boshladi. Mamlakatimiz chet el iqtisodiyotiga ochib qo`yildi. Vatanimizga xorijdan ko`plab tadbirkorlar, ishbilarmonlar kelib, investitsiya qo`ya boshlashdi. Natijada tez orada mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanib, respublikamiz buyuk davlatga aylandi.
Har bir mustaqil davlatning o`z alohida ramzi- bayrog`i bo`lishi qadimdan qonun tusini olgan. Kattami- kichikmi- barcha mustaqil davlatlar, saltanatlarning o`z bayrog`i bo`lgan. Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur davlatining ham moviy rang bayrog`i- tug`i doimo muzaffar hilpirab turgan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18 –noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqlikni anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.
Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib, biz o`z xalqimizning millat sifatidagi o`rnini, O`zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qilolmaymiz.
III.Yakuniy qism:
Tinchlik va Beg`uborlik |
Yaxshilik,donishmandlik |
Osmon va obi-hayot ramzi |
O`quvchilarga bayrog`imizdagi har bir rang ma`nosini izohlab berish va so`rash
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i |
12 yulduz |
Yashil rang |
Moviy rang |
Oq rang |
12 viloyat |
Qizil chiziqqqqq |
Navqironlik |
Hayotiy qudrat irmoqlaridir |
Yarim oy |
Yangilanish |
O`quvchilar bilan bayroq qismlarini rangiga ko`ra to`g`ri joylashtirish va bayroq rasmini topshiriq asosida chizish.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
12-mavzu: “ Ertaklar- yaxshilkka- yetaklar”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarni ko`proq ertak o`qishga chaqirish, ertaklar orqali axloqiy fazilatlarini tarbiyalash, kitoblarni ko`proq o`qishga undash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Aziz bolajonlar, « Ertaklar yaxshilikka yetaklar» mavzusidagi tarbiyaviy
mashg`ulotimizni o`tamiz.
Ertakni nafaqat bolalar, balki yoshi katta insonlar ham sevib o`qiydi.
Ertak xalq og`zaki ijodining eng qadimiy, eng yirik va ommaviy janrlaridan
biridir. Ertak bir-biri bilan uzviy bog`langan tinglovchilar diqqatini o`ziga mahliyo
qiluvchi qiziqarli sujetga ega bo`ladi. Sujet voqealari esa oxir-oqibatda ezgulikning
yovuzlik ustidan, haqiqatning nohaqlik ustidan muqarrar g`alabasi bilan
yakunlanadi. Ertak orqali bolaning hissiy –ruhiy dunyosiga ta`sir ko`rsatib,
ularning ma`naviy dunyosini tarbiyalab borish muhim vazifa sanaladi.
-Sizlar ko`plab ertaklar eshitgansiz, to`g`rimi?
III.Yakuniy qism:
— Qangay ertaklarni bilasiz?
Qaysi qatordagi o`quvchilar ko`proq ertak nomini aytish o`yinini o`ynash.
O`quvchilarning javoblarini tinglash.Xattaxtaga osilgan ertak namunalari
yuzasidan suhbat uyushtirish uning tarbiyaviy ahamiyatini yoritish.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
13-mavzu: Qonunimiz- qomusimiz
(8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish. O`quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish. O`quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar : mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari, Konsitutsiya kitobi
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Madhiya kuylanadi
O`qituvchi.
-Bugungi mashg`ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz.
Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor.
Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.Ularga o`qituvchi,o`quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim.Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab-avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi.
III.Yakuniy qism:
O`quvchilar moddalarni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun “Rasmlarni o`z o`rniga qo`y” o`yini o`tkaziladi.
Demak, bolajonlar har biringiz o`z haq-huquqlaringizni yaxshi bilib olishingiz, Konstitutsiyamizda berilgan qonunlarni hurmat qilishingiz lozim. Shu bilan Konstitsiya kuniga bag`ishlangan tarbiyaviy mashg`ulotimiz yakuniga yetdi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
14-mavzu: “Madhiyani kuylaylik”
(10-dekabr-O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda ona – Vatanga, davlat ramzlariga hurmat,g`ururlanish tuyg`ularini tarbiyalash; o`quvchilardagi o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.
1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog`liq
belgilarni ko`rsating. (1-rasm.)
O`quvchilarning taxminiy javoblari: paxta, bug`doy, tabiat, quyosh, tiniq
suv, bayroq, gerb.
2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani
anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog`ining rasmi)
O`quvchilarning tahminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil….
3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?
Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rifberishga harakat qiling. (3-rasm)
4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.)
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?
-O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burxonov, so`zini shoir AbdullaOripov yozgan.
III.Yakuniy qism:
Topshiriq:Madhiya matnini ketma-ket to`g`ri joylashtiringYashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
|
Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday ahloqiy qoidalarga amal qilish kerak deb o`ylaysiz? Nima uchun?
5- savol: Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g`amxo`rlik qilmoqda?
O`quvchilarning taxminiy javoblari: maktablar qurib bermoqda, bog`chalar
qurib bermoqda, sport maktablari bor. va hokazo.
O`qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u
Avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog`I degan tushunchalarga izoh berib o`tadi.
O`qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida, vatanimiz go`zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish maqsadga muvofiqdir.
Davlat tomonidan o`quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir sanab
o`tadi. (o`qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan sovg`alarni
eslatadi)
Prezidentimizning sovg`asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga
bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchni oqlash uchun a`lo o`qish va
namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiriladi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
15-mavzu: Ma’suliyat nima
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida mas’uliyat va irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
Kasb egalarini ish qurollari bilan tanishtirish . O`quvchilar qalbida kasblarga mehr-muhabbat uyg`otish. Bolalarda qanday kasb turlari haqida tushunchalari borligini, ota-onalarining kasblari haqidagi fikrlarini aniqlash, mehnat jarayonining holatini rasmlar orqali izohlash. Suhbat davomida bolalarga kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur ekanligini uqtirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,turli kasb-hunarlar aks etgan rasmlar,boshqotirma.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
Dunyoda ko`pdir hunar
Hammasi ham zo`r ular
Biri birin to`ldirar
Biri birin jildirar
Yer-u dengiz, osmonda
Demak hamma tomonda
Hunarlar xizmatda
Va hurmatda, albatta
Dunyoda ko`pdir hunar
Hammasi ham zo`r ular.
Zarurlikda nechog`lik
Biri biriga bog`liq
Hunarli barcha joyda
Elga keltirar foyda
II.Asosiy qism:
Aziz o`quvchilar bugungi mashg`ulotimizning mavzusi « Kim bo`lsam ekan?». O`yini orqali biz sizlar bilan turli kasblar haqida bilib olamiz.
Ota-onangiz qaysi kasb egasi? Kasb o`zi nima?
2.Kelajakda kim bo`lmoqchisan? Kabi savollarga javoblar olinadi.
O`qituvchi bolalar javoblarini umumlashtiradi: Kasb-hunar bu ish faoliyatining biror turi, ma`lum bilim, tajriba, tayyorgarlik talab etadi. Kasb-hunar turli tuman. Mana bu suratga qarang, suratda qanday kasb egalarini ko`rayapsiz?
Bolalar javoblari eshitiladi va kasblarning nomi yoziladi.
Bolalarga kasblar bo`yicha suratlar tarqatadi. Bolalar tarqatilgan suratlar bo`yicha
kasblarga ta`rif beradilar
-Sizning ota-onangiz qayerda ishlaydilar? Ular qanday kasb egalari ekanliklari haqida so`zlab bering. Ota-onangiz ish joylarida nima ish qilishadi?
Bolalar javoblari eshitiladi.
O`qituvchi: Siz katta bo`lganingizda kim bo`lmoqchisiz? Buning uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz?
Bolalar javoblari.
Kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur ekanligini uqtiriladi.
O`qituvchi: mana bolalar, hozirgina biz sizning ota-onalaringiz kasblari, o`zingizni
orzularingiz haqida suhbatlashib oldik. Kasb inson uchun juda zarur faoliyat
ekanligini tushunib yetdingiz deb o`ylayman.
Kim qanday kasb tanlasa, mehr qo`yishi kerak O`z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo`ladi. hozirgina Nigora onam chevarlar, men katta bo`lganimda chevar bo`laman, qo`g`irchoqimga ko`ylak tikishni o`rganaman deb o`z orzusini aytdi.
Ota-ona kasbini egallash juda ham yaxshi, chunki, siz ular nimalar bilan shug`ullanishini yoshligingizdan ko`rib, o`rganib borasiz, ularga bu ishda yordam ham berasiz. Katta bo`lgach shu kasbda ishlasangiz, sizning ota-onangiz ustozingiz bo`ladilar.
III.Yakuniy qism:
“Pantomimo”o`yini.
O`quvchilar imo-ishora orqali rasmda aks ettirayotgan kasbni ifoda etishi kerak.
«Kim chaqqon» o`yini.
O`quvchilar bir-biriga to`p otish orqali kasblar nomlarini aytishadi. Qaysi guruh ko`p kasb nomini ayta olsa o`sha guruh g`olib sanaladi.
Kim kelajakda soatsoz bo`lmoqchi?
Kimning otasi (akasi, qarindoshi) soatsoz kasbini egallagan?
Har bir guruhning har bir kasb bo`yicha topgan so`ziga rag`bat kartochkasi beriladi va o`yin oxirida rag`bat kartochkalari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
16-mavzu: Yangi yil(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning yangi yil bayrami haqidagi bilimlarini kengaytirish.O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
Archa – archa,jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingga yig`ilib
Qo`shiq aytadi barcha.
Salom senga,ko`k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan,go`zalsan.
-Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?
-Yangi yil bayramida.
-Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?
-Qish faslida.
-Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?
-Qorbobo va Qorqiz?
-Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?
-Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)
-Tasanno!
II.Asosiy qism:
-Endi bolajonlar men sizlarga dunyoda bolalar bu bayramni qanday kutib olishlari haqida qiziqarli ma`lumotlar aytib bermoqchiman.Diqqat bilan tinglang.
Yer yuzidagi barcha bolajonlar xuddi siz kabi Yangi yil bayramini birdek yaxshi ko`rishadi. Bayram davlatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda turlicha nishonlanadi.
Sharq xalqlari bu bayramni bahor oyida nishonlashadi.
Dekabr polyak bolalari uchun ham bayramlarga boy hisoblanadi. Shu kuni onalar bolalari uchun dasturxonga 12 xil taom pishiradilar.Bu – yil,o`n ikki oy shu uyda to`kin-sochinlik bo`lsin degani.
Germaniyada esa kichkintoylar oyoq kiyimlarini eshik oldiga qo`yib,o`zlari o`rinlari tomon uxlagani ketishadi.Ertalab uyqudan uyg`ongan bolalarning oyoq kiyimlariga Qorbobo sirli sovg`alarni solib ketadi.Buning uchun bolalar orzularidagi sovg`ani qog`ozga yozib,pechka oldiga qo`yishadi.Bu mamlakatda bayram kuni mo`ri tozalovchini ko`rgan kishilar chinakamiga baxtli hisoblanishadi.Mo`ri tozalovchiga tegib ketib,ust-boshlarini kir qilgudek bo`lsalar,yangi yil ularga yil davomida baxt olib kelar ekan.
Biz ham ushbu bayramga o`zgacha tayyorgarlik ko`ramiz. Yil davomida qilgan ishlarimizga yakun yasab,Yangi yilni yangi orzular va yangi rejalar bilan kutib olish xalqimiz uchun odat tusiga aylangan.Yangi yilning boshida beriladigan ta`tilni aytmaysizmi?Ayni muddao.Barcha bolalar ushbu kunlari archa bayramiga boradilar.Yasatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz,ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalarda qatnashadilar.
III.Yakuniy qism.
“O`rgimchak to`ri” texnologiyasi orqali o`quvchilar bilimini takshirish.
Sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi. O`g`il bolalarni-”Qorbobo” guruhi
Qiz bolalarni- “Qorqiz” guruhi deb nomlash mumkin.
-Qish fasliga qaysi oylar kiradi?
-Qish fasliga dekabr,yanvar,fevral oylari kiradi.
-Bu mavsumda o`lkamizda qanday bayramlar keng nishonlanadi?
-“Konstitutsiya kuni”,”Yangi yil”,”Vatan himoyachilari kuni”bayramlari keng nishonlanadi.
-Bolalar qishki ta`tilga chiqadilar.
-Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
-Kunlar sovuq,izg`irin bo`ladi,qahraton ayoz,qor yog`adi,suvlar muzlaydi,yer sirpanchiq bo`ladi,quyosh isitmaydi,havo ba`zan ochiq bo`ladi va boshqalar.
O`quvchilarning qish,qishki ob-havo,bolalarning qishki o`yinlar borasidagi savollarga “Tarmoqlash” texnologiyasi asosida javob beradilar.A-4 format qog`ozlari tarqatiladi.
2.Nima uchun “Yangi yil”bayramini ayniqsa bolalar katta quvonch bilan kutib olishadi?
-Endi siz bilan “Archa bezash ” o`yinini o`ynaymiz.
Fikrlaringizni mehnat darsida yasagan archa o`yinchoqlaringizga yozib,mana bu archa daraxti shoxlarini yasatasiz.
O`quvchilar nima uchun bu bayramni yoqtirishlarini qog`ozli archa o`yinchoqlariga yozishadi va archa daraxti shoxlariga izohlab osishadi.
1-archani“Qorqiz” guruhi: (yozib yasatishadi) Qorbobo va Qorg`iz kelishadi,sovg`alar ulashishadi,qiziqarli bayram tadbirlari bo`lib o`tadi,archa yasatiladi va boshqalar.
2-archani“Qorbobo”guruhi qopchadagi o`yinchoqlardan birini olib topishmoqlarni o`qishadi,javobini topishgach,archa shoxiga ilishadi.Topolmaganlar joylariga borib o`tirishadi.
Topishmoqlar.
-O`tda yonmaydi,
Suvda cho`kmaydi.
-Barmog`i bor,tirnog`i yo`q.
-Sudrasang yuradi,sudramasang turadi.
-Ayoz bobo novvot soldi,
Olgan edim,qo`lim qotdi.
-Oppoq sochli boshlari,
Daryo bo`lar yoshlari.
Mana archamiz ham tayyor bo`ldi.Endi archa atrofida quvnab-o`naymiz.
O`quvchilar musiqa darslarida o`rgangan qo`shiqlarini kuylashadi,yangi yilga atalgan she`rlarini aytishadi,raqsga tushishadi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
17-mavzu: Vatan posbonlari (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.Ajdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: Vatan – muqaddas dargoh.Uning har bir qarichi biz uchun azizdir.Shu yurtda tug`ilib,o`sib,shu yurtda kamol topgan zot borki,umr bo`yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug` zotlar o`tmagan.Ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari ham dunyoga mashhur.
Biz Mirzo Ulug`bek,Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
-“Tinch elning bog`i gullar”,deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz – tinch, yurtimiz – obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda.Dunyo ahli bugun O`zbekistonga,shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi.
-Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarga,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
-O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir
III.Yakuniy qism.
O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.
“Askar” She`r yodlatiladi.
Kelajakda askar bo`lamiz,
Qo`riqlaymiz ona Vatanni
Sarhadlarda sergak turamiz,
Asrab shu yurt,bog`-u chamanni.
Sarkardalar avlodidanmiz,
Sharaflarga,shonlarga loyiq.
Temur bobom,Jaloliddindek,
Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq.
Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin.
Dadajon,askar akam
Qadam tashlar gurs,gurs,gurs.
Vatanimga,xalqimga
Sodiqman,deb bergan so`z.
-Shundaymi?
-Shunday!
-Men ularning ukasi,
Qanday bo`lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor
Bo`lib turishim kerak.
-Shundaymi?
-Shunday!
Vatanimni,xalqimni
Ko`z qoramdek saqlayman,
Askar akamga o`xshab
El ishonchin oqlayman.
-Shundaymi?
-Shunday!
Ofarin,ota o`g`il,
Tilginangga bol,shakar.
Sen ham bir kun ulg`ayib,
Bo`lasan botir askar.
Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish.
-Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)
-Vataning tinch- ________________________(sen tinch)
—Tinchlik bilan el ko`karar,
_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)
-Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)
-El qudrati – chin qudrat,
_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)
-Yurt qo`risang o`sarsan,
_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
18-mavzu:Mening mahallam
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Xalqimizga xos fazilat. “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona”, “Qo’shning tinch, sen tinch”, Mening mahallamda yashash yaxshi kabi tushunchalarni singdirish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
1.Ko`rgazmalilik asosida o`qituvchining mavzu bo`yicha ma`lumoti.
Bizning mahalla katta va chiroyli. Mahallamizda o’rik, olma, shaftoli, nok, gilos va behi daraxtlari o’sadi. Mahallamiz bolalari bu ko’chatlarni parvarish qiladilar. Ularga suv qo’yadilar, tagini yumshatadilar. Mahallamiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Bunga sabab mahallamiz ahlining ahil-inoqligidir.
Rasmlar asosida guruhlarda ishlash
3.O`qituvchining darsni xulosalash.
1) Mahalla qanday maskan?
2).Sizning mahallangiz chiroylimi?
3) Sizning mahallangizda kimlar yashaydi?
4)Qo’shnilaringiz qanday odamlar?
5)Qo’shnilar bilan ahilmisiz?
6)Mahallangizda qanday do’konlar bor?
III.Yakuniy qism.
Guruhlarda kichik savollar asosida ishlash
1) O’z mahallangiz haqida gapirganda nimalarni xis qilasiz?
2) Vatan nima?
3). Mahalla- kichik Vatan deganda nimani tushunasiz?
4) Siz o’z mahallangizga bo’lgan hurmatingizni qanday ifodalaysiz?
5) Sizning oilangiz ahil oila-mi?
6) Oilangizda kimlar yashaydi?
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yosh avlod tarbiyasi-kelajak poydevori ekanligini uqtirish.
O`quvchilarda or-nomus,mehr-oqibat,kamtarlik,insonparvarlik,mehnatsevarlik tuyg`ularini tarbiyalash,kattalarni hurmat qilish,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:
Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob fazilatlaridan biri.Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.
Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman. Diqqat bilan quloq soling.
Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:
-Sening nimang bor?
-Menda qirq tilla bor,-debdi bola.
Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i:
-Ey,nodon bola,sen bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!- debdi.
Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.
Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan ekanlar.
III.Yakuniy qism.
1.Ona safarga otlangan o`g`liga qanday nasihat berdi?
Shunda Imom Buxoriy hazratlari qaroqchilarga qanday saboq berdilar?
“Ruchka stol o`rtasida”o`yini.(Tanaffusda har bir o`quvchiga o`zi yopishadigan bo`sh tarqatma kartochkalar beriladi.)
Har bir qatorga A-4 format tarqatiladi. Tarbiya deganda qanday tushunchaga ega bo`ldingiz? Fikringizni qog`ozchalarga yozib formatga yopishtiring.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
20-mavzu: Bobolarimiz deydilar…
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.Sinf ikki guruhga ajratiladi.
1-guruh nomi:-“Alishe Navoiy”
2-guruh nomi:- “Zahiriddin Muhammad Bobur”
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: — Mana,guruhlar bilan tanishib oldik. Endi ajdodlarimiz hayot yo`li va ularning qoldirgan merosi haqida bilganlaringizni aytib o`zaro bellashasiz.
1-guruh.
1-o`quvchi:
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she`r.
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.(A.O)
2- o`quvchi:
-Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan shaxslardan biri,so`z mulkining sultoni.
3- o`quvchi:
Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilganlar.
4- o`quvchi:
Yoshligidan kitobga mehr qo`ygan Alisher odobli,zehni o`tkir,ko`plarning diqqat – e`tiborida bo`lgan.
5- o`quvchi:
Bobomiz bizga ko`plab g`azallar,dostonlar,ruboiylar va hikmatlarni meros qilib qoldirganlar.
2-guruh:
6- o`quvchi:
Siz –zobit,dastini cho`zgan dunyoga,
Siz- shoir, mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar,Sizning siymoga
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.(A.O)
7- o`quvchi:
-Vatanining asl farzandi,adolatli shoh siymosi bo`lmish Mirzo Bobur 1483-yil 14-
Fevral kuni Andijon shahrida tavallud topganlar.
8- o`quvchi:
Ham shoh,ham shoir bobomizning yurt sog`inchida bitgan ruboiylar-u g`azallari Vatanni sevish,uni e`zozlashga undaydi.
9- o`quvchi:
Zahriddin Muhammad Bobur o`z davrida xalq manfaatini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.
10- o`quvchi:
Buyuk shoir o`z asarlari orqali odamlarni kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi.
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
III.Yakuniy qism.
Bobolarimizdan meros bo`lib qolgan qanday hikmatli so`z,ruboiylar bilasiz?
1-guruh:
-Aytar so`zni ayt,aytmas so`zdan qayt.
-Vafosizda hayo yo`q,hayosizda vafo yo`q.
-Yigitlik chog`I yiqqil ilmu hunarni,
Qarilik chog`I sarf qilgin oni.
2-guruh:
-Har kimki,vafo qilsa-vafo topqusidur!
Har kimki,jafo qilsa-jafo topqusidir!
Yaxshi kishi ko`rmagay yomonloq hargiz,
Har kimki, yomon bo`lsa-jazo topqusidur!
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
21-mavzu: “Dono bobolar o’gitlari”(xalq maqollari va matallari haqida)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning xalq maqollari va matallarini hamda vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash. Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur va albatta ota- onamiz va ustozlarimizdan o`rnak olishga , ularning yaxshi amallarini o`rganib, davom ettirishga o`rgatish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:.
Tashkiliy qism : .
Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug`bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar.
Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism: O`qituvchi: Alpomishdagi botirlik, Shiroqning jasorati va aqli, Amir Temurning qahramonliklari , Ulug` vatan urushidagi ota- bobolarimizning matonati tufayli shunday yorug` kunlarda yashayapmiz. “Shiroq ” afsonasi o`qib beriladi va mazmuni ustida ishlanadi.
Temurning “Kuch- adolatdadir.” Bosgingga qilich kelsada ,rost so`zla hikmatlari mazmuni muhokama qilinadi.
Ko`ragoniy jadvalin tuzgan, Shoir, bog`bon, olim, alloma sarvar.
Sirli osmon toqiga Umrini xalqiga bergan xalqsevar.
Ilk narvon qo`ygan, Ellarga quyoshdek maqbul kitobi,
Ulug`bek bobomiz bo`lasiz. Jahonda nur sochgan “Xamsa” kitobi
Alisher Navoiy bobomizga tasanno.
Tole yo`qki jonimga balolig` boldi,
Har ishnikim ayladim, xatolig` boldi.
O`z yerni qo`yib Hind sora yuzlandim,
Yo rab ,netay, ne yuz qarolig` bo`ldim.
She`ri mazmuni muhokama qilinib,Mirzo Boburning Vatanga bo`lgan cheksiz muhabbati yoritib beriladi.
Navoiyning bolaligi , M.Ulug`bekning Rasadxonalari, Boburning yurttinchligi uchun qilgan ishlari , qurdirgan saroy va bog`lari rasmlarda namoyish etiladi.
Ota- onamizning kasblari, ustozimizning bizlarga berayotgan bilimlari, ularning muomalalari, kiyinishi va o`zlarini tutishlariga ahamiyat berib, o`zimiz uchun o`rnak bo`ladigan ishlarini davom ettirishga harakat qilamiz.
III. Yakuniy qism: O`quvchilar o`zlari o`rnak olishlari mumkin bo`lgan kishilar haqida so`zlab berishadi va mashg`ulot yakunlanadi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
22-mavzu: “Bizni dunyo taniydi”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Mustaqillik O’zbekiston – seni tanidi jahon. Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Islom Karimov va mustaqillikka oid rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:.
Tashkiliy qism : .
II Asosiy qism:
O’qtuvchi globusdan O’zbekiston chegarasini ko’rsatadi.
O’zbekiston o’z vaqtida sobiq mustabid tuzumning mahmuriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, «shok terapiyasi» kabi nomahqul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan o’z taraqqiyot yo’lini qat’iy tanlab olgani va dunyoda «O’zbek modeli» sifatida ehtirof etilgan rivojlanish strategiyasining real natijalarini aniq tahlillar orqali ochib berish;
1990 yilda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bo’lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi o’zimizda ishlab chiqarilayotganini el-yurtimiz farovonligi tobora ortib borayotganining amaliy tasdig’i sifatida talqin etish;
mustaqillikka qadar mamlakatimizda umuman mavjud bo’lmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi bugungi kunda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig’ini ishlab chiqarayotgani, mazkur tarmoqda jami ish bilan band aholining 75-77 foizi mehnat qilayotgani, yurtimizda bu soha jadal rivojlanib, o’rta sinf – mulkdorlar sinfining jamiyat tayanchiga aylanib borayotganini hayotiy misollar bilan ko’rsatish;
shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga go’zallashib, tobora obod bo’lib borayotgani, jumladan, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish bo’yicha joriy etilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini ochib berish;
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholimiz, birinchi navbatda keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy ehtibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, ularning huquq va manfaatlarini tahminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholini qo’llab-quvvatlash va sotsial sohani mustahkamlashga ajratilayotgan yillik xarajatlar izchil oshib borayotganini, birgina 2014 yilda bu raqam 60 foizdan ortganini mazkur yo’nalishda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarimizning mantiqiy natijasi sifatida ko’rsatish;
zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o’z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo’lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning mohiyatini ochib berish;
mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o’zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va anhanalarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug’lash, sog’lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo’yicha ilgari tasavvur ham qilib bo’lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng tushuntirish;
yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do’stona munosabat va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bo’lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o’zi barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifa ekaniga alohida ahamiyat qaratish;.
Ma’naviy sohada ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi : tilga, tarixga, milliy an’ana va qadriyatlarimizga, ma’naviy merosimizga, dinga, adabiyot va san’atga, urf-odatlarimizga bo’lgan munosabatlar o’zlikni anglash, milliy mafkuraning shakllanganligidan dalolatdir. Bunday keng ko’lamli ishlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar zamirida Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning mehnati beqiyosdir!
2016-yil 2-sentyabrda Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi…
Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o‘zining kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi.
2016-yil 2-sentyabrda maktablarda 02.09.2016 yili Vazirlar Mahkamasining №4-sonli tezkor majlisining qaroriga ko‘ra, 2016-2017 o‘quv yilining ilk darslari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni porloq xotirasiga atab barcha maktablarimizning asosiy kirish foyesida kichik “Xotira maydonchasi” va “Xotira darslari” tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni, xalqimizni sobiq sho‘ro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmay, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldirdi, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “O‘zbek modeli” asosida mamlakatimizni misli ko‘rilmagan yuksak darajalariga olib chiqdi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining 25 yili davomida dunyoda o‘z nomi, o‘rni va maqomiga ega bo‘ldi. Respublikamizning barcha hududlarida muqaddas qadamjolarimiz tiklandi, buyuk allomalarimizning muborak nomlari, ular qoldirgan meros beqiyos ulug‘landi. G‘allachilik, energetika va boshqa o‘nlab sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Bu islohotlar nafaqat xalqimiz, balki jahon ahli ommasi tomonidan yuksak e’tirof va ehtirom qozondi.
Yurtboshimizning yoshlarga, ayniqsa, intiluvchan, g‘ayratli, tashabbuskor kelajak avlodlarga mehri bo‘lakcha edi. Yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratib, farzandlarimizning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sharoitlar yaratildi. Yaratilgan sharoitlar tufayli iqtidorli yoshlarimiz san’at va sport sohasida jahon maydonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoymoqdalar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.
III. Yakuniy qism:
Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?
Javoblaringiz uchun rahmat.
Haqiqatdan ham 26 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. O‘zbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida o‘z kuchi va salohiyatiga ega, o‘z yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil, suveren davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi…
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi
23-mavzu: Mehribonim onam
(8-mart- Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilar qalbida onalarni hurmatlash,qadrlash,sevish,jondek aziz tutish tuyg`usini tarbiyalash.Farzandlarning
Ota-onalari oldidagi burchlari borasidagi tushunchalarini kengaytirish,odob-axloq tarbiyasini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning soatning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Ona hurmati Q.Muhammadiy
Ona hurmatin keltirmak uchun,
Anglamoq kerak onalar burchin.
Ona so`zi – bu juda ulug` nom,
Ona – bosh bog`bon,Ona ham posbon.
Ona uyimiz obodligidir,
Ona uy husni ham shodligidir.
Onadir bizni guldek bezagan,
O`ynab,kech qolsak,yo`qlab izlagan.
Onamiz – Vatan sharaf va shoni
Onamiz -tinchlik po`lat qo`rg`oni.
Ona – qanchalik ulug` va mo`tabar zot! Onalardan tog`lar viqor olgan,quyosh haroratini o`ziga singdirgan.
-Onalar mehribon,ular shunchalar mehrliki,bizni necha yoshga to`lsak ham “bolam” deb suyadilar.Ona- bu hayot demak.Ona borki,hayot davom etadi,ona borki,oila chirog`i o`chmaydi.Ona borki,olam munavvar.
-Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib,qatorga qo`shadilar,oq yuvib,oq taraydilar.Doimo boshimiz uzra parvona bo`ladilar. Ular oyog`imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.
-Buning sababi nimada?Ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvonalar?
Hatto kerak bo`lsa,farzand uchun jonini fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada?
Buning javobi bitta – onalik mehri.Onaning o`z farzandiga bo`lgan cheksiz mehri!
-Ha,ona mehri toshni eritar.Ular bir umr bolam deb yasharlar.Shunday ekan,onalaringiz siz ham mehribon bo`ling,ularni avaylang,qadriga yeting,aziz o`quvchilar.
-Ularga ko`p narsa kerak emas.Ular Yaratgandan farzandlariga doimo sog`liq,omonlik tilaydilar.Jigarbandlari kamoli ular uchun eng katta baxtdir aslida.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham shunday deyilgan.
64-modda. Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetkunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
66-modda. Voyaga yetgan,mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar.
III.Yakuniy qism:
1.Onalar haqida maqollarni bilasiz?
-Ona bilan bola – gul bilan lola.
-Onaning ko`ngli bolada,bolaning ko`ngli dalada.
-Jannat – onalar oyog`i ostidadir.
“Mening onam” mavzusida “Kungaboqar” texnoligiyasini o`tkazish.
|
Mo`-tabar |
Ulug` zot |
Munis |
Suyanchiq |
Uyimizning chirog`i |
Dono |
Mehribonimiz |
Shirinso’zimiz |
G’amxo’rimiz |
Mehr bobida onajonlarimizdan qolishmaydigan yana kimlarni bilasiz?
-Buvijonlarimizni.
-Barakalla,bolajonlar!
-Buvijonlarimizga ham ta`rif bering-chi?Ular qanday insonlar?
-Ular duogo`y,oqila, dono,doimo hurmatda,izzatdalar, piru badavlat,nabiralarini juda sevadilar.
O`quvchilarga onajonlar,buvijonlar haqida qo`shiq kuylatiladi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
25-mavzu: “Odobli bola elga manzur”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yosh avlod tarbiyasi-kelajak poydevori ekanligini uqtirish.
O`quvchilarda or-nomus,mehr-oqibat,kamtarlik,insonparvarlik,mehnatsevarlik tuyg`ularini tarbiyalash,kattalarni hurmat qilish,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:
Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob
fazilatlaridan biri.Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.
Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman.Diqqat bilan quloq soling.
Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:
-Sening nimang bor?
-Menda qirq tilla bor,-debdi bola.
Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i:
-Ey,nodon bola,sen bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!- debdi.
Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.
Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan ekanlar.
III.Yakuniy qism.
1.Ona safarga otlangan o`g`liga qanday nasihat berdi?
Shunda Imom Buxoriy hazratlari qaroqchilarga qanday saboq berdilar?
“Ruchka stol o`rtasida”o`yini.(Tanaffusda har bir o`quvchiga o`zi yopishadigan bo`sh tarqatma kartochkalar beriladi.)
Har bir qatorga A-4 format tarqatiladi. Tarbiya deganda qanday tushunchaga ega bo`ldingiz? Fikringizni qog`ozchalarga yozib formatga yopishtiring.
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
25-mavzu: Navro`z –bahor bayrami
(21-mart –Navro`z bayrami munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga “Navro`z”ning mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berish hamda davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari,xalqimizning tarixi haqida texnik vositalar yordamida ma`lumotlar yetkazish.
O`quvchilarni bahor faslini sevish,milliy urf-odatlarimizni qadrlash,insonparvar bo`lishga o`rgatish,ularda do`stlik,ahillik hissini tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,undirilgan bug`doy.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
O`zbegimning o`zligi,
Salomidan bilinur.
Mehrga to`la qaynoq,
Kalomidan bilinur.
Assalomu alaykum!
Hamma: Assalomu alaykum!
O`qituvchi:Hozir darsimiz qanday dars?
O`quvchi: Odob-axloq, xulq-atvor,
Barchasin bilmoq darkor.
Ota-onaga hurmat,
Insoniy go`zal fazilat,
Barchasin o`rgataman
Men!Tarbiyaviy soat faniman.
O`qituvchi:Biz qayerda bilimlarga ega bo`lamiz
o`quvchi:Maktabda.Maktab ta`lim va tarbiya maskani.
O`qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?
Mashg`ulotga tayyormisiz?
Hamma: Tayyormiz.
O`qituvchi:Bugungi mashg`ulotimizni noan`anaviy tarzda o`g`il bolalar va qiz bolalar bellashuvi orqali “ Navro`z – bahor bayrami” ruknida boshqaramiz.
Aziz bolajonlar!.
Hozir sizlar qo`lingizdagi vizitkangizda yozilgan so`zga asoslanib o`rningizni topib o`tirasiz. O`quvchilarning qo`llarida dars boshida o`zlari tomonidan tanlangan rangli kartochkalar bo`lib, ularda “Baxt” yoki “Omad” so`zlari yozilgan. Mana, sizlar ikki guruhga bo`lindingiz. Endi guruhlar o`zingiz haqida ma`lumot bering.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:Rahmat bolajonlar. Endi musobaqa mashg`ulotimizni davom ettiramiz.
Hozir o`lkamizda qanday fasl hukm surmoqda? Bahor fasli
Bahor faslida tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
-O`lkamizda bahor…Shuning uchun ham qadimdan dehqonchilik ishlarining boshlanishini bahorning 21-martidan hisoblaganlar.Bu bayram Navro`z,ya`ni Yangi kun deb atalgan.
Dehqon ahlining qadimiy bayrami – Navro`zni har yili zo`r quvonch,katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi udumlaridan biri bo`lib qolgan.
Bobodehqonlar Navro`zda dala ishlariga kirishib,yer hayday boshlaydilar.Navro`zgacha yo`llarga ko`chatlar ekiladi. Ko`chalar tozalanib,ariqlar qaziladi.Hammayoq supurib-sidiriladi. Navro`z kirar kuni qo`g`irmoch qovurilib,turshak qaynatiladi.Yalpiz,ismaloq,jag`-jag` kabi ko`katlardan somsalar yopiladi.
Navro`z kunlari yoshlar keksalarga va bemorlarni ko`rishga boroshadi.
Yalpiz,binafshalarni olib borsalar,qariyalar: “Esonlig-u omonlik,hech ko`rmaylik,yanagi oy-u yillarga o`ynab-kulib yetaylik” – deb tilak bildirishadi. Xonadonlarda to`kin-sochinlik bilan mehmon kutiladi.
III.Yakuniy qism:
“Aqliy hujum”usuli 1-topshiriq:
Bahor faslining klasterini hosil qilamiz. Guruhlar oldilariga qo`yilgan A-4 formatli qog`ozlarga javoblarini yozishadi.
(Har bir topshiriq bajarilayotganda bahor,sumalak, navro`z haqida qo`shiqlar qo`yiladi.Musiqa o`chirilganda o`quvchilar harakatni to`xtatib,savollarga javob beradilar)
Bahor tabiati |
Qushlar issiq o`lkalardan uchib keladi |
Yangilanish fasli |
Muzlar eriydi |
Qizg`aldoqlar ochiladi |
Uyg`onish fasli |
Fasllar kelinchagi |
Daraxtlar gullaydi |
Momaqaldiroq gumburlaydi |
Boychechak,binafsha chuchmomalar ochiladi |
Gullar fasli |
Ko`p yomg`ir yog`adi |
O`quvchilar savollarga javoblarni yozib bo`lgach,o`qituvchi ularning fikrlarini to`ldiradi.
O`qituvchi:Bolajonlar nima deb o`ylaysiz ota-bobolarimiz qaysi fazilatlar bilan “Navro`zi olam”ni kutib olishgan?
O`quvchilar o`z fikrlarini izohlab berishadi.Demak Navro`zgacha barcha yomon odatlarni tashlab, yaxshi xulq- atvor bilan yangi kunni qarshilashar ekan.
G`olib guruh rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadi
O`qituvchi: Xush,o`quvchilar qalaysiz?
O`quvchilar: Qalaymasmiz,Oltinmiz!
O`qituvchi: Musobaqani davom ettirishga qandaysiz?
O`quvchilar: Nasib bo`lsa oldinmiz.
O`qituvchi: Xursandmisiz?
O`quvchilar: Xursandmiz!
O`qituvchi: Unda musobaqani davom ettiramiz.Bugungi darsimizda sizlar bilan “Navro`z” haqida rivoyat tomosha qilamiz.
O`quvchilarga slayd qo`yib beriladi va tahlil qilinadi.
O`qituvchi: Bolajonlar Nima uchun Navro`zni kutib olish yaxshi odat bo`lgan?
O`quvchilar: Guruhlar birin — ketin javob berishadi:
Savol-javob o`yini 2-topshiriq:
Dehqonchilik ishi qachondan boshlangan?
-Dehqonlar navro`zda dala ishlariga kirishganlar,ish hayvonlarini,asboblarini olib chiqib yer haydaganlar,baraka urug`ini sepganlar.
-Yurtimizda ”Navro`z”ga qanday tayyorgarlik ko`riladi?
-Navro`zni har yili zo`r quvonch bilan,katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan bo`lib qolgan.Doshqozonlarda sumalak,halim pishiriladi.
-Siz bayramga qanday tayyorgarlik ko`ryapsiz?
-Ko`chalarni,ariqlarni tozalashda, yosh nihollar ekishda,daraxtlarni oqlashda kattalarga yordam beryapmiz.
O`quvchilarning fikri to`ldiriladi.Bahor fasli nafaqat go`zalligi bilan ham ajralib
turadi. Navro`z – biz, turkiy xalqlarning eng ulug`,eng qadimiy,eng sevimli bayramingizdir. Navro`z-yangi kun demakdir. Navro`zda sumalak,halim,ko`k somsa,lochira va ko`k chuchvaralar pishiriladi.
4-topshiriq. Adashib qolgan so`zlarni joylariga qaytaring .
Guruhlarlarga qog`ozchalarga yozilgan so`zlar beriladi.O`quvchilar so`zlarni o`z joylariga qo`yib chiqadilar.(Navro`z, sumalak,baraka,lochira,un,qatlama,21-mart,yangi kun,qozon,ezgu niyat,yong`oqlar,halim,go`zal tabiat, yomg`ir,qor, 14-yanvar,sayllar,toshlar va hkz.)
3-topshiriq:Bolajonlar qaldirg`och xatjildlar ichida sizga topshiqriqlar olib kelibdi . Qani Bayram urf-odatlari haqida aytilgan fikrlarda tushurib qoldirilgan so`zlarni davom ettirib ko`ringchi?
1-xatjild:
Navro`zda … -… tozalaydilar. (uy-joyni)
2-xatjild:
Navro`zga qadar … …. oqlaydilar. (daraxtlar tanasini)
3-xatjild:
Navro`zda …. o`tirmaydilar. (g`amgin)
4-xatjild:
Navro`zda araz-ginalarni …… . (unutadilar)
5-xatjild:
Navro`z kuni … bayram taomlari jo`natiladi. (bemorlarga)
6-xatjild:
Navro`zda …-… mehmonga boradilar. (qarindosh-urug`larnikiga)
O`qituvchi: Aziz bolajonlar! Mustaqil Yurtimizning kelajagi siz yosh avlodlar qo`lidadir. Bugungi mavzumizda milliy an`analarimiz va umuminsoniy qadriyatlarimiz,o`zbekona urf-odatlarimiz haqida suhbatlashdik.Jannatmakon yurtimizning har bir go`shasida Navro`z tantana qilinmoqda. Bu – istiqlol sharofatidandir.
Guruhlarning yig`gan ballarini hisoblanib,faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
26-mavzu: Mehnat –mehnatning tagi rohat
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Mehnat haqida tushuncha berish.Hunar moddiy va ma`naviy boylik ekanligi,hunarli kishi hayotda hech qachon xor bo`lmasligi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
mehnat qurollari aks etgan rasmlar,plakatlar,mehnat darsida foydalaniladigan texnika vositalari
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi
II.Asosiy qism:
Qadim o`tgan zamonda Mirak ismli Dog`istonlik shahzoda bo`lib.uning boyligini hisobiga yetib bo`lmas ekan.
Safarlarning birida dengizda kuchli shamol uyg`onib,shahzoda kelayotgan kema ag`darilib ketibdi. Ko`pchilik yurtdoshlari halok bo`libdi. Mirakni oqim qirg`oqqa chiqarib tashlabdi.
U o`z vatanidan ayrilib,boshqa mamlakatga kelib qolibdi. Yonida na puli, na boshpanasi,yeyishga hech narsasi yo`q edi. Tilanchilik qilib ovqat yeyishga oriyati, shahzodalik g`ururi yo`l qo`ymabdi.
U bolalikda birga o`sgan do`sti Saidni eslabdi. Saidning otasi duradgor-usta bo`lib,eshik, rom yasab sotib kun kechirishardi. Mirak bo`sh vaqtlarida otasidan yashirincha do`stiga yordam berib turar, shu tariqa eshik, rom yasash san`atidan xabari bor edi.
Shahzoda Mirak shahardagi duradgorlardan biriga shogird tushdi, eshik, rom yasab,sotib kun kechirdi.Vataniga qaytish uchun mablag` to`pladi.
Yurtiga qaytib kelgach,otasiga ya`ni podshohga boshidan kechirgan sarguzashtlarni aytib beribdi.Podshoh farzandining hunarmand bo`lib o`z yurtiga qaytganidan quvonibdi.U shahzoda Mirakni podshilikdagi eng go`zal,dono va oqila qizga o`ylantiribdi.
Podshoh vafotidan oldin Mirakni o`rniga podshoh etib tayinlabdi.U o`g`liga shunday deb vasiyat qilibdi:
-O`g`lim seni o`rnimga podshoh bo`lishinga va ona yurtingga qaytishinga sabab bo`lgan hunaringni farzandlaringga ham o`rgatishingni xohlayman.Chunki,har qanday hunar, bo`lajak yurt egasini barcha muammolarning yechimini topishga yordam beradi.
Otasining vasiyatiga ko`ra podshoh Mirak, farzandlarining xohishlariga ko`ra hunarmand ustozlar maktablariga o`qishga beradi.Shahzodalar ham ota kasbini zo`r qiziqish bilan o`rganib,xalqqa manzur bo`lib,murod-maqsadlariga yetishibdi.
Qissadan-hissa shuki:
inson hayotini bezaydigan ,unga baxt-saodat keltiradigan boylik, faravonlik basxh etadigan yagona narsa bu-mehnatdir. Insonlar halol mehnatlari orqali obro` orttiradilar va o`zlarining baxtli kelajaklarini yaratadilar.Bobomiz Bahovuddin Naqshbandning “Ko`ngling Ollohda, qo`ling mehnatda bo`lsin” degan hikmatli so`zlarida ulkan ma` bor.
-“Mehnat bilan yashab, o`z hayotini mehnat bilan yashnatib kelayotgan odamlarni hurmat qilish, ularni boshga ko`tarish, hordiqlarini, huzur-halovatini
o`ylash odamiylikning muhim shartlaridan biridir”.
III.Yakuniy qism:
4-topshiriq
Hunar va mehnat haqida qanday maqollarni bilasiz?
—Hunaring bo`lsa qo`lingda, non topilar yo`lingda.
-Urinchoqlik, hojatbarorlik – yaxshi fazilat.
-Mehnatni sevish , g`ayrat va matonat bilan ishlash lozim. Bunda uchta shirin meva bor: tan salomatligi; ko`ngil rohati; obro`ning ortishi;
-Mehnatni salomatlikning kaliti deb bil.
1.Inson hayotda nimani yo`qotishdan qo`rqmasligi mumkin?
2.Inson nima uchun tinib bilmay mehnat qiladi?
Aqliy hujum orqali o`quvchilar bilimini tekshirish:
Kasb-hunarning yomoni bo`lmaydi. Mehnat insonni ulug`laydi.Mehnatni sevish,g`ayrat va matonat bilan ishlash lozim.
O`qituvchi o`quvchilardan olingan fikrlarni xulosalaydi.Urinchoqlik,hojatbarorlik yaxshi fazilat. Mehnatni salomatlikning kaliti deb bilgan insonlargina baxtli hayot kechirishadi,deb mashg`ulotga yakun yasaydi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
27-mavzu: Ona tabiat qo’ynida
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Tabian nima? Nima ucun biz unu asrashimiz va g`amxo`rlik qilishimiz kerakligi haqida suhbat o`tkazish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Tabiat manzarasi , o`simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism :
Tabiat manzarasi aks ettirilgan : yurtimiz ko`chalari ,bog`lari hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor bog`lar va tog`lar aks ettirilgan videolavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so`z bilan tabiat deb atalishi aytib o`tiladi.
O`qituvchi : Tevarak atrofimizni o`rab turgan , mana shu lavhada ko`rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo`linadi.
Hozir ko`rgan lavhani ko`z oldingizga keltiring va shu yerdan qaysilari jonli tabiatga , qaysilari jonsiz tabiatga kirishina aniqlab olamiz.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida- alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo`yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi.
Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg`ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O`simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi .
Baland osmono`par tog`larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti bo`yliklarimiz- oltin, kumush , mis, toshko`mir, neft va tabiiy gaz ham tabiat ne`matlaridir . Ular yer yuzida insoniyat barpo bo`lgandan boshlab insonga xizmat qiladi.Inson ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne`matlarini o`rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o`rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti boyliklarimizdan xo`jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda.
Yer yuzining tabiiy xaritasidan mintaqalardagi tabiatning xilma- xilligi, hayvon va o`simliklardagi farqi ko`rsatib o`tiladi.
III Yakuniy qism :
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” jamgarmasiga a`zo bo`lgan . Bu jamg`armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo`lib ketayotgan ba`zi bir hayvonlar, o`simliklarni ko`paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko`rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o`z hissamizni qo`shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:“Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim-qadim zamonda…”.Bolajonlar,bu nima?
O`quvchi: Bu ertak.
O`qituvchi:Qanday ertaklarni bilasiz?
O`quvchilar: ”Bo`g`irsoq”,”Echki bolalari va Bo`ri”,”Sholg`om”,”Zumrad va Qimmat”,”Uch og`a-ini botirlar” va boshqalar ertak nomlarini aytishadi.
Ertaklar doimo yaxshilikka yetaklaydi.Ertakda xalq og`zaki ijodining xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladi.O`tmishda ham,hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham yaratilgan.Demak,ularning barchasi og`zaki tarzda yaratilgan desak xato bo`ladi
Ertaklarda asosan,hayvonlar,turli afsonaviy jonzotlar qahramon sifatida qatnashadi.Aksariyat o`zbek ertaklarida mardlik,halollik,va`daga vafo,adolat,ota-onaga,katta-kichikka hurmat,Vatanga muhabbat,jasurlik kabi tushunchalar va fazilatlar ilgari tushuniladi.
III.Yakuniy qism:
1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi
O`quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan ertak nomi va uning qahramonlarining nomlarini yozish topshiriladi
2-topshiriq.
O`zingiz yoqtirgan ertak qahramonining ijobiy va salbiy fazilatlarini yozing:
“T”sxemasi asosida yozishadi
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
29-mavzu: Mening qahramonim
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O’qituvchi: har bir inson o’zining sevimli qahramoniga ega. U o’z qahramonga havas qiladi. Uning har bir hatti harakatini taqlid qiladi. Doimo unga o’xshashga intiladi.
Qahramonlar albatta, ijobiy va salbiy bo’lishi; ijobiy qahramonlar insonlarni yaxshilikka undashi, salbiy qahramonlar esa ko’plab yonliklar qilib insoniyatga kulfat keltirishi haqida aytib o’tiladi.
Haqiyqiy qahramonlar yurt shonu-shavkati yo’lida jon fido aylagan, yurtning tinchligini hamma narsadan ustun qo’yuvchi insonlar ekanligi haqida tushuncha berish.
Shunday insonlar haqida suhbat uyushtiriladi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alpomish, Islom Karimov, Najmiddi Kubro….
III.Yakuniy qism:
1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi
O`quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan qahramon nomi va uninf fazilatlarini yozish topshiriladi.
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Vatan degan muqaddas tuyg`uni,uning aziz insonlarini,Ona Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard,jafokash,jasur o`g`lonlarini yana bir bor yod etish mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berish. hamda davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari,xalqimizning tarixi haqida texnik vositalar yordamida ma`lumotlar yetkazish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Proyektor va kompyuter,DVD, tarqatma material,rasmlar.(Mahallada istiqomat qilayotgan urush yoki mehnat faxriylaridan taklif qilish)
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi.
O`qituvchi:
Sen mening bobomsan – Xotira,
Sen mening momomsan-Qadr!
Bir qadim yo`llar-a…..Xotira….
Bir qadim yo`llar-a……Qadr….
G`alvirak dunyoning dog`lari
Po`panak bog`laydi raxtma-raxt
Xotira ko`nglimning tog`lari,
Qadr-ko`nglim suyangan daraxt.
Men-da, bir novdangman, Qadr,
Sen mening bobomsan – Xotira,
Sen mening momomsan –Qadr
Bir qadim yo`llar-a……Xotira….
II.Asosiy qism:
—She`r nima haqida ekan? (Xotira va qadrlash haqida ekan)
-Demak,bugungi darsimizda “Xotira va Qadrlash” kuni haqida suhbtlashamiz.
Yurtboshimiz farmoniga ko`ra,xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish,bugun ham el-yurtimiz obro`yini yuksaltirishga,siz yoshlarni tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni ardoqlsh maqsadida 9-Mayni” Xotira va Qadrlash kuni” sifatida keng nishonlash an`anasi qaror topdi.
Bugungi darsimizda noan`anaviy tarzda “Eng muqaddas kun” ruknida boshqaramiz.
O`qituvchi:-Bolajonlar siz musobaqa deganda nimalarni tushunasiz?
O`quvchilar: Ikki yoki bir necha guruhning o`zaro savol – javob yoki o`yin orqali musobaqalashuvini.
O`qituvchi: —Qanday musobaqa turlarini bilasiz?
O`quvchilar:—Birin-ketin bilgan musobaqalarini aytadilar. “Bilimlar bellashuvi”,”Futbol”,”Suzish”,”Volleybol”,”Kurash”
O`qituvchi: —Balli! Sizlar musobaqalarni juda yaxshi bilar ekansizlar.
Aziz bolajonlar!.
Hozir sizlar qo`lingizdagi vizitkangizda yozilgan so`zga asoslanib o`rningizni topib o`tirasiz. O`quvchilarning qo`llarida dars boshida o`zlari tomonidan tanlangan rangli kartochkalar bo`lib, ularda “Do`stlik”,“E`zoz” yoki”G`urur” so`zlari yozilgan. Mana, sizlar uch guruhga bo`lindingiz. Endi guruhlar o`zingiz haqida ma`lumot bering.
“ Do`stlik” guruhi
Do`st mushkulini oson-
Qilishni istar inson,
Olam to`lsin ziyoga,
Do`stlik kerak dunyoga.
“E`zoz” guruhi
Tinchlik juda soz,
To`kin-sochin yoz.
O`q tovush chiqmas,
Yangrar qo`shiq,soz,-
G`urur”gurur
Tinchlik bo`lsin hamma yoq,
Buning uchun hamma vaqt.
Kurashar jam bo`lib xalq
Urushga yo`l bermaymiz,
Tinchlik yengar,tinchlik haq.
O`qiituvchi:1-topshiriq: Keling shirin so`zlar orqali uchala guruh kayfiyatlarini
ko`tarib, darsimizni davom ettiraylik.O`quvchilar o`z tilaklarini o`rik, bodom va shaftoli gullariga yozib,o`rik va bodom daraxtlari maketlariga osadilar.
Masalan:
Sizga omad yor bo`lsin,xush kelibsiz, sog` bo`ling, barakalla, ko`p yashang,
ofarin, niyatingizga yeting, Baraka toping, dunyo turguncha turing, omon
bo`ling,yaxshi dam oling. (guruhlar tilak daraxtlari bilan o`zaro almashadilar)
O`qituvchi: Rahmat bolajonlar. Endi musobaqa darsimizni davom ettiramiz.
Hozir o`lkamizda qanday fasl hukm surmoqda? Bahor fasli
Bahor faslida qanday bayram va kunlarni nishonlaymiz?
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21 – mart Navro`z bayrami
9 – aprel Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavallud topgan kun
9 – may Xotira va Qadrlash kuni
25 – may So`nggi qo`ng`iroq kuni
Bir necha yillardan buyon Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda keng
nishonlanmoqda.
Hozir siz bilan shu kunga atalgan videolavhani ko`ramiz va suhbatimizni davom
ettiramiz.(3-5 daqiqalik lavha namoyish etiladi)
1.Xotira va qadrlash maydonida nimalarni ko`rish mumkin ekan?
2.Xotira va qadrlash kunining ma`nosi nimadan iborat ekan?
O`qituvchi:Xotira o`zlikni anglash,o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat qilib turadigan muqaddas tuyg`u.Inson o`zining kimligini xotira va qadr tiyg`usi orqali chuqurroq anglaydi.
Biz Millat,Vatan, Istiqlol kabi bir necha so`zlarni hurmat bilan tilga olamiz,muqaddas sanaymiz.Ana shu tushunchalar haqida so`z yuritganda,fikrimizni beixtiyor xotira tuyg`usi band etadi.Inson xotirasi muqaddas,u o`z ajdodlarini esga olib,ezgu ishlarni yod etadi.Ajdodlarni xotirlash susaysa yoki yo`qolsa,ya`ni ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida uzilish yuz bersa,millat tanazzulga yuz tutar ekan.
Muqaddas sanalgan tushunchalarning hammasi xotira bilan tirik.U nafaqat o`tmishni unutmaslik,balki bugungi kunni va kelajakni yorqin tasavvur etish ham demakdir.
Xotira insonni kelajakka teran ko`z bilan qarashga o`rgatadi.Qadrlash esa,xonadonlarimizga fayz-baraka bag`ishlab,qilayotgan ishlarimizga oq fotiha tilab turgan qariyalarning hurmatini joyiga qo`yishdir.
III. Yakuniy qism:
O`quvchilar yangi mavzuni qay darajada o`zlashtirganlarini bilish maqsadida quyidagi texnologiyalardan foydalanamiz.
“Aqliy hujum”usuli :
2-topshiriq:Endi bolajonlar egallagan bilimlaringizni mustahkamlash
Ajdodlarimizning mardonovor kurashlarini eslash uchun |
maqsadida “Nima uchun” o`yinini o`tkazamiz.
Bugungi farovon hayotga osonlik bilan erishilmaganini bilish uchun |
Nima uchun ? texnologiyasi
Nima uchun 9-mayXotira va qadrlash kuni deb e’lon qilindi? |
O`tmishimizni unutmasligi-miz uchun |
Keksalarni ardoqlash uchun |
Bemorlarning holidan xabar olish uchun |
Ota-ona, qavm-qarindoshlarni qadrlash,xotirlash uchun |
Tinchlikni,osoyish-talikni qadrlash uchun |
Yurtni qadrlash uchun |