Luksemburg Buyuk Gersogligi

Luksemburg Buyuk Gersogligi

Grand-Duché de Luxembourg (fransuz.)

Großherzogtum Luxemburg (nem.)

Groussherzogtum Lëtzebuerg (luksemb:


Luksemburg (Luxembourg, Luxemburg), Lyuksemburg Buyuk Hersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Maydoni 2586 km². Aholisi 633 ming kishi (2019). Poytaxti — Lyuksemburg shahri Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi.


Luksemburg — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868 yil 17 oktabrda kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Hersog (2000 yildan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Hersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. L .da Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Hersog tomonidan umrbod tayinlanadi.