Ruanda Respublikasi

Ruanda Respublikasi

Repubulika y’u Rwanda

République Rwandaise


Ruanda (Rwanda), Ruanda Respublikasi (République Rwandaise) – Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 26,3 ming km². Aholisi 8,4 mln. kishi (2017). Poytaxti – Kigali shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 prefektura (prefecture)ra boʻlinadi.


Ruanda – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995 yil 5 mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000 yildan Pol Kagame). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oʻtish davri milliy majlisi, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.