Kitob haqida hikmatli so’zlar

Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.

V.Gyugo
Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi.

A.Disterveg
 
            Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi.

Norman

        Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.

Yapon maqoli.
Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.

F. Volter
 
Kitob odamni  — bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.

F. Bekon
 
 
Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.

Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,

Chekar hayotida kamlik zillatin.

Kamoliddin Binoiy
 
Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur ham kitobdir.

Abduraxmon Jomiy
 
Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.

A. Gertsen
 
Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.

L.N Tolstoy
 
O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.

Maksim Gorkiy
Qanday kitob o’qiyotganingni aytsang, sening kimligingni aytib beraman.

A.V. Lunacharskiy.
 
Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.

P.A. Pavlenko
Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga etkazadi.

Oybek 
Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.

I.E. Bobel
 
Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.

F. V. Gladkov
Kitob seni hali sen  ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.

Gertsen 
 
Kitoblar ehtirossiz, biroq sadoqatli do’stdir.

Gyugo
 

Kitob butun hayotni qamrab oladi.

Balzak 
Kitob bu hayotdir, undagi jarayonlar – tarix jarayonlaridir.

M.N. Kuraev
Mening aqlim kitoblardan g’oyalar manbaini topdi.

Tsialkovskiy
 
Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,

Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.

Badanim ilmga tashnalab tursa,

Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.

Muxibbiy 
 
Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.

Amir Temur
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.

Maxmudxuja Bexbudiy
 
      Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.

Abdulla Kodiriy
 
Ishga yarab qolsa ishing bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat.

Mirzo Ulugbek
 
 
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.

Imom al-Buxoriy
 
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.

Yusuf Xos Xojib
 
Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat.

Suqrot
 
Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.

Hadis
 
Moziy istiqbolning tarozusidur, har kim o’lchasun-da bilsun.

Maxmudxo’ja Behbudiy
 
Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi.

Abu Rayxon Beruniy
 
Tsivilizatsiya nima degani? Bu olg’a ketayotgan inson har qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotlardir:taraqqiyot so’zining o’zi ham shundan kelib chiqqan.

Viktor Gyugo
 
Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.

Amir Temur
 
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga  tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.

Alisher Navoiy
 
 
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon.

Firdavsiy 
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.

Arastu
 
Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.

Konfutsiy
 
Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Az-Zamaxshariy
 
Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.

Abu Nasr Forobiy
 
Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.

Konfutsiy 
 
Avvaliga biz bolalarimizga o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.

Ya.Raynis
 
Maktab voyaga etayotgan avlod tafakkurini  shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam tutmog’ing lozim.

A.Barbyus
 
Maktab – dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g’ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar.

Maxmudxuja Bexbudiy
Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi.

Mishel Monten
Bilim va qudrat – ikkovi egizak.

F.Bekon
 
Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.

Abu Lays As-Samarqandiy
 
Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa – tarbiyadir.

Demokrit 
 
Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

Stefan Tsveyg
 
Bolalikka buyuk hurmat, ehtirom bilan qarash lozim.

Yuvenal
 
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Abdulla Avloniy
 
Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi.

E.Labule
 
Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan.

Deni Didro
 
Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad  qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar.

Voshington Irving
 
 
Hayot yo’lida birinchi masala – maktab masalasidir.

Abdurauf Fitrat
 
         Ilm ko’pga etkazar, hunar esa ko’kka.

O’zbek xalq maqoli
Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.

Xusayn Voiz Koshifiy.
 
        Hamma qobiliyatlarning sarvari fikrdir.

Uilyam Metiyuz
 
Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha foydalansang ham boylikdan farkli o’laroq, baribir ko’payib boraveradi.

Majid Xavofiy
 
Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir.

Bernard Shou
 
Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.

Abu Nasr Forobiy
 
Aflotundan so’radilar: o’qish-o’rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo’lg’usi? U javob qiladi: johillik nuqson deb hisoblangunga qadar.

Jaloliddin Davoniy
 
Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar.

Deni Didro
 
 
 
O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod egasi esa undan foydalanib qolishga o’rinadi.

A.Shopengauer
 
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.

Az-Zamaxshariy
 
Insonning qimmati emas siymu zar. Insonning qimmati ilm ham hunar.

Bedil 
 
Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.

Fyodor Dostoevskiy
 
Xalq uchun nondan so’ng muhimi maktabdir.

Jorj Danton
 
Kimki o’rganishni uyat, or dema, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.

Nizomiy Ganjaviy
 
Tarbiya ishida o’z-o’zini takomillashtirish jarayoniga katta o’rin berilmog’i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o’rganish tufayligina taraqqiy etgan.

G.Spenser
 
Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur.

Abduraxmon Jomiy
 
Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo’lmagan kishi kambag’aldir.

Majid Xavofiy
 
Hunar – hunardan unar.

O’zbek xalq maqoli
 
O’quvchini mehnat qilishga o’rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg’unlashishga ko’niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o’rgatki, uning  uchun o’z kuchi bilan biron bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig’maydigan holat hisoblansin.

                                                                                                                             Disterverg.

Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir.

                                                                                            Viktor Gyuko
 
Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak.

                                                                                                 Servantes

               Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan  ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.

                                                                                   Abdulla  Avloniy