Aprid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Aprid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Aprid — keng ta’sirga ega antibiotik vosita


?Tasir etuvchi faol modda :


Sultamitsillin tozilat 507 mg yoki 1013 mg (375 mg yoki 750 mg sultamitsillinga ekvivalent).


?Tasir qilishiga ko’ra :


Antibiotik ( penitsillinlar guruhi).


? Qo’llanilishi


— Lor a’zolari infeksiyalari ( sinusit , tonzillit, otit)

— Bakterial pnevmoniya, bronxitda

— Saramas, ikkilamchi infeksiyalangan dermatitda

— O’t yo’llari infeksiyalarida

— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida

— Prostatit, endometritda

— Dizenteriya, salmonellada

— Piyelonefrit, sistit, uretritda

— Suyak va bo’g’imlar infeksiyasida

— Operatsiyadan keyingi sepsis va infeksiyada


? Qo’llash usuli va dozasi


— Ichga qabul qilinadi, kattalar uchun sutkalik doza 750 — 1500 mg ni , bolalar uchun esa 25 — 50 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkada 2 marta qabul qilinadi.


?Nojo’ya ta’siri :


— Gemolitik anemiya

— Bosh aylanishi, uyquchanlik, tirishish , bosh og’rig’i

— Ko’ngil aynish, diareya, qusish , qorin dam bo’lishi

— Xansirash

— AST va ALT miqdori oshishi

— Toshma toshishi, qichishish


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holat:


— Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlik bo’lganda qo’llash mumkin emas.


?Chiqarilish shakli:


Aprid ikki xil ko’rinishda chiqadi:

( tabletka va kukun).


➖Tabletka — ya’ni Aprid 375 va Aprid 750


➖Kukun — Aprid 250 mg/5 ml 40 ml suspenziya tayyorlash uchun.

— Aprid 250 mg / 5 ml 70 ml suspenziya tayyorlash uchun


?Eslatma: Aprid preparatini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilish mumkin emas.