Koffein — benzoat natriy foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Koffein — benzoat natriy — psixostimulyator, nootrop vosita.
?Chiqarilish shakli — ampula va tabletka.
?Dori shakli:
Ineksiya uchun eritma 200 mg/1 ml ( yoki 1 ampula).
? Tarkibi:
1 ml ampula quyidagilarni saqlaydi: ?
— Faol modda — kofein 80 mg, natriy benzoat — 120 mg
— Yordamchi modda — natriy gidroksid, ineksiya uchun suv
?Ta’sir qilishiga ko’ra:
Psixostimulyator, giperaktivlik va diqqatni jamlash defitsitida davolashda qo’llaniladi. Nootrop vosita.
?Qo’llanilishi
Umumiy anesteziya holatlaridan keyin o’pka ventilyatsiyasini tiklashda.
Qon bosimi tushganda ko’tarish uchun birinchi yordamda teri ostiga .
Bu preparatni qabul qilganda nafas olish markazining qo’zgaluvchanligi ortadi. Markaziy nerv sistemasiga stimullovchi tasir korsatadi.
?Qo’llash usuli va dozasi
— Kattalarga : teri ostiga 200 mg ( 1ml )
— Bolalarga 25 — 100 mg ( 0,1 — 0,5 ml eritma) sutkasiga 2 — 3 marta.
?Nojo»ya ta’siri
— Tremor xolat(Nerv tizimi kasalligi)
— Bosh og’riq
— Bosh aylanishi
— Epileptik holatlar(Tutqanoq)
— Uyqusizlik
— Taxikardiya(yurak ishining tezlashuvi)
— Qon bosimi oshishi
— Ko»ngil aynish , qusish
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Yurak qon tomir kasalliklarida ( o’tkir miokard infarkti, ateroskleroz).
— Paroksizmal taxikardiya, qorinchalar ekstrasistoliyasida
— Qon bosimi baland yuradiganlarga
— Uyquni buzilishida
?ESLATMA:
Kofein me’da ichak yo’llaridan kalsiyni so’rilishini sekinlashtiradi.