Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi?

AYOLLAR UCHUN:


💊Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi?


Orlip ozishga yordam beradi. Ozish uchun kuniga 3 mahal ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin 1 soat o‘tmasdan ichish zarur.


Orlip lipaza fermenti ingibitori. U oshqozon va pankreatik lipazani ingibirlaydi, oqibatda yog‘lar parchalanmaydi. Organizm yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalari ko‘rishinishida o‘zlashtira oladi. Parchalanmagan yog‘lar so‘rilmaydi. Organizmga yog‘ tushmagandan keyin u zaxiradagi yog‘larni safarbar qilishni boshlaydi. Qarabsizki ozishni boshlaysiz!


Zararsiz deb nom olgan ushbu preparatni ham nojo‘ya ta’sirlari bor:

-qabziyat

-qorinda diskomfort

-qorin dam bo‘lishi

-ichning suyuq kelishi

-steatoreya

-ichning yumshoq kelishi

-ichaklarda og‘riq

-tishlar va milkning zararlanishi


Ozmoqchimisiz? Ozishni avvalo dorilardan emas, balki sport bilan shug‘ullanish va diyetadan boshlang! Bir kunda eng kamida 3 km yuguring yoki yog‘li va uglevodli ovqatlardan diyeta qiling! Agar yuqoridagilar yordam bermasa, shifokor maslahati bilan Orlipni qabul qilsangiz bo‘ladi.