Breveflora kapsulasi
#Бревефлора капсуласи
?DORI SHAKLI : kapsula
?TARKIBI : ?
5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Probiotik vosita
?QO’LLANILISHI ?
— Ichak mikroflorasini normallashtiradi.
— Ichakda ko’pgina zararli bakteriyalar ko’payishiga to’sqinlik qiladi.
— Ovqat hazm qiluvchi fermentlarni normal funksiyasini ta’minlaydi.
— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda virusli infeksiyalar oqibatida kelib chiqqan diareyani davolashda qo’llaniladi.
— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda diareyani davolash uchun.
— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun va mikroflora buzilish oqibatidagi ovqat hazm qilish buzilishi kabi xolatlarda.
— Antibiotiklar qabul qilish oqibatidagi diareyada qabul qilinadi.
— Qorin bo’shligi va kichik tos a’zolarining nurli terapiya oqibatidagi diareyada qo’llaniladi.
— Ichakni ta’sirlanish sindromida qo’llaniladi.
— Sog’lom immun tizimni bir me’yorda tutib turish uchun qabul qilinadi.
— Disbakteriozda qabul qilish buyuriladi.
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Kattalar va 12 yoshdan kattalar uchun kuniga 1 — 3 kapsulagacha qabul qilish buyuriladi.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar esa kuniga 1 kapsuladan 1 — 2 marta qabul qilishlari mumkin.
Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kuniga 1 kapsuladan 1 marta qabul qilish buyuriladi.
Go’daklar yoki kapsulani yuta olmaydigan bolalarga kapsulani qobig’ini ochib , ichidagi kukunini osh qoshiqqa to’kib suv yoki sut bilan aralashtirib berishingiz mumkin.
Kapsulani ovqatlanish vaqtida ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan ma’qul.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Nojo’ya ta’siri kam bo’lib , biroz meteorizm ( qorin dam bo’lishi ) kuzatilishi mumkin. Preparatni qabul qilish to’xtatilsa o’tib ketadigan holat hisoblanadi.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
?ADMIN MASLAHATI ?
Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashib keyin qabul qiling.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali