?Valsakor tabletka — qon bosimini tushiruvchi vosita.
?40 mg , 80 mg , 160 mg va 320 mg dozada chiqadi.
?Analogi — valsartan tabletkasi
#Valsakor tabletka
#Валсакор таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi : ?
Valsartan moddasi — 40 mg, 80 mg va 160 mg dozada chiqadi.
?Ta’siriga ko’ra ?
Qon bosimi oshganda pasaytiruvchi vosita.
Angiotenzin 2 retseptorlarining antagonisti hisoblanadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Gipertoniya kasalligida , ya’ni qon bosimi oshganda
— Surunkali yurak yetishmovchiligida majmuaviy davolash tarkibida qo’llaniladi
— Chap qorincha yetishmovchiligi bilan asoratlangan miokard infarkti bo’lgan bemorlarda qo’llaniladi.
?QO’LLASH USULI ?
Kattalarga kuniga 80 mg doza ( 1 tabletka ) miqdor qabul qilish buyuriladi.
Preparatni qabul qilish dozasini shifokor belgilashi kerak. Kasallik holatiga qarab .
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rig’i ,bosh aylanishi
—Qon bosimini pasayishi
— Mushaklarda og’riq
— Qorin og’rig’i va ko’ngil aynish
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— Jigar sirrozida va jigar faoliyatining og’ir buzilishlarida.
— 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Qon bosimi past yuradigan kishilar va davleniya tushganda qo’llash mumkin emas
?ADMIN MASLAHATI ?
Valsakorni miokard infarkti kasalligini o’tkazgan bemorlarda qo’llashda ehtiyot bo’lish talab qilinadi. Shifokor maslahati va nazorati ostida qabul qilib yurish kerak.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya