GLYUKOFAJ tabletkasi

Glyukofaj tabletka


#Глюкофаж таблетка


?DORI SHAKLI : tabletka


?TARKIBI : ?


Metformin gidroxlorid — 500 mg , 850 mg , 1000 mg dozalarda chiqadi.


?TA’SIRIGA KO’RA : ?


Qondagi qand miqdori oshganda tushiradi, qandli diabetda qabul qilinadigan preparat.


Gipoglikemik vosita


?QO’LLANILISHI ?


— Qandli diabetning 2 chi tipida qabul qilinadi


— Qandli diabetni davolashda monoterapiya va kompleks davo tarkibida qo’llaniladi.


— 10 yoshdan katta bo’lgan bolalarda va kattalarda qonda qand miqdori oshib ketganda qabul qilinadi.


?QO’LLASH USULI ?


Ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.


Preparat 500 mg , 850 mg va 1000 mg dozada chiqadi.


Kasallik holatiga qarab shifokor endokrinolog maslahati bilan qabul qilinadi.


?NOJO»YA TA’SIRI ?


—Ko»ngil aynish , qusish


— Diareya , meteorizm


— Qorinda noqulaylik xissi


— Jigar faoliyati buzilishi


— Vitamin B 12 ning so’rilishi buzilishi


— Qonda qand miqdori pasayib ketishi.


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda


— Diabetik komada va koma oldi holatida


— Atsidoz va ketoatsidoz holatida


— Buyrak yetishmovchiligida


— Og’ir infeksion kasallik vaqtlari da qabul qilish mumkinmas


— Qonda qand miqdori past bo’lganda mumkinmas


— Gipoglikemik shokda


— Yurak yetishmovchilik kasalligida


— O’tkir miokard infarkti holatlarida


— O’tkir alkogoldan zaharlangan paytlarda mumkinmas


— Tomir ichiga yod kontrast moddalarni yuborgandagi holatlarda mumkinmas


?ADMIN MASLAHATI ?


Preparatni homiladorlik davrida qo’llashdan oldin shifokor endokrinolog bilan maslahat qiling.


——————————————————-


?GLYUKOFAJ ANALOGLARI ?

Dozalari:


500 mg, 850mg, 1000mg


Ta’sir mexanizmi:


* Jigarda glukoneogenez jarayonini tormozlab, qonda glukoza miqdorini kamaytiradi.


* Periferiyada glukokozani utilizatsiyasini kuchaytirib, insulinga sezgirlikni oshiradi.


* Oshqozon-ichak traktidan glukozani so‘rilishini pasaytiradi


?Tarkibida METFORMIN saqlovchi dori vositalari:


?Asformin


?Diaformin


?Panfor


?Siofor


?Glukofaj


?Glikomet


?Bagomet


?Insufor


?Metfogamma


?Glukovin


?Glumet


?Dianormet


?Langerin


?Meglifort


?Meglukin


?Metamin


?Mefarmil


?Tefor


?Sukronorm


?Qo’llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya


@Farmakologiya_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,, ТАБЛЕТКА » kanali