TAUFON ko’z tomchi

Taufon tomchi

#Тауфон томчи

?Dori shakli: koʻz tomchilari

?Tarkibi: ?

40 mg taurin

?Taʼrifi: rangsiz, tiniq suyuqlik.

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

 Oftalmologiyada qoʻllanadigan vosita. Ko’z kasalliklarida qo’llaniladi.

?TAURIN TOMCHISINING TA’SIR QILISH MEXANIZMI ?

Taurin distrofik xarakterdagi koʻz toʻr pardasi kasalliklarida, koʻz toʻqimalarini jarohat shikastlanishlarida, bu toʻqimalarning metabolizmini keskin buzilishlari bilan kechuvchi patologik jarayonlarda reparativ va regeneratsion jarayonlarni ragʻbatlantiruvchi aminokislotali preparat hisoblanadi. Oltingugurt saqlovchi aminokislotasi sifatida, preparat xujayralar membranasining funksiyasini normallashishiga, energetik va almashinuv jarayonlarini optimallashishi, xujayralar sitoplazmasining elektrolit tarkibini doimiyligini tutib turish, sinaptik oʻtkazuvchanlikni tormozlanishiga (neyromediator rol) yordam beradi.

Preparatni glaukomasi boʻlgan bemorlarda koʻz ichki bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida samaradorligi haqida maʼlumotlar bor.

? KO’ZGA TOMIZGAN VAQTIMIZDA ?

Preparat tomizilganda koʻz ichiga kiradi, u yerda oʻzining spetsifik taʼsirini namoyon qiladi. Taurin terapevtik dozalarda qoʻllanilganda tizimli qon oqimiga deyarli soʻrilmaydi.


?QO’LLANILISHI ?

— Koʻz toʻp pardasining distrofik shikastlanishlarida

— Tapetoretinal degeneratsiyalar, shox parda distrofiyalarida

— Qarilik, diabetik, jarohat va nur taʼsiridagi katarakta holatlarida

— Shox pardani shikastlanishlarida tiklanish jarayonlarini ragʻbatlantiruvchi vosita sifatida.

— Koʻz shox pardasini shikastlanishi va distrofiyasida

— Ochiq burchakli glaukomada (timolol bilan birga) qoʻllanadi.

— Ko’zning shamollashi va qizarish kabi holatlarida

?Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat kattalarga buyuriladi.

 Qoʻllashdan oldin preparat saqlovchi flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish kerak. Shikastlangan koʻzning konʼyunktival qopchasiga 1 — 2 tomchidan sutkada 2-4 marta tomiziladi.

Davolash davomiyligi jarohatlarda – 1 oy, kataraktada – 3 oy (1 oy interval bilan takrorlanadi )

Ochiq burchakli glaukomada timololni qoʻllashdan 20-30 minut oldin har bir konʼyunktival qopchaga sutkada 2 marta 2-3 tomchidan tomiziladi. Davolash kursini o’ziz belgilaysiz.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Preparatni qoʻllaganda preparatning komponentlariga individual oʻta yuqori sezuvchanlik bilan chaqirgan allergik konʼyunktivit koʻrinishida allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Qon bosimi tushishi mumkin.

?QO»LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Dorilarning oʻzaro taʼsiri kabi holatlarda

— Timolol koʻz tomchilari bilan bir vaqtda qoʻllanganda koʻz ichki bosimi kuchayganda

— Arterial qon bosim past bo’lganda mumkinmas


?ADMIN MASLAHATI ?

?Ochiq burchakli glaukomada preparat timololni tomizishdan 20-30 minut oldin timolol bilan birga qoʻllanadi.

?Bolalarda preparatni qoʻllashning samaradorligi o’rganilmagan . Preparatni yosh bolalarga buyurish mumkin emas.

 ?Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas

——————————————————-

?TAUFON KO’Z TOMCHISINING ANALOGLARI ?

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА » kanali