DYUFALAK siropi

Dyufalak sirop

#Дюфалак сироп

?Dori shakli : ?

 Sirop . paketcha ko’rinishda ( 15 ml ) va flakon da .

?Tarkibi : laktuloza

?Ta’siriga ko’ra ?

Ichni bo’shashtiruvchi , ya’ni qabziyatda qabul qilinadi.

?QO’LLANILISHI ?

— Yo’g’on ichak faoliyatini normallashtiradi

— Axlatni ichaklarda qolib ketishini oldini oladi va ichaklar harakatini yaxshilab qoldiq axlatni tashqariga chiqaradi

— Qabziyatda samarali vosita

— Axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish , ya»ni gemorroyda , yo’g’on ichakda va anal yorig’i soxasidagi operatsiyadan keyingi holatlarda

— Jigar ensefalopatiyasini oldini olishda qabul qilinadi .

— Jigar komasi va koma oldi holatlarida , kasallik oldini olish va davolash maqsadida qo’llaniladi

— Ichak mikroflorasini normallashtiradi

?QO’LLASH USULI ?

Siropni ovqatlanish vaqti qabul qilish kerak.

?Agar suspenziya , ya’ni 15 ml paketcha ko’rinishida bo’lsa paketchani chetini kesib shu zahoti qabul qilish kerak.

14 yosh va undan kattalar kuniga 1 — 3 paketchagacha qabul qilishi mumkin.

7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar esa kuniga 1 paketcha qabul qilishlari kerak.

?SIROP KO’RINISHI flakondan olib qabul qilish kerak . Quyidagi holatda ?

1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa kuniga 5 -10 ml buyuriladi

1 yoshgacha bo’lgan bolalar esa sutkasiga 5 ml qabul qilishlari buyuriladi.

Chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga paketcha ko’rinishidagi suspenziyani berish kerakmas . Sababi dozani hisoblab bo’lmaydi. Paketcha bittasi 15 ml massaga ega. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga kuniga 15 ml koplik qiladi. Shu sabab siropini olib sirop og’zi qopqog’iga suyuqlikni o’lchab dozalab berasiz.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Meteorizm , ya’ni qorin dam bo’lishi kuzatiladi ( vaqtinchalik )

— Agar doza oshirilib yuborilsa diareya va qorinda og’riq kuzatiladi

— Ko’ngil aynish , qusish

— Diareya ko’p kuzatiladi

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Galaktozemiya

— Ichak tutilishida mumkinmas

— Me’da ichak teshilgan holatlarda yoki teshilish xavfi bor holaatlarda mumkinmas

— Diareyada mumkinmas

?ADMIN MASLAHATI ?

Qabziyat holatlarida homiladorlar va emizikli ayollar dyufalakni qabul qilishlari mumkin.


?QABZIYAT O’ZI NIMA VA BOSHQA QANDAY PREPARATLARDAN FOYDALANAMIZ ?

SAVOL ? Qabziyat nima?

?JAVOB ?

Najasning ikki sutka va undan ortiq ichaklarda ushlanib qolishi.

?Nima sababdan qabziyat kelib chiqadi?

— O‘simlik mahsulotlari va suyuq ovqatlarni kam iste’mol qilish

— Defekatsiya refleksining susayishi

— Qariyalarda qorin mushaklari faoliyatini susayishi

—Ichaklar innervatsiyasini buzilishi

?QANDAY DORI VOSITALARI QO’LLANILADI ?

?Dyufalak- tarkibi laktuloza bo‘lib, yog‘on ichak kislotaligini oshiradi va peristaltikani stimullaydi.

?Bionoks-kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, barcha turda qabziyatda qo‘llash mumkin.

?Senadeksin — preparat asosi Sano barglari bo‘lib, peristaltika susayganda va yog‘on ichak atoniyasida qo‘llaniladi.

?Bisakodil — tarkibi bisakodil bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolash uchun 1-2 tab.dan kuniga bir marta ichishga buyuriladi.

?Pikolaks — tarkibi natriy pikosulfat bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolashda kuniga 1 tabletkadan qo‘llaniladi. Pikolaksni tomchi shaklidagisi ham bor.

?Sena-mig- asosi sano barglari quruq ekstrakti bo‘lib, gemorroy va yog‘on ichak bilan bog‘liq qabziyatlarda 1 tab.dan bir mahal qo‘llaniladi.

?Sano barglari quruq ekstrakti-qaynatma ko‘rinishida 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga buyuriladi.

?Magniy sulfat kukuni- eritma ko‘rinishida surunkali qabziyatlarda qo‘llaniladi.

?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Niderlandiya

@Farmakologiya_TTA

,,ТАБЛЕТКА » kanali