Yigitlar uchun eslatma: Yigitlarning Qizlarga yoqadigan 9 ta kiyinish turi!

Haqiqiy erkak istalgan narsani so’zsiz aytishi mumkin. Qanday qilib – deb so’raysiz? albatta o’ziningizning tashqi ko’rinishingiz bilan. Kiyim, aniqrog’i yigitlarning kiyinish elementlari qizlarning e’tiborini bir zumda o’ziga tortishi mumkin!




Sifatli poyabzal. Poyabzal – kiyinishning muhim qismi, u inson haqida ko’p narsa aytib berishi mumkin. Qizlar poyabzal doim sifatli, toza va kiyimga mos bo’lishi kerakligini bilishadi. Shu sabab ular doim kiyinishning bu elementiga birinchi bo’lib ahamiyat berishadi.




Xenli-futbolka. “Xenli” turdagi futbolkalar – Hollywood va sport yulduzlarining tanlagan kiyim turi. Ayollarni ko’proq Xenli futbolkalarning yoqa qismi e’tiborini tortadi va mana shu ularga yoqasi.




Djinsi va oq ko’ylak. Djinsi va oq ko’ylak – oddiy kiyimlar, biroq shunday kiyinish yigitlarni matonatli ko’rsatadi, bu esa qizlarga juda yoqadi.




Ko’krakdagi V-shakl kiyimi. Mana shunday kiyinish usuli yigitlarga juda mos keladi. Aynan mana shu stildagi kiyinish usuli odamlarning nazarini tortadi.




Ingichka galstuk va shimalgan kalta yeng. Bunday kiyinish usuli ishbilarmon va bir vaqtning o’zida ozodlikni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, u shunday manoga ega bo’lishi mumkin: “men band insonman, ammo hayotimda nafaqat ish uchun joy bor”!




Buyurtmaga tikilgan kostyum. Yaxshi kostyum – bu klassika, klassika esa doimo yashaydi! Erkakga mos tushgan kostyum doim o’ziga ayollarning diqqatini tortadi!




Kichkina aksesuarlar. Teridan yoki tekstildan qilingan bilakuzuklar bugungi kunning modasi. Ular insonga beparvolikni va romantiklikni beradi. Qizlar esa shuni yoqtirishadi.




Bosh kiyim. Tog’ri tanlangan bosh kiyim erkakni kishini betakror qilib ko’rsatadi va odamlar oralarida ajratib turadi. Bu ham ayollar diqqatini o’ziga jalb etadi.


Yaxshi tashqi ko’rinish. Doim estda tuting aksessuarlar va boshqa modali elementlarning foydasi bo’lmaydi agarda erkak yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lmasa. Chiroyli tashqi ko’rinish doim ko’zga yaxshi ko’rinadi.


Manba: adme.ru