Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Agar xohlasangizchi, bolalar, men hozir sizlarga ana shu chaqimchi chumchuqdan eshitganim sehrgar bola haqidagi ertakni aytib beraman. Sehrgar bolaning ismi Anvar ekan. Anvar bir kuni maktabdan qaytayotsa shundoqqina yo’l chekkasida do’mboqqina kuchukcha yig’lab o’tirgan ekan. Anvar dunyodagi jamiki jonivorlaming tilini bilgani uchun kuchukcha bilan bemalol gaplashibdi.
— Kap-katta bo’lib qolibsan-u, nega yig’laysan?
Kuchukcha munchoqdek qop-qora ko’zlarini javdiratib unga qarab qo’yibdi-da, quloqlarini likillatib yana yiglayveribdi.
— E, og’ayni sen tozayam yig’loqi ekansan-u, men yig’loqilarni yomon ko’raman, — yo’lida davom etmoqchi bo’libdi Anvar.
Shunda kuchukcha birdan yig’idan to’xtab:
— Sen meni og’ayni, dedingmi. Agar yigiamasam men bilan o’rtoq bo’lasanmi? — deb so’rab qolibdi.
— Albatta, — debdi Anvar.
— Senga rostini aytsam, og’aynim yo’qligidan yig’layotgandim.
Shavkat degan bola olis qishlog’imdan meni uyiga olib kelgandi. Oyisi «bu isqirtni qayerdan topib olding, darrov yo’qot», deb uyga qo’ymadi, — hiqillabdi kuchukcha.
— Bo’pti, kel o’rtoq bo’lamiz. Mening otim Anvar, — debdi u kuchukchaga rahmi kelib.
— Men kuchukchaman, — debdi kuchukcha ma’yusgina jilmayib.
— Kuchukchaligingni bilaman tentakvoy, oting nima?
— Menga hech kim ot qo’ymagan. Lekin men umbaloq oshishni, ikki oyoqda yurishni bilaman. Agar o’rgatsang, har qanaqa topshiriqni bajaraveraman, — debdi kuchukcha.
— Sening oting Munchoq bo’laqolsin, o’zing ham xuddi munchoqqa o’xshar ekansan, rozimisan?
— Roziman.
Anvar kuchukchani uyga olib kelibdi. Kuchukcha chindan ham juda zehnli ekan. Anvar unga in quribdi. Munchoq bo’lsa taxtalarni tashib beribdi.
Munchoq o’zida yo’q xursand bo’lib, olti marta umbaloq oshibdi. Anvarning qiyqirib xursand bo’lganini ko’rib, ikki oyoqda turib, ta’zim qilibdi. — Biz sen bilan ajoyib sirk programmasi tuzamiz, men akkardeon chalishni bilaman, — debdi Anvar.
Kuchukchaga bu gap ma’qul tushibdi.
Ertasiga Anvar kuchukchani topib olgan joyida mushukchaga duch kelibdi.
— Hoy bola, meni o’zing bilan olib ket, qornim judayam och.
Shavkatning oyisi sutimni ham ichirmay haydavordi, — debdi u.
Anvar mushukchani Mosh deb atabdi.
— Munchoq qara, senga o’rtoq olib keldim, endi zerikmaysan, — debdi unga peshvoz chiqqan kuchuk- chasiga.
— Bobom ham, otam ham mushuk bilan hech qachon do’st
bo’lishmagan. Mushuk bizning tengimiz emas, u bilan do’st bo’lmayman, — debdi Munchoq.— Shavkatning oyisi meni mana shu «yumshoq»qa kun bermaydi deb, haydab yuborgan.
— Munchoq, meni xafa qilyapsan. Agar Mosh bilan do’st bo’lib yashasanglar men sizlarga koptok sovg’a qilardim. Uni qanday o’ynashni ham o’rgatib qo’yardim, — debdi Anvar.
Mosh koptokni yaxshi ko’rarkan. Shuning uchun Munchoqqa yalinibdi.
— O, bilsang edi, koptok qanday ajoyib narsaligini. Oyog’i yo’q-ku, lekin to’pir-to’pir sakrayveradi, sak- rayveradi… — debdi Mosh.
— Bo’pti, ko’p o’rgatma, o’zim ham yaxshi bila- man. Ha, mayli, sen uchunmas, Anvar uchun o’rtoq bo’lsam bo’la qolay, — debdi Munchoq jimjilog’ini Moshga uzatarkan, — qilichmi to’qmoq, qirq yilgacha o’rtoq.
Ertasiga Anvar maktabdan kelsa Mosh bilan Munchoq voleybol o’ynayotganmish.
— Bizga futbol o’ynashni o’igatib qo’y, — iltimos qilibshibdi ular Anvardan.
— Futbol! Ikki kishi futbol o’ynab bo’larkanmi,— kulibdi Anvar.
— Anvar, men uydan chiqayotganimda Oppoq yig’lab qolgandi, Shavkatning onasi, har kuni qayerdan sabzi berasan, opchiqib tashla, deb o’g’lini urishayot- gandi, — debdi Mosh astagina. — Uni yo’lda uchratmadingmi? Anvarning yuragi «shig’» etibdi. Chunki, u boya yo’lda allakimning sekin-sekin gapirayotganini eshitgan ekanu, uncha e’tibor bermay o’tib ketgan ekan-da. Axir quyonlargina shunaqa sekin gapiradi-da, — deb o’ylabdi u.
Anvar ariqchadan sakragan ekan hamki, allakim:
— Sekinroq-da, namuncha hovliqasan, sal qoldi- ku bosib olishingga, — debdi.
Anvar bunday qarasa toshbaqa.
— Iye, sen bu yerda nima qilib yuribsan, yoki hayvonot bog’idan qochdingmi?
— Qizilqumdan yo’lga tushganimga endigina olti oy bo’ldi-yu, darrov yetib borarkanman-da «Hayvonot bog’iga». Qo’shnilarim, tipratikan bilan yumronqoziq yetib boigan bo’lishi mumkin, o’sha sen aytgan boqqa, — debdi Toshbaqa boshini sarak-sarak qilib, — o’zing bu eyrda nima qilib yuribsan?
— «Oppoq»ni qidirib yuribman.
— Quyonchani aytyapsanmi, turibdi huv bur- chakda qunishib, boyaqishning boshpanasi yo’qmish. Sabzi ekilgan polizni ko’rmadingmi? — deb so’radi. Sahroda sabzi o’sadimi? O’zi Orolning suvi kamayib, nafas olib bo’lmay qolganidan bu yoqlarga qochib kelyapmanu, dedim. Yur, men bilan, desam ko’nmadi.
— Toshbaqa xola, men hozir kelaman, ketib qolmang, — yelib ketdi Anvar. U «Oppoq»ni olib qaytganda, Toshbaqa xolasi hali o’rnidan qo’zg’alishga ham ulgurmagan ekan…
Shunday qilib Anvar «Munchoq», Mosh, Toshbaqa xola (Anvar unga «Ildam» deb ot qo’yibdi). «Oppoq», «Tolmas» — tipratikanlar ishtirokida ajoyib ansambl tuzibdi.
Ular futbol ham o’ynasharkan. Toshbaqa dar- vozabon ekan, tipratikan hakam bo’larkan. Jonivorlar Anvarning oyisiga uy yumushlarini bajarishda ham ko’maklashishar, o’zlariga zarur bo’lgan ovqatni tayyorlashar ekan. Bo’sh paytlarida kuchukcha akrobatik mashqlar bajarar, Mosh Anvar chalgan kuyga raqs tusharkan, toshbaqa bilan tipratikan yelkalarida yuk tashirkan.
Anvar yashaydigan ko’chadagi kichkintoylar ham endi bu tomoshalarni ko’rishga keladigan bo’- lishibdi, injiqliklarini tashlashibdi. Toshbaqa xola ularga qadim-qadim zamonlarda Qizilqumda yashnagan bog’- rog’lar bo’lganligi haqida ertaklar aytib berarkan. Anvar bolalarga ham jonivorlarning tillarini o’rgatib qo’ygan ekan-da. Endi hamma Anvarni sehrgar, deb atay boshlabdi. Kunlardan bir kun Anvarning yoniga bir bola kelibdi.
— Anvar, bu Shavkat, — deyishibdi Mosh, «Mun- choq», «Oppoq» baravariga, — u ham jonivorlarni yaxshi ko’radi-yu, uyda boqishning iloji yo’q. Oyisi ruxsat bermaydi.
— Uyingda boqmasang maktabda boq, — debdi Anvar Shavkatga. — O’rtoqlaring bilan «Jonli burchak» tashkil qil. O’sha yerda o’zing xohlagan jonivorni parvarishlashing, ular bilan do’stlashishing mumkin.
Keyin Shavkatning yig’layotganini ko’rib rahmi kelibdi. Chunki Mosh bilan Munchoq ham Shavkatga qo’shilib yig’layotgan ekan-da.
— Mayli, biz butun ansamblimiz bilan «Jonli burchakka» boramiz, — debdi Toshbaqa xola, — joni- tanim bolalar. U yerda faqat Anvar bilan emas, hamma maktab bolalari bilan do’stlashamiz. Ularni tabiat, hayvonot olami bilan tanishtirib boramiz.
— Rozimiz, rozimiz, — debdi boshqa jonivorlar.
Anvar awaliga biroz xafa bo’libdi-yu, biroq o’ylab ko’rib rozi bo’libdi.
Hozir Anvarning jonivorlari maktab o’quvchi- larining yaqin do’stlariga aylanishganmish. Ular katta tanaffusda bolalarga konsert berisharkan.
Maktab tomorqasida bolalar bilan birga ishlashar ekan. «An- varning antiqa ansambli» nomini olgan bu truppadagi jonivorlarni bir vaqtlar xafa qilganidan Shavkatning onasi uyalib qolibdi. Jonivorlardan kechirim so’rabdi. Shavkatning dadasi «Oppoq» va uning bolalari uchun sabzi, beda ekib beribdi.
Agar zerikib qolsangiz, yoki yozgi ta’tilni quvnoq o’tkazmoqchi bo’lsangiz, o’ylanib o’tirmay Anvar- larning maktabiga kelavering, Antiqa ansambl sizga albatta konsert qo’yib beradi.
Muhabbat Hamidova