Oltin bolta

Qadim o‘tgan zamonda ikki aka-uka yashar edi. Biri kambag‘al, ikkinchisi boy edi.


Bir kuni kambag‘al akasi o‘tin yig‘ib kelish uchun o‘rmonga bordi va daryo yoqasidagi o‘tinlarni chopa boshladi. Chopdi, chopdi – to‘satdan boltasi suvga tushib ketdi. U juda xafa bo‘lib, o‘tirib achchiq ko‘z yosh to‘kib yig‘lay boshladi. Shunda birdaniga oppoq soqolli chol paydo bo‘ldi va «Nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan?» – deb so‘radi.


O‘tinchi bo‘lgan voqyeani cholga so‘zlab berdi. Chol suvga kirib ketib, oltin bolta olib chiqdi va so‘radi: «Bu sening boltangmi?» «Yo‘q, meniki emas» – deb javob berdi o‘tinchi. Shundan keyin chol suvdan uning boltasini olib chiqib berdi. U quvonib dedi: «Senga qanday minnatdorchilik bildiray? Mehmonga chaqiray desam uyalaman, chunki mehmon qilishga hyech narsam yo‘q».


Chol kulib yubordi «Sening menga qiladigan mehmondorchiligingni keragi yo‘q! Yaxshisi uyingga bor, seni xotining kutyapti!» – dedi va qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.


Dehqon uyiga kelib, ko‘zlariga ishonmay qoldi. Eski kulbasi o‘rnida yangi, chiroyli uy turibdi. Xotini esa judayam xursand, dasturxonga kechki ovqatni keltirib qo‘yyapti.


Shunday qilib, kambag‘al aka ukasidan ham boy bo‘lib ketdi. Ukasi esa unikiga kelib nima bo‘lganini surishtira boshladi. Akasi bo‘lgan voqyeani gapirib berdi, ammo oltin bolta to‘g‘risida indamadi.


Boy ukasi daryo yoqasiga yugurib ketdi va boltasini suvga otib, butun o‘rmonni boshiga ko‘tarib dodlab ho‘ngrab yig‘lay boshladi. Shu ondayoq chol paydo bo‘ldi va oltin boltani suvdan chiqarib so‘radi: «Bu sening boltangmi?» Boy qichqirib: «Meniki, meniki bu yoqqa ber!» – dedi. Chol boltani berdi va hyech narcha demay g‘oyib bo‘ldi. Boy uyiga tomon yugurib, chopib, shoshib boryapti, o‘rmon esa yanada quyuqroq va qorong‘iroq bo‘lyapti. Mana tun ham kirdi. Boy adashib qolganini tushundi. Oltin boltani boshi tagiga qo‘yib bir daraxt tagida yotib qolishga qaror qildi va o‘yladi: «Ertalab kechqurunga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi». Ertalab tursa o‘zining uyi oldida yotibdi, yonida boltasi. Faqatgina boltasi oltin emas, oddiy temir edi…


Ochko‘zlik odamni shu ko‘yga soladida…