Do‘stlik

Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zo‘r berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yig‘lab-yig‘lab yordamga chaqira boshlabdi.
Kakku qush olmaxonning botqoqda yotganini ko‘rib, qanday yordam berishni bilmay, kakkulab qarab turaveribdi.
Shu payt shovqin-suronni eshitib, laylak kelib qolibdi. Tumshug‘i bilan daraxtdan bir novdani sindirib olib, olmaxonga uzatibdi. Olmaxon novda yordamida botqoqdan chiqib olibdi.
Shunda laylak daraxt shoxida qo‘nib turgan kakkuga qarab:
— Do‘stning boshiga mushkul ish tushganda bir yo‘lini qilib yordam berish kerak. Botqoqqa qarab, keyin ham koyinaverish mumkin, — debdi.



Ertaklar, O‘zbek xalq ertaklari